Mavzu: Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar Reja



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə3/17
tarix11.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#148145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar

Sakrash. To‘xtash va burilish uslublarining ba’zilarini ijro etishda sakrashdan foydalaniladi. Sakrash zarba berishning ayrim usullari, to‘pni oyoqda, ko‘krakda, bosh bilan to‘xtatib qolish va ba’zi xoldagi fintlar texnikasining tarkibiy qismlaridan biriga kiradi. O‘yinda oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga hamda shularga yaqin turadigan yo‘nalishlarda sakraladi. O‘yindagi vaziyat ko‘p vaqtlarda maksimal baland yoki maksimal uzun sakrashni talab qilmaydi. Bunda sakrashning samaradorligi futbol o‘ynayotgan odamning koordinatsion qobiliyati bilan belgilanadi va futbolchi o‘zining turli dastlabki holatlardan fazo, vaqt va kuch xarakteristikalari optimal holatida bo‘lgan harakatlar qilishi kerak bo‘ladi.
Barcha xil sakrashlarda depsinish, havoda uchish va erga tushish fazalari bo‘ladi. Sakrashning ikki xil uslubi mavjud: bir oyoqda depsinib sakrash va ikki oyoqda depsinib sakrash.
Bir oyoqda depsinib sakrash oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga bajariladi. Bunday sakrashda faol depsinib, ikkinchi oyoqni silkitib, gavda og‘irlik markazining o‘qi sakrash tomonga o‘tkaziladi. Sakrashning traektoriyasi va kuchi o‘yindagi vaziyatga bog‘liq. Bir oyoqda yoki ikki oyoqda erga tushiladi. Qisqa masofali, qattiq amortizatsiya keyingi harakatlarga tezroq va samaraliroq o‘tish imkonini beradi. Og‘irlik markazi o‘qining proektsiyasi tayanch yuzasining chegarasida yoki undan tashqarida bo‘lishi ham shunga yordam beradi.
Sakrab to‘pga bosh urayotganda ko‘pincha maksimal baland ko‘tarilish kerak bo‘ladi. Bunda yugurib kelib depsinadigan oyoqni taqqa to‘xtaydigan qilib (tayanchga nisbatan burchak hosil qilib) qo‘yish yordam beradi. Sal cho‘qqaygandan keyin yuqoriga yoki yuqorilab oldinga tomon faol depsinish kerak bo‘ladi, bunda qo‘llarni ko‘krak baravar silkitib ko‘tarish depsinishning samarasini oshiradi.
Ikki oyoqda depsinib sakrash – bunday usul bilan oldinga, oldinlab yon tomonga va oraliq yo‘nalishlarida sakraladi.
Turgan joydan sakraganda o‘yinchi depsinish oldidan tezda salgina cho‘nqayadi. Oyoqlarini faol to‘g‘rilash bilan birga gavda og‘irlik markazining o‘qi sakrash tomoniga o‘tkazyladi va qo‘llar silkitiladi. Yugurib kelib sakrayotganda so‘nggi qadamda bir oyoqni taqqa to‘xtaydigan qilib qo‘yiladi. Cho‘nqayish paytida ikkinchi oyoq birinchisi yoniga tezlik bilan juftlanadi. Depsinish havoda uchish va erga tushish fazalari turgan joydan sakragandagi kabi bo‘ladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə