Mavzu: Global informatsion texnalogik revolyutsiyasini chuqurlashuvi bajardi: Sag`dullayev. N rahbari: Samarqand 2023 Reja: Kirish. I bob. Asosiy qisim


Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari



Yüklə 74,51 Kb.
səhifə3/18
tarix30.12.2023
ölçüsü74,51 Kb.
#166107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mavzu Global informatsion texnalogik revolyutsiyasini chuqurlas-fayllar.org

1.2 Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari.
.Metod (usul) ‒ yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “Metodos” ‒ biror narsaga yo‘l ma’nosini anglatadi. Ta’lim sohasida metod – o‘qituvchi va talabalarning muayyan maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil etishning tartibga solingan usullar yig‘indisidir [87, 29].
Ta’lim berish usuli-belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo‘yicha ta’lim beruvchi va talabalarning birgalikdagi o‘zaro faoliyatini tartibli tashkil etish yo‘li

Informatika fanini o‘qitish jarayoni

An’anaviy


ta’lim

Noan’anaviy


ta’lim

Passiv, faol va interfaol


3.1-rasm. Informatika ta’limi metodlari

Informatikadan ta’lim berish maqsadiga erishish uchun o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi ish faoliyatida an’anaviy, noan’anaviy yoki passiv, faol va interfaol usullardan foydalaniladi (3.1-rasm).


Ta’lim metodlari deganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va talabalar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushunilishi lozim. Ta’lim markazida o‘qituvchi turgan, muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim jarayoni an’anaviy (subyekt-obyekt munosabati), ta’lim markazida talaba turgan ta’lim jarayoni noan’anaviy (subyekt-subyekt) ta’lim jarayoni deb yuritiladi.
An’anaviy ta’lim metodlariga ma’ruza, savol-javob, kitob bilan ishlash, suhbat, hikoya va hokazolar kirsa, noan’aviy ta’lim metodlariga esa, tabaqalashtirilgan o‘qitish, elektron ta’lim manbalari asosida o‘qitish, muammoli, modulli, masofali o‘qitish, o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish kabilar kiradi [5].
Passiv uslubda “obyekt” sifatida faqat ko‘ruvchi va eshituvchi bo‘lib, asosiy ishtirokchi shaxs o‘qituvchi hisoblanadi.
Faol uslubda o‘quvchi “subyekt” sifatida mustaqil ishlaydi va ijodiy vazifalarni bajaradi.O‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siri kuchayib, sustlar faollashadi
3.2 - rasm. Informatikani o’qitishda o’qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ta’siri.
Interfaol uslubda o‘zaro faol bo‘lish, ta’sir etish kuchayadi. Bunday ta’limda o‘ituvchi faol boshqaruvchiga aylanib, o‘quvchilarning hamkorlikda o‘qiydilar, o‘rganadilar.
Interfaol inglizcha interact – o‘zaro ta’sirlanish (yoki interaction – o‘zaro ta’sir) so‘zidan olingan bo‘lib, biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro muomalada, o‘zaro bahs-munozara, farqlash asosida, hamjihatlik bilan hal qilinadi. Informatika fanini noan’anaviy o‘qitish metodlari A.A.Abduqodirov, F.Zokirova, M.Mamarajabov, Q.M.Karimov, D.Esonbayeva, M.T.Mihridinovalarning ilmiy tadqiqot ishlarida keng yoritilib, amalda qo‘llanib kelinmoqda.
Interfaol ta’lim – talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim.
Interfaollik talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklari. Mantiqiy nuqtayi nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy subyektlarning suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi.


Yüklə 74,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə