Mavzu: Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar Reja



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə16/17
tarix11.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#148145
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar

To‘pni oyoqda toxtatib” fint qilish. To‘pni oyoqda to‘xtatib qilinadigan aldash harakati to‘p olib yurganda va uni sheriklaridan biir oshirib bergandan keyin turli usullarda bajariladi.
To‘p olib ketayotganda raqib uni yon tomondan va yondan, orqaroqdan kelib olib qo‘yishga harakat qilganda to‘pni tagcharm bilan bosib va bosmasdan “to‘xtatish” fintini ishlatiladi.
Birinchi holatda to‘p olib kelayotgandagi yugurish qadamining navbatdagisida o‘yinchi tayanch oyog‘ini to‘la to‘p ortiga yaqin qo‘yib, uni raqibdan uzoqroq oyog‘i tagcharmi bilan bosib qoladi. Go‘yo to‘p bilan birga to‘xtatmoqchidek harakat qilinadi. Raqib bunga javoban harakatni sekinlashtiradi, ana shu paytda to‘pni olg‘a tomon sekingina tepiladida, yana olib ketilaveradi.
Ikkinchi xolda esa tayyorlov bosqichida to‘pni to‘xtatayotganga o‘xshash harakat qilinadi (15-rasm). O‘yinchi harakatini sal sekinlatib, oyoq kaftini to‘p ustiga qo‘yadi. Asl niyatni amalga oshirish bosqichi oldingi yo‘nalishda tezlatib ketilaveradi.




15-rasm. To‘pni oyoqda “to‘xtatib” fint qilish.
Sherik to‘pni uzatgandan keyin “to‘xtatib” aldash harakatini bajarishda bir oyoqqa tayanch holatga o‘tib, to‘xtatuvchi oyoq to‘p kelayotgan tomonga uzatiladi. Raqib to‘pni qabul qilib olayotgan o‘yinchiga hujum qiladi. Ana shu paytda o‘yinchi to‘pni to‘xtatish o‘rniga, o‘tkazib yuboradi-yu, 80o ga aylanib, yana egallab oladi.
To‘pni olib qo‘yish

Asosan raqib to‘pni olib ketayotganda yoki qabul qilib olayotganda undan to‘pni olib qo‘yishga harakat qilinadi. To‘pin olib qo‘yishning samarali chiqishi futbolchining vaziyatni baxolash qobiliyatiga, ya’ni raqibgacha va to‘pgacha bo‘lgan masofani, ularnig harakatlanish tezligini, o‘yinchilar qanday turganligini va h.k. ni aniq mo‘ljallay bilish, qobiliyatiga bog‘liq. Raqibga yaqinlasha borayotib yoki ungacha bo‘lgan oraliq masofani saqlab turib, raqib to‘pni sal o‘zidan uzoqlashtirganda unga hujum qilish kerak. Ana shu paytda hujum qilgan o‘yinchi otilib borib, to‘pni tepib, to‘xtatib yoki raqibni elka bilan turtib, to‘pni tortib oladi.
To‘p olib qo‘yish ikki xil bo‘ladi: to‘la olib qo‘yish va chala olib qo‘yish. To‘lasida olib qo‘yuvchining o‘zi yoki uni sherigi to‘pni egallab oladi. CHalasida esa to‘pni ma’lum masofaga tepib yuboriladi yoki yon chiziqdan chiqarilib yuboriladi. Bunda to‘pni raqib egallab olsa ham uni hujum qilish harakatiga halaqit beradi va himoyani oqilona qayta tuzib olish uchun vaqtdan yutiladi. Raqibni hujum sur’ati va shubhasini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi.
Murakkab o‘yin vaziyatlarida to‘pni olib qo‘yish maqsadida tashlanib olib qo‘yish, sirpanib olib qo‘yish degan murakkab usullar qo‘llaniladi. To‘pni olib qo‘yishning tasnifi 6-chizmada ko‘rsatilgan. To‘pni tashlanib olib qo‘yish raqibdan o‘zib 1,5-2m masofadagi to‘pni olib qo‘yish imkonini beradi. Raqib o‘ng yoki chap tomondan o‘tib ketmoqchi bo‘lganida shu usul qo‘llaniladi. To‘p tomonga tez harakat qilib unga tashlanadi. Tashlanish kengligi to‘pgacha bo‘lgan masofa qanchaligiga bog‘liq. Etish qiyin bo‘lgan to‘plarni yarim shpagat yoki shpagat qilib olib qo‘yiladi. Tashlanib to‘pni olib qo‘yishda to‘pni tepish yoki to‘xtatishdan foydalaniladi. Birinchisida raqib oyog‘idan to‘p ko‘proq oyoq uchi bilan tepib yuboriladi. To‘xtatishga harakat qilganda esa oyoq kafti bilan to‘p yo‘li to‘siladi va uning harakati yo‘nalishida olib ketilishiga imkon berilmaydi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə