Mavzu: Gigiyena fani rivojlanish tarixi maqsad va vazifalari tadqiqot metodlari Reja


Sanitariya nazorati haqida tushuncha



Yüklə 42,43 Kb.
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü42,43 Kb.
#151054
1   2   3   4   5
Gigiyena fani rivojlanish tarixi maqsad va vazifalari tadqiqot metodlari

Sanitariya nazorati haqida tushuncha.
Sanitariya – bu tibbiy fan. Ma`lumki, gigiyena fani har bir odam, jamiyat a`zolari sog`lig`ini muhofaza qilish, yashash, mehnat qilish, jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlari bilan shug`ullanish uchun zarur bo`lgan gigiyenik qoida, talab va me`yorlarni ishlab chiqadi. Bu qoida, talab va me`yorlarni amaliy hayotga tadbiq etishga tavsiya qiladi. Ularning bajarilishini ta`minlash esa sanitariya nazorati orqali amalga oshiriladi.
Masalan, gigiyena fani o`quv xonasiga bo`lgan gigiyenik qoida va talab me`yorlarini ishlab chiqadi. Ularning bajarilishi esa sanitariya nazorati tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Chunonchi, tanaffus paytida o`quv xonasi deraza darchalarini ochib xona havosi almashtiriladi. Yorug`lik me`yorida bo`lishi uchun gigiyena qoida-lari asosida o`quv xonasiga tabiiy va sun`iy yorug`lik manbalari o`rnatiladi. O`quvchilar bo`yiga mos o`quv stol-stul (parta) lari uch qator qilib joylashtiriladi.
O`quv xonasining deraza-eshiklari, jihoz-lar va pol changi namlangan latta bilan muntazam artib-tozalab turiladi. Bu tadbirlar o`tkazilishi ustidan sanitariya nazorati o`rnati-ladi. Xuddi ana shunday sanitariya nazorati turar va ish joylarida, ko`cha, oshxona va odamlar istiqomat qiladigan hamma joylarda, shuningdek, sport inshootlarida ham o`rnatiladiO`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil, 2-martda e`lon qilingan “Sanitariya qonunlarini buzganligi uchun javobgar-likni kuchaytirish” to`g`risidagi farmonida Davlat sanitariya nazora-ti tizimi faoliyatining roli va samaradorligini oshirish, yuqumli kasalliklarning oldini olish bo`yicha ta`lim-tarbiya muassasalari, sport inshootlari, aholi yashash joylarining sanitariya-gigiyena holati talab darajasida bo`lishi uchun rahbarlar va fuqarolarning huquqiy javobgarligi kuchaytirilgan.

Sog`liq haqida tushuncha.
Sog`liq odam organizmining biologik, ruhiy, jismoniy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligidir. Sihat-salomatlik har bir odam uchun baxt-saodatdir. Uning mehnat unumdorligini, mamlakatning iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini rivojlantirishning zarur shartidir. Umumxalq mulki bo`lmish sihat-salomatlikka nisbatan ongli va ma’suliyat bilan yondoshish jamiyat barcha a`zolarining turmush va axloq normasi bo`lmog`i lozim.Odamning sog`lig`i uning o`zi, oila a`zolari va jamiyat boy-ligi hisoblanadi. Shunga ko`ra o`z sog`lig`ini saqlash va mustah-kamlashga hamda jamiyat a`zolari sog`lig`ini muhofaza qilishga qaratilgan barcha chora-tadbirlarda faol ishtirok etish har bir inson-ning yuksak fuqarolik burchidir. Afsuski, o`zining ana shu fuqarolik burchini bilmaydigan yoki unutib qo`yganlar oz bo`lsada uchrab turadi.Ma`lumki, O`zbekistonda ta`lim tizimini isloh qilishning 1997-yildan boshlab hayotga tadbiq qilingan noyob milliy dasturiga binoan har bir odam umrining 12 yili maktab, kollej yoki litseyda o`tadi. Odam hayotining bu davri o`ziga xos xususiyatlarga ega.Ya`ni bu davrda bola va o`smir organizmi uzluksiz o`sadi va rivojlanadi, shu bilan birga u tashqi muhitning turli ta`sirlariga juda beriluvchan bo`ladi. Boshqacha aytganda yoshlarning yashash, ta`lim-tarbiya olish va mehnat qilish sharoiti ularning normal o`sishi va rivojlanishiga uzluksiz ta`sir ko`rsatib turadi. Binobarin, bu sharoitlarni qulay yoki noqulay tashkil etilishiga ko`ra, bolalar va o`smirlarning sog`lig`i, o`sishi, rivojlanishi normal yoki nonormal bo`lishi mumkin.
Ma`lumotlarga ko`ra, yuqorida aytilgan sharoitlarning yaratilmasligi yoki ularga yoshlarning o`zlari tomonidan to`liq amal qilinmasligi oqibatida talaygina o`quvchi talabalarning jismoniy va ruhiy kamoloti me`yoridan orqada qolish hollari uchrab turibdi. Xususan, ularning harakatlanish, yurak-qontomir, nafas olish, ovqat hazm qilish a`zolari, yigit va qizlarning ichki jinsiy a`zolarining surunkali yallig`lanish kasalliklari, ko`rish o`tkirligining pasayib qolishi kabi salbiy holatlari oz bo`lsada uchramoqda. Buning oqiba-tida maktab va maxsus bilim yurtlarini tamomlayotgan yoshlarning ma`lum qismi o`zi hohlagan yoki egallagan kasbida samarali faoliyat ko`rsatish imkoniga ega bo`lmayotir. Ichki jinsiy a`zolar yallig`lanish kasalliklarining oldi olinmaganligi yoki kasallik yuza-ga kelganida o`z vaqtida aniqlamaslik va davolanmaslik oqibatida turmush qurgan kuyov-kelinlarning ayrimlari farzand ko`rish imkoniga ega bo`la olmaslik hollari uchrab turibdi.

Jahon tibbiyot fanining tadqiqotlaridan ma`lum bo`lishicha normada odam sog`lig`i 100 foiz bo`lishi kerak deb qabul qilinib, u quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:


- sog`liqning 50 foizi har bir odamning turmush tarzi to`g`ri yoki noto`g`ri tashkil etilishiga bog`liq;

- sog`liqning 20 foizi atrof-muhit sharoiti, ya`ni odamning yashash, ta`lim-tarbiya, mehnat qilish sharoitlarini qulay yoki noqulay bo`lishiga, havo, suv, tuproqning tozaligiga bog`liq;

- sog`liqning 20 foizi ota-onadan berilgan nasl xusu-siyatlariga (o`tgan avlodi naslining sog`lom yoki nosog`lom bo`li-shiga) bog`liq;

- sog`liqning 10 foizi odam kasallangan paytda tibbiy yordamni o`z vaqtida va sifatli tashkil etilishi yoki etilmasligiga bog`liq.




Yüklə 42,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə