Mavzu: Gigiyena fani rivojlanish tarixi maqsad va vazifalari tadqiqot metodlari Reja


Sog`lom turmush tarzi tushunchasi



Yüklə 42,43 Kb.
səhifə4/5
tarix19.12.2023
ölçüsü42,43 Kb.
#151054
1   2   3   4   5
Gigiyena fani rivojlanish tarixi maqsad va vazifalari tadqiqot metodlari

Sog`lom turmush tarzi tushunchasi.
Mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan “Sog`lom avlod uchun” Xalqaro jamg`armasi hamda “EKOSAN” fondi va sog`liqni saqlash vazirligi taklifiga binoan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-dekabrdagi 589-sonli qarori bilan “Yosh avlodni sog`lomlashtirish muammolarini majmuali hal etishning kengaytirilgan dasturi” tasdiqlangan. Mazkur dasturda odamning sog`lig`ini mustahkamlash va umrini uzaytirishda jamiyatimizning har bir a`zosi sog`lom turmush tarziga rioya qilishi zarurligi muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida qayd etilgan.

Zero, yuqorida ta`kidlanganidek, odam sog`lig`ining asosiy qismi, ya`ni 50 foizi sog`lom turmush tarziga bog`liq.



Sog`lom turmush tarzi tushunchasi odam xulq-atvorining hamma tomonlarini o`z ichiga oladi. Har kimning ma’suliyatli vazi-fasi hisoblangan o`z-o`zini bilish tushunchasi uning bir qismidir. Buning ma`nosi shuki, odam o`z organizmi hamma a`zolarining normal faoliyat ko`rsatishi uchun zarur bo`lgan gigiyena qoidalarini mukammal bilsa, ya`ni kun tartibi, ovqatlanish, aqliy va jismoniy mehnat qilish, dam olish, stol-stul (parta)da to`g`ri o`tirish, kiyinish qoidalariga amal qilish, zararli odatlar (kashandalik, giyohvandlik, spirtli ichimliklar iste`mol qilish)ga berilmaslik, o`z ruhiy holatini boshqarish, qattiq hayojon va ruhiy zarbalarga bardosh berish, tabiatga g`amxo`rlik bilan munosabatda bo`lish ahamiyatini to`g`ri idrok qiladi. Oilaviy turmush quruvchi yigit va qizlar yosh avlodni dunyoga keltiruvchi kuyov va kelinlar o`zlarining bo`lajak farzand-lari sog`lig`i, jismoniy va ruhiy barkamolligi uchun shaxsan javob-gar ekanliklarini his etib, buning uchun barvaqt g`amxo`rlik qila-dilar.
Mamlakatimiz Prezidenti O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 9-sessiyasida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ta‘lim tizimida o`tkaziladigan islohotlar to`g`risida” so`zlagan nutqida (1997-yil 29-avgust) «Kelajak avlod haqida qayg`urish, sog`lom, barkamol naslni tarbiyalab yetish-tirishga intilish bizning milliy xususiyatlarimiz» deb ta`kidlangan.Yoshlarda sog`lom turmush tarzini shakllantirishga erishish hozirgi avlod manfaatlari uchungina emas, balki kelgusi avlod-larning eng maqbul genetik dastur bilan ta‘minlash uchun ham zarur. Odam qancha sog`lom bo`lsa uning farzandlari, nevara-chevaralari, ya`ni kelgusi avlodlari ham sog`lom, jismonan va ruhan barkamol bo`ladi. Maktab, oliy va o`rta maxsus bilim yurtlarida bolalar va o`smirlarga ta‘lim-tarbiya berish jarayonida ularda sog`-lom turmush tarzini shakllantirish masalasiga ham yetarli e`tibor berilishi lozim. Demak insonning aqliy, axloqiy va jismoniy kamoloti tariximizning hamma bosqichlarida ulug’langan va qadrlangan.Jismoniy tarbiya birinchi navbatda salomatlikni mutsahkamlaydi,ish qobilichtini oshiradi,umrni o’zaytiradi,qaddi qomatni tetik qiladi,kuch quvvat beradi va x.SHunday e’kan yoshlarni jismoniy baquvvat qilib tarbiyalash bu bitta ota-ona, maktabning ishi e’mas, umumdavlat muammosi sanaladi,buni hal qilish uchun kompleks yondoshilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.Jismoniy tarbiya mazmuni-jismoniy kamolat, jismoniy holat diagnotsikasi,jismoniy tarbiya madaniyati, sport ishlari, jismoniy ma’lumot ishlarida ifodalanadi.
Pedagogikada jismoniy kamolat deganda insondagi jismoniy ma’lumotning o’sishi borasidagi ma’lumotlar,ya’ni oddiydan murakkablikkacha tomon bo’ladigan o’zgarishlar tushuniladi.
Jismoniy etuklik deganda-badanning tashqi ko’rinishidagi garmoniya go’zallik shakli, jimoniy sifatlarining yuqori darajada kamolati tushuniladi.
Jismoniy madaniyat-jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi va uning mazmuniga quyidagilar kiradi: Inson a’zolarining tuzilishi va ularning funktsional kamolati.
O’quvchilarni sog’ligini mutsahkamlash. Gigiena qoidalariga ko’nikish.O’quvchini har tomonlama maxoratini oshirish. Bo’lajak ishchi-xizmatchilarni jismoniy va fiziologik sifatlarini shakllantirish.
O’quvchilarda jismoniy va yosh xususiyatlari uchun sharoit yaratish.
O’quvchining iroda, chidamlilik,qat’iyan intizom, do’tslik hissini kamol toptirish.SHaxsiy jismoniy qobiliyatlarini tarbiyalash.Jismoniy-sport ishlari yoki oddiy kafedralari,klublari,guruxlar,musobaqalarda namoyon bo’ladi. Jismoniy tarbiya mazmunida “jismoniy mehnat”,Jismoniy jazo”degan tushunchalar ham uchrab turadi.
-jismoniy mehnat aqliy mehnatdan farqli o’laroq,insondan jismoniy kuch,mashq talab e’tadi.
-jismoniy ta’sir- bu inson badaniga biror bir buyum bilan yoki insonlar tomonidan ta’sir ko’rsatish./qo’l,oyoq va b/
-jismoniy jazo-o’quvchilarning xulqiy kamchiligini yoki noaxloqiy xatti harakatini bartaraf e’tish maqsadida qo’llaniladi.Ochlik e’’lon qilish ham jismoniy jazoga kiradi.Bizda bu bekor e’tilagn.
Gigienik tarbiya.
Gigienik tarbiya nafaqat bola dunyoga kelganda so’ng,balki bola ona qornidaligida ona tomonidan gigienik qoidalariga rioya qilish yo’li bilan sog’lom bola dunyoga kelishini ta’minlaydi.
Qadim-qadim zamonlardan ham xalqimiz yoshlarga gigienik tarbiya asosida boshqa tarbiyalarni bargan.Gigienik tarbiyaning boshlang’ich uchog’i bu oila,shuning uchun ota-ona va uydagi boshqa kattalar bolalarda gigienik bilimlar shakllanishida namuna rolini o’ynashlari kerak.

Gigienik tarbiyaning boshlang’ich bosqichi va asosida shaxsiy gigiena e’leientlari yotadi.Bolaning birinchi ongli faoliyatlaridan ana shu shaxsiy gigienik qoidalariga rioya qilish i muntazam o’rgatib borilsa bu keyinchalik bolalarda ma’lum bir tseriotinga aylanib turmush tarzi shakllanadi.Bunda bolalarni birinchi kundan vaqtini to’g’ri taqsimlashga ,faol faoliyati va uyquni o’z vaqtida bajarishi,oqilona ovqatlanishga,o’z vaqtida yuvinish,kiyimlarni almashtirish, badan gigienasi, teri, soch, yuz,og’iz, bo’shlig’i gigienasi, tirnoq, qo’l gigienasi,oyoq kiyim va boshqa gigiena qoidalariga to’g’ri va o’z vaqtida o’rgatish bu kelajakdagi shu bola salomatlik darajasining garovi sanaladi. Bolalarda birinchi kundan boshalab mana shu tarbiyalarning barchasi organizmda biror bir kasallikning kelib chiqisho’ini oldini olishga qaratilganligini tushuntirish zarur.


Bolalarni yaslisi va bog’chasini borganda tarbiyaning yangi turi umumiy gigiena turiga duch keladilar. Bunday o’tish davri bolalarda boshqa bir yangi muxitga o’tishi bilan qiyinroq kechadi.Bu erda shaxsiy gigienik ko’nikmalar asosida umumiy gigienik malaka va ko’nikmalar shakllana boshlaydi.Ana shu olgan ko’nikmalar uyda bo’zilmasdan, balkim mutsaxkamlanishi va mukammallanishi lozim bo’ladi.Gigienik tarbiya asosida insonning onggi o’sadi,organizmdagi zararli ta’sirlarni o’rganadi va e’ng asosiysi “Moral”ni anglab oladi.
“Moral” bu inson faoliyatida keng ma’nodagi tushuncha-bu mehnatdagi marom, ovqatlanishdagi marom,yashash sharoitidagi marom,tashqi muxitdagi belgilangan maromlar yig’indisidir.Bolalar maktabga borganlarida yana bir yangi gigienik tarbiya iuxitiga tushadilar.Bunda ular ko’proq bu xolatlar bilan mutsaqil holda to’qnashadilar.Har bir sinfda tozalikka javobgar o’axs saylanadi.
Ular har kun e’rtalab bolalarning qo’llarini, tirnoqlarini, yoqalari, kiyimlarining holatini va boshqa gigienik sifatlarini ko’zdan kechiradilar va sinfdagi gigienik xolatni ham saqlashga javob beradilar. Maktablarda maxsus gigienik darslar bo’yicha ma’lumotlar maxsus datsurlar asosida amalga oshiriladi. Bolalarga shaxsiy va umumiy gigienik talablarga rioya qilmaganda har xil yuqumli kasalliklar kelib chiqishi muntazam tushuntib borilishi kerak.Ms: soch yuvilmaganda,tirnoqlar o’tsirilganda,teri yuvilmaganda va boshqalar.Bolalarda barcha gigienik bilim va ko’nikmalarning shakllanishi-bu ularda o’ziga xos turmush tarzini shakllanishiga olib keladi.
Umumiy barcha gigienik ko’nikmalarga e’ga bo’lib unga hayotga rioya qilish , insonning umumiy tarbiyalanganligini yanada aniqroq ko’rsatadi.Demak gigienik tarbiya ham umumiy tarbiyaning ajralmas bir qismidir.
Xulosa
Odamning salomatligi unda kasallikning yaqqol ko`zga tashlanib turgan belgilari yo`qligi bilangina emas, balki chiniq-qanlik darajasi, turli xil noqulay ta`sirlarga chidamliligi, organiz-mini funksional bardoshliligi ko`rsatgichlari bilan ham belgilanadi.
Salomatlikni miqdoriy jihatdan baholash uch darajadan iborat:

1. Salomatlikning birinchi darajasida odamda maxsus tibbiy tavsiyalarga ehtiyoj bo`lmaydi.


2. Salomatlikning ikkinchi darajasida odam o`z sog`lig`i bo`yicha mutaxassis shifokordan tegishli maslahatlar olishga zarurat his etadi.

3. Salomatlikning uchinchi darajasida odam o`z sog`lig`i bo`yicha chuqur tibbiy tekshiruvlar o`tkazish va shifokordan tegish-li tavsiyalar olishga majbur bo`ladi.



Yüklə 42,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə