Mavzu: Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar Reja



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə4/17
tarix11.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#148145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar

To‘xtash harakatlanish texnikasida to‘xtashga harakat yo‘nalnshini o‘zgartirishning samarali vositasi deb qaraladi. To‘satdan to‘xtab qolganda, raqiblarning qaerda, qanday joylashganiga qarab turib to‘p bilan ham, to‘psiz ham o‘sha ketayotgan tomoniga qarshi tomonga otilib ketiladi, o‘ngga yoki chapga qochib qolinadi.
To‘xtashda ikki xil uslub vositasi qo‘llaniladi: sakrab to‘xtash va tashlannb to‘xtash.
Sakrab to‘xtash uchun sal yuqoriga qisqaroq sakrab, siltangan oyoqda erga tushiladi – bunda turg‘unlik bo‘lishi uchun shu oyoq sal egiladi. Ammo ko‘pincha erga ikki oyoqlab tushiladi.
Tashlanib to‘xtash so‘nggi yugurish qadami hisobiga bajariladi. Bunda siltangan oyoqni oldinga uzatib, tovonga tiralinadida, keyin oyoqni rostmana erga qo‘yiladi. Tashlanib to‘xtash oyoklarni anchagina bukib, ikki oyoqqa tayanib qolish bilan xarakterlanadi.
Barcha xil to‘xtashlardan keyin, odatda, turli yo‘nalishlarda harakat davom ettiriladi. Shuning uchun to‘xtashdagi so‘nggi holati harakatning start holati bo‘lishi kerak.
Burilish burilish yordamida futbolchilar tezlikni minimal kamaytirib, yugurish yo‘nalishini o‘zgartiradilar. Odatda turgan joyda burilgandan keyin start harakatlari boshlanadi. Burilish, shuningdek, zarba berish, to‘pni to‘xtatish, to‘pni olib yurish va fintlarning ayrim usullarini bajarish texnikasi tarkibiga ham kiradi.
Burilishning quyidagi uslublaridan foydalaniladi: hatlab o‘tib burilish, sakrab burilish, tayanch oyoqda burilish. O‘yin sharoitiga qarab yon tomonlarga va orqaga burilish mumkin. Burilish turgan joyda ham, harakat paytida ham bajarilaveradi.
Hatlab o‘tib burilganda qisqa-qisqa 2-3 qadam tashlash hisobiga kerakli yo‘nalishga qarab olinadi.
Harakat yo‘nalishini to‘satdan va tez o‘zgartirishda sakrab burilish samaraliroqdir. Bu ish burilish tomonga faol depsinib bajariladi. Silkinch oyoqning kafti ham shu tomonga aylantiriladi. Sakrash unchalik baland bo‘lmasa ham to‘la-to‘kis bajariladi.
Tayanch oyoqda burilishning ikki turi bor. Birinchisida burilish yo‘nalishidan uzoqdagi oyoqqa tayanib burilinadi. Bunda futbolchi gavda og‘irlik markazi o‘qining proektsiyasini tayanch sath chegarasidan chiqarib, tayanch oyoq uchida burilish tomonga aylanadi. Ikkinchisida harakat yo‘nalishiga yaqin oyoqqa tayanib burilinadi, gavda og‘irlik markazining o‘qi burilish tomonga ko‘chadi. Utkaziladigan oyoqni ham shu yo‘nalishda tayanch oyoqning old tomoniga chalishtirib qo‘yiladi. Burilish sal bukilgan tayanch oyoq uchida bajariladi.




  1. Yüklə 0,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə