Mavzu: Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar Reja



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə2/17
tarix11.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#148145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar

Futbolda harakatlanish texnikasi


Harakatlanish texnikasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yugurish, sakrash, to‘xtash, burilish .
O‘yin vaqtida harakatlanish texnikasi uslublaridan xilma-xil tarzda qo‘shib foydalaniladi. Yugurishning xilma - xil uslublarini sakrash, to‘xtash, burilish bilan birga qo‘shib olib borish futbolchi harakatlanishiga xos xususiyat hisoblanadi. Harakatlanish texnikasining uslublari maydon o‘yinchilari va darvozabonning to‘pni boshqarish san’ati bilan chambarchas og‘liq. Harakatlanish texnikasi uslublarini keragicha hamda kompleks tarzda qo‘llanish ko‘p taktik vazifalarni (to‘p olish uchun ochilish va raqibini chalg‘itish, pozitsiya tanlash, o‘yinchini to‘sib olish va h. k) samarali hal qilish imkonini beradi. Yugurish futboldagi asosiy harakatlanish vositasidir. To‘pni boshqarayotgan futbolchilar yugurish yordamida maydonda turlicha joylashib oladilar. Bundan tashqari yugurish tarkibiy qism sifatida to‘pni boshqarish texnikasiga ham kiradi.
Futbolda yugurishning quyidagi uslublari qo‘llaniladi: oddiy yugurish, tisarilib yugurish, chalishtirma qadam tashlab yugurish, juftlama qadam tashlab yugurish. Oddiy yugurishdan asosan to‘g‘riga borayotgan o‘yinchilar bo‘sh joyga chiqish, raqibni quvish va hokazolarda foydalanadi. Harakat tizimi ham tuzilishi ham engil atletika yugurishidan farq qilmagani uchun uni oddiy yugurish deyiladi. Qadam uzunligi, chastotasi va ritmidagina farqi bor xolos.
Yugurish qadamining uzunligi sprinterlarda 2-2,2 m ga teng bo‘lsa, katta Yoshli futbolchilarda o‘rtacha 1,3-1,5 m ga teng. Qadamlar chastotasi sprinterlarda sekundiga 4-4,5 qadamga teng. Futbolchilarda chastota sal ortiqroq, sekundiga 5,1-5,5 qadam bo‘ladi. Bu esa, havoda uchish fazasi qisqaroq bo‘lgani sababli tez to‘xtashga yoki tez burilib oshishga yordam beradi.Tisarilib yugurishdan asosan to‘pni olib qo‘yishda va to‘sib olishda qatnashayotgan himoyadagi o‘yinchilar foydalanadilar. Yugurishning bu turi ham tsiklik (qo‘shaloq qadamli) bo‘ladi. Qisqa-qisqa, lekin tez-tez qadam tashlash, havoda uchish fazasining qariyb yo‘qligi unga xos xususiyatdir. Buning sababi siltanish oyog‘i orqaga uzatilganda sonning yozilishi cheklangan ekanidadir. O‘yin sharoiti ko‘pincha maksimal tezlikda tisarilib yugurnshni talab qilib qoladi. Bunda tezlik qadam chastotasini oshirish hisobiga ortadigan bo‘lib, bu ko‘proq oyoqning orqaga faol harakat qilishiga bog‘liq.
Tisarilib yugurayotganda o‘yinchi ba’zan muvozanatni yo‘qotib yiqilib tushadi. Tayanch oyoq vertikal turgan paytda gavdaning og‘irlik markazi o‘qi tayanch yuzasining tepasida turishi o‘yinchi-ning holati turg‘un bo‘lishi shartlaridan biridir. Chalishtirma qadam tashlab yugurishdan harakat yo‘nalishini o‘zgartirish uchun, turgan joydan o‘ngga yoki chapga siltanib yugurish paytida, burilib olgandan keyin foydalaniladi. U harakatlanishning o‘zaga xos vositasi bo‘lib, asosan boshqa yugurish turlari bilan birga qo‘shib qo‘llaniladi.
Chalishtirma qadam tashlab yugurish yon tomonga bajariladigan yugurish qadamlari bilan xarakterlanadi. Qadam tashlash tsiklining birida siltanuvchi oyoqni tayanch oyoqning oldiga chalishtirib o‘tkaziladi. Yugurish paytda havoda uchish fazasi juda qisqa.
Juftlama q a d a m tashlab y u g u r i s h d a n taktik jihatdan kerakli holatga o‘tishda (masalan, o‘yinchi oldini to‘sib olishda) foydalaniladi. U dastlab harakatlanish fazasi sifatida foydalaniladi, keyinroq o‘yindagi vaziyatga qarab, harakatlanish texnikasining turli uslublari sifatida ijro etiladi.
Juftalama qadam tashlab yugurish oyoqlarni sal bukib bajariladi. Birinchi qadamni harakat yo‘nalishiga yaqin oyoqdan boshlab, yon tomonga tashlanadi. Ikkinchi qadamda oyoqlar juftlanadi. Depsinish va siltanish harakatlarida zo‘r oerish yuqori tomonga emas, balki yon tomonga yo‘naltiriladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə