Mavzu: Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar Reja



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə8/17
tarix11.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#148145
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar

Oyoq yuzining tashqi qismi bilan tepish burama zarba berish paytida eng ko‘p qo‘llaniladi. Oyoq yuzining o‘rta va tashqi qismlari bilan tepishdagi harakatlarning strukturasi o‘xshash bo‘lib, farqi bunda tepish harakati vaqtida boldir bilan oyoq kafti qismi ichkari tomonga karab buriladi (3-rasm).


3-rasm. Oyoq yuzining tashqi qismi bilan tepish burama zarba berish
Kutilmaganda, tayyorgarlik ko‘rmay turib, nishonga tepib qolish zarur Oyoq uchi bilan zarba bo‘lib qolganda bajariladi (4-rasm). Bundan tashqari bu tepish raqibdagi to‘pni tashlanib yoki shpagat qilib tepib yuborishda ancha samaralidir.



4-rasm. Oyoq uchi bilan zarba.
Zarba vaqtida yugurib kelish ham to‘p va nishon ham, bir chiziqda bo‘ladi. Yugurib kelganda o‘nggi qadamdagi depsinish, tepish uchun oyoqni tortish ham hisoblanadi. Tepish harakati tizza sal bukilgan tarang oyoqda bajariladi. Tepish paytida oyoq uchi sal ko‘tarilgan bo‘ladi.
Oyoq uchining zarba beruvchi sathi juda kam bo‘lgani uchun bu usulda, ayniqsa to‘p yumalab kelayotgan bo‘lsa, tepish unchalik aniq chiqmaydi.
Harakatsiz to‘pni tepish. Boshlang‘ich, jarima va erkin to‘p tepish, burchakdan to‘p tepishda, shuningdek darvozadan to‘p tepishda o‘yinchi harakatsiz yotgan to‘pni tepadi. Zarba berishning barcha usullaridagi ijro texnikasining yuqorida zikr etilgan struktura xususiyatlari harakatsiz yotgan to‘pni tepishga ham to‘lig‘icha taalluqli bo‘lib, faqat taktik vazifalar qandayligiga qarab tayyorlov fazasida yugurib kelishning uzoq-qisqaligi va tezligi har xil bo‘ladi. (5-rasm).




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə