Mavzu: Global informatsion texnalogik revolyutsiyasini chuqurlashuvi bajardi: Sag`dullayev. N rahbari: Samarqand 2023 Reja: Kirish. I bob. Asosiy qisim


II bob. 2.1 Informatika ta’limida virtual texnologiyalar va ularning tasnifi



Yüklə 74,51 Kb.
səhifə4/18
tarix30.12.2023
ölçüsü74,51 Kb.
#166107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mavzu Global informatsion texnalogik revolyutsiyasini chuqurlas-fayllar.org

II bob.
2.1 Informatika ta’limida virtual texnologiyalar va ularning tasnifi.
Virtual (inglizcha- virtual reality, sun’iy voqeilik)-inson sezgilari orqali anglashi qiyin bo‘ladigan holatlarni kompyuter texnologiyalari orqali real voqeilikka aylantirilishi. Masalan, mashina, kompyuter ichki mexanizmlarining harakati, kimyoviy, fizik elementlar tuzilishi, molekulalarning harakati, tuzilishi va h.k [95].
Virtual ta’lim nafaqat masofaviy, telekommunikatsiya ta’limi balki, “obyektlar va subyektlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik jarayoni va natijasidir” [91].
Virtual ta’lim muhiti o‘quv jarayoni qatnashchilarini o‘zaro aloqada bo‘lishini ta’minlash uchun turli ta’lim manbalariga kirishga imkon beradigan, ochiq, kompyuterli muhit hisoblanadi. Virtual ta’lim muhitida virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalaniladi. Virtual ta’lim texnologiyalari murakkab tuzilishga ega bo‘lib, ularning tasnifi quyidagilarni o‘z ichiga oladi [18]:
-informatikani o‘qitish va unga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan vositalar (o‘quv materiallarini tayyorlash va taqdim etish vositalari, ta’lim qatnashchilarining o‘zaro munosabat vositalari-chat, elektron pochta, telegram, masofadan turib tarmoqqa kirishni ta’minlovchi vositalar, masofali ta’lim platformalari va h.k.)
-informatika ta’limi maqsadlariga erishishga mo‘ljallangan , boshqarilish, qaytar aloqa imkoniyatlariga ega elektron ta’lim resurslari va pedagogik dasturiy vositalar;
-yechiladigan masalalar to‘plami, ma’lumotlar bazasi, o‘quv natijalari aks ettiradigan ma’lumotlar;
-tashqi kutubxona(kitoblar, dasturlarga), saytlarga havolalar;
-foydalanuvchilarning tizimlashtirilgan fayllari, masalan, o‘qituvchining ta’limiy, o‘quvchilarning topshiriqni bajarish natijasida tayyorlangan fayllari va h.k.
Virtual ta’lim muhiti uch o‘lchovli interfaol axborot ta’lim muhiti, virtual fazo, multimediali texnologiyalardan foydalangan holda rivojlanmoqda.
Virtual auditoriya (sinf, guruh o‘quvchilari) - masofali o‘qitish sharoitida o‘q uvchilar guruhi o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish. Virtual auditoriya - bir-birlari va o‘qituvchi bilan interfaol ta’sir qilish imkoniyati mavjud, masofali o‘qitish texnologiyasidan foydalaniladigan va ma’lumotlar uzatish kanallari bilan birlashtirilgan o‘zaro ajratilgan ishchi joylar to‘plami hisoblanadi.

Yüklə 74,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə