Mavzu: Hissiyot va uning psixologik xususiyatlari Reja: Hissiyot va uning psixologik xususiyatlari Hisiyot haqida tushuncha



Yüklə 52,98 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü52,98 Kb.
#182422
1   2   3   4
Mavzu Hissiyot va uning psixologik xususiyatlari

faollashtirish nazariyasi djems-lange va kennon-bardlarning psixoorganik nazariyalaridan so‘ng paydo bo‘ldi. Bu nazariyaga ko‘ra, emotsional holatlar bosh miya quyi qismi nayining retikulyar formatsiyaga ta’siri bilan belgilanadi, chunki bu tuzilma organizmning faolligi darajasiga javob beradi. Hissiyotli ifodalanishlar esa asab tizimining biror bir seskantiruvchiga javoban faollik darajasining o‘zgarishidir.
Nazariyalarning alohida guruhini hissiyotlar tabiatini kognitiv omillar, ya’ni, tafakkur va ong orqali ochib beradigan dunyoqarashlar tashkil etadi. Ularning orasida, birinchi navbatda, l. Festingerning kognitiv dissonans nazariyasini ta’kidlab o‘tish lozim. Uning asosiy tushunchasi dissonansdir. Bu sub’ektning ob’ekt haqida psixologik qarama-qarshi ma’lumotga ega bo‘lgan vaziyatda yuzaga keladigan salbiy emotsional holat. Bu nazariyaga muvofiq, ijobiy emotsional kechinmalar odamda o‘zi kutgan natijalar tasdiqlanganida paydo bo‘ladi. Bunday ijobiy emotsional holat konsonans sifatida xarakterlanadi, salbiy hissiyotlar faoliyatdan kutilgan natijalar va voqeiy natijalar o‘rtasida farqlar yoki dissonans bo‘lganida yuzaga keladi.
S.shexterning kognitiv-fiziologik konsepsiyasiga asosan, paydo bo‘ladigan emotsional holat qabul qilinadigan rag‘batlar va yuzaga keladigan jismoniy o‘zgarishlar bilan birga insonning o‘tmish tajribasi va uning vaziyatni sub’ektiv baholashi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda baholash uning dolzarb qiziqishlari va ehtiyojlari asosida shakllanadi.
Kognitivistik nazariyalar qatoriga p.v. simonovning hissiyotlar axborot beruvchi konsepsiyasi ham kiritilishi mumkin. Bu nazariyaga asosan, emotsional holat individ dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi, hamda, uni qondirish ehtimolligini baholashi bilan belgilanadi. Bu ehtimollikni baholashni inson tug‘ma va avval orttirilgan individual tajriba asosida, ixtiyorsiz ravishda ehtiyojni qondirish uchun taxminiy zarur vositalar, vaqt, zahiralar haqidagi ma’lumotni ayni vaqtda olgan ma’lumot bilan taqqoslagan holda amalga oshiradi. P.v. simonovning yondoshuvi quyidagi formulada aks etgan: h = e (m – a), bunda h – hissiyot, uning kuchi va sifati; e – dolzarb ehtiyoj kattaligi va o‘ziga xos xususiyati; m – dolzarb ehtiyojni qondirish uchun zarur ma’lumot; a – ayni paytda insonda mavjud bo‘lgan tegishli axborot.
Ushbu formuladan kelib chiqadigan oqibatlar quyidagicha: agar insonda ehtiyojlar mavjud bo‘lmasa (e = 0), u holda hissiyotlarni ham sezmaydi (h = 0); ehtiyoj sezayotgan inson uni amalga oshirish uchun to‘la imkoniyatga ega bo‘lgan holatda ham, hissiyotlar yuzaga kelmaydi. Agar ehtiyojni qondirish ehtimolligining sub’ektiv baholanishi yuqori bo‘lsa, ijobiy hislar namoyon bo‘ladi. Salbiy hislar esa sub’ekt ehtiyojini qondirish imkoniyatini salbiy baholaganda yuzaga keladi.
Miya po‘stlog‘i emotsional holatlarni boshqarishda o‘ta muhim o‘rin tutadi. I.p. pavlov tomonidan aynan, miya po‘stlog‘ining hissiyotlar kechishi va ifodalanishi, boshqarishi, tanada yuz beradigan barcha hodisalarni o‘z nazorati ostida ushlab turishi, po‘stloq osti markazlariga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatishi, ularni boshqarishi ko‘rsatib o‘tilgan. Yuqorida bayon etilganlarning tasdig‘i sifatida sub’ektiv kechinmalar va ularning tashqi ifodasi o‘rtasida keskin farqlar kuzatiladigan klinik holatlarni keltirish mumkin. Miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i shikastlangan bemorlarda istalgan seskantiruvchi muvofiq kelmaydigan tashqi ta’sirlanish: qattiq kulgi yoki shashqator ko‘z yoshlarga sabab bo‘lishi mumkin. Lekin, kulib turib, bu bemorlar o‘zlarini qayg‘uli, yig‘lab turib esa, ba’zan xursandchilik sezadilar.
Inson hissiyotli kechinmalarida
Yüklə 52,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə