Mavzu: Gigiyena fani rivojlanish tarixi maqsad va vazifalari tadqiqot metodlari Reja



Yüklə 42,43 Kb.
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü42,43 Kb.
#151054
1   2   3   4   5
Gigiyena fani rivojlanish tarixi maqsad va vazifalari tadqiqot metodlari

Gigiyena fanining bo`limlari

Gigiyena fani bajaradigan vazifasiga ko`ra o`z navbatida quyidagi 6 ta bo`limlardan iborat:


1. Umumiy gigiyena – tashqi muhit tabiiy omillari (havo, suv, tuproq)ning odam sog`lig`i uchun foydali va zararli ta`sirlarini o`rganadi;
2. Ijtimoiy gigiyena – aholining yashash sharoitini o`rganadi;
3. Kommunal gigiyena – turar joylar, yotoqxona, mehmon-xona sharoitlarini o`rganadi;
4. Kasb gigiyenasi – turli kasbdagi, ya`ni quruvchi, paxtakor, transport haydovchisi, rassom, o`qituvchi, shifokor, muhandis, tikuvchi va boshqa mutaxassisliklarda faoliyat ko`rsatadigan odamlarning mehnat faoliyati xususiyatlari, ularning ish joylaridagi sharoitlarni va sog`lig`ini o`rganadi;
5. Jismoniy tarbiya va sport gigiyenasi – jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlari bilan shug`ullanuvchilarning sog`lig`i, chini-qishi, ovqatlanishi, maxsus kiyim va poyafzallari, mashg`ulot o`tka-ziladigan sport inshootlari va jihozlariga bo`lgan gigiyena talab-larini o`rganadi;

6. Bolalar va o`smirlar yoki maktab gigiyenasi – maktab va maxsus bilim yurtlari o`quvchi-talabalarining sog`liq guruhlari, yashashi, o`qishi, tarbiyalanishi, ovqatlanishi, jismoniy mashg`ulot-lar, sport va mehnat bilan shug`ullanishi, ozodalikka rioya qilishi, o`sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlarning yaratilishi, mazkur sharoitlarni yaratishga ularning o`zini ham odatlantirish, ya`ni ularda sog`lom turmush tarzini shakllantirish masalalari bilan shug`ullanadi.


Jismoniy tarbiya va sport gigiyenasi.
Jismoniy tarbiya gigiyenasi – gigiyena fanining bo`lim-laridan biridir. Bu fan jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarining odam salomatligini mustahkamlash maqsadida foydalanish uchun zarur bo`lgan sharoitlarni yaratishga yo`naltirilgan quyidagi gigiyenik qoida va talablarni ishlab chiqadi:

1. Odamning jismoniy holatiga va sog`lig`iga mos bo`lgan mezonlar bo`yicha jismoniy rivojlanish me`yorlarini, chiniqqanlik ko`rsatgichlarini ishlab chiqadi.


2. Turli xil jismoniy mashqlarni bajarish uchun qulay sharoit yaratish me`yorlarini belgilaydi.

3. Jismoniy mashg`ulot va sport bilan shug`ullanuvchilarning dam olishi, ovqatlanishi, sport mashqlaridan keyin sportchi orga-nizmining tiklanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish tadbirlarini ishlab chiqadi.

4. Jismoniy tarbiya va sport mashqlarini bajarish uchun ob-havo, iqlimning qulay me`yorlarini belgilaydi.

5. Sport inshootlari va jihozlari, kiyim-kechaklari, poyafzal va boshqa buyumlarning mashq bajarish uchun qulay sifatlarini belgilaydi.




Yüklə 42,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə