Mavzu: Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar Reja



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə5/17
tarix11.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#148145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar

Maydon oyinchisining texnikasi


Maydon o‘yinchisining texnikasi ikkita kichik bo‘limdan iborat. Bulardan biri harakatlanish texnikasi bo‘lsa, ikkinchisi to‘pni boshqarish texnikasidir. Maydon o‘yinchilari harakatlanish texnikasining yuqorida tahlil qilingan xilma-hil uslublari, usul va turlarining barchasidan foydalanadilar. To‘pni boshqarish texnikasiga.quyidagi uslublar guruhi kiradi: zarba berish, to‘pni to‘xtatish, to‘pnn olnb yurish, aldash harakatlari (fintlar), to‘pni olib qo‘yish. Bundan tashqari, qo‘lda bajariladigan spetsifik usul – yon chiziqning nariyog‘idan to‘pni tashlab berish ham to‘pni boshqarish texnikasiga kiradi. O‘yin vaqtida qaysi usul qancha miqdorda ijro etilishi futbolchilarning o‘yindagi funktsiyalariga bog‘liq. Usullarning ijro etish sifati esa maydon o‘yinchilarining hammasida yuksak darajada bo‘lishi kerak.
Topga zarba berish


To‘pga zarba berish futbol o‘ynashning asosiy vositasi hisoblanadi. To‘pga oyoq bilan va bosh bilan turli usullarda zarba beriladi. Zarba berishning barcha usullari muayyan maqsadga qaratilgan bo‘lib, bu to‘pning keraklicha traektoriya bo‘ylab harakatlanishi va optimal (ko‘pincha esa maksimal) tezligi bilan xarakterlanadi. To‘pning uchish tezligi zarba beruvchi bo‘g‘in (oyoq eki bosh) bilan to‘pning o‘zaro to‘qnashgan paytdagi boshlang‘ich tezligiga, shuningdek ular massasining bir-biriga nisbatiga bog‘liq. O‘zaro ta’sir etuvchi bo‘g‘inlariing massasi nisbatan muhim bo‘lgani sababli to‘pning uchish tezligini oshirish uchun, zarba beruvchi bo‘g‘in tezligini oshirish kerak bo‘ladi. To‘pga oyoq bilan zarba berish to‘pga oyoq bilan zarba berish oyoq kaftining ichki tomoni bilan, oyoq yuzining ichki, o‘rta va tashqi qismlari bilan, oyoq uchi bilan, tovon bilan bajariladi. Zarbalar harakatsiz turgan to‘pga, shuningdek turli yo‘nalishlarda dumalab va uchib kelayotgan to‘pga turgan joydan, harakat vaqtida, sakrab turib, burilib, yiqila turib beriladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə