Mavzu: Hamid Olimjon lirikasi



Yüklə 47,5 Kb.
səhifə2/2
tarix29.05.2023
ölçüsü47,5 Kb.
#113861
1   2
HAMID-OLIMJON-1

Asarlari:

«Kimdir» (1926, ilk she’ri), «Ko‘klam» (1929, ilk she’riy to‘plami), «Tong shabadasi» (1931, hikoyalar to‘plami), «Olov sochlar» (1932, she’riy kitob), «Daryo kechasi» (1936), «Sherlar» (1937), «O’lka», «Oygul bilan Baxtiyor» (1937 yil, 16-26 noyabr kunlari yoeilgan), «Baxt» (1940), «Nima bizga Amerika!», «Temir qonun», «Zaynab va Omon» (ikki qizni tarbiyalab voyaga yetkazgan Anor xola obrazi berilgan), «Holbuki tun» (tun qo‘ynida borliq haqida o‘ylar ifodalangan), «O’zbekiston», «Roksananing ko‘z yoshlari» (voqealar Shahrixonda bo‘ladi, qahramonlari: Vova, Roksana, Sora), «Semurg‘, Parizod yoki Bunyod», «O’rik gullaganda» (Hasan Qayg‘i degan qozoq oqinining fojiali qismati asosida yozilgan), «G’azal», «Chimyon esdaliklari», «Baxtlar vodiysi (1930-yillar bayroqdor bo‘lgan she’r), «Baxt to‘g‘risida», «Qo‘lingga qurol ol», «Jangchi Tursun» (ballada), «Ishonch», «Xat», «Muqanna» (1942), «Ofeliyaning o‘limi», «Kuygay», «Jinoyat» dramasi va boshq. Biz xozir Hamid Olimjonning eng mashhur she’rlaridan biri “Xolbuki, tun …” she’rini ko’ramiza.




HOLBUKI, TUN...

Shag'irlaydi bеtinim daryo,


Shag'irlaydi vahm to'lgan jar,
Shag'irlaydi qorong'i dunyo,
Shag'irlaydi vodiy, daralar.
Shag'irlaydi... Bеrmaydi uyqu,
Xayollarim bo'lar parishon,
Bir izlanish boshlanar mеnda
Tushunchamga yana kirar jon.
Holbuki, tun - bunda odatda,
Butun borliq uxlarday sokin,
Butun yеr osmonga o'ranib
Olar kеbi kunduzidai tin...
Soyga tushdim, ko'kda chiqdi oy,
Nur yog'ildi oq bulutlarga.
Nurga to'ldi dara, to'ldi soy,
Nur yog'ildi qorong'i jarga.
Kеzar edim, mеni tinmayin
Ta'qib etar bir uzun soya,
Bilmadimkim, bormidir ishi,
Yo istarmi aytmoq hikoya.
Ko'zlarimda yonar uchqunlar,
Zilol suvga oy edi sirdosh,
Yaltirardi, doim tovlanar,
Oy nuriga cho'miluvchi tosh.
Ko'zni tikdim, parquv bulutlar,
Ko'char edi zilol va toza.
Lochin kabi samolyot uchar,
Uchar edi solib ovoza.
Tikilgandi ko'zim qog'ozga,
Qo'llarimda yugurar qalam.
Qurshamishdi uni hayajon,
Bir intilish, bir orzu bu dam.
Shag'irlardi osmon va havo.
Shag'irlardi butun koinot,
Shag'irlardi bеtinim daryo,
Shag'irlardi daryoda hayot...
Holbuki, tun...
(1936)
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHALAR:

Ko’klam-yilning qish bilan yoz oralig’idagi fasli; bahor.


Baxt-hayotdan to’la mamnunlik va bearmonlik holati. Omad, tole; iqbol.
Shodlik-biror narsadan mamnun bo’lish, xursandlik; sevinch, quvonch.
Muqanna-asl ismi Hoshim ibn Hakim bo’lib, Muqanna, ya’ni «niqobli kishi» uning laqabidir. Movaraunnahrni arablar
istilosidan ozod qilish uchun kurashgan shaxs.







Yüklə 47,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə