Mavzu: Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning vujudga kelishi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə10/13
tarix21.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#87537
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
zamonaviy odamlar kurs ishi

Kramanyonlar – hozirgi qiyofadagi odamlarning ajdodi hisoblanadi. Ular bundan 30 ming yil muqaddam Yevropaga kelib Neandertallar o’rnini egallaganlar. Kromanyonlar bundan 80 ming yil oldin Yaqin sharq yoki
Osiyoda paydo bo’lgan. Ayrim fikrlarga ko’ra esa, ular Yevropaga sharqiy Afrikadan kelgan bo’lishlari mumkin22.
Kramanyonlar saxnaga chiqishyapti – 1886-yilda Lez Ezi qishlog’ yonida kromanyon aholisi joylashgan cho’qqilari ostida uch erkak, ayol va bolaning suyak qoldiqlarining topilmasi fanga oxirgi neopaleolitik kromanyon tabaqasi haqida birinchi tushunchani berdi. Ayniqsa qariya erkakning skeleti mashhur bo’lib, uni odatda kromanyonlik chol deb nomlashadi U o’sha tabaqaning hamma belgilari mujassamlashgan skelet hisoblanadi. Bir necha vaqtlar mobaynida shunga o’xshash odamlarning topilmalari har xil mamlakatda topilgan23.
Kromanyonlar yolg’iz bo’lishmagan : Kromanyonlarning skeletidan tashqari ularning jismoniy jixatdan sezilarli darajada ajralib turuvchi odamlarning suyak qoldiqlari topilgan. Ba’zi birlari menton atrofidagi sun’iy g’orlarda topilgan shu yerda 8,5 metrlik chuqurlikda yosh yigit va yoshi katta ayolning buralib yotgan holatdagi skeleti topilgan.
Tuzilishi belgilari bo’yicha ikkala skelet ham negroidlarga tegishli deb aniqlangan. Olimlarning tahminlariga ko’ra ular Grimaldi rasasiga tegishli bo’lib, so’ngi paleolit davrining boshlaridayoq Afrikadan Janubiy Fransiya va Italiyaga kirib kelishgan.
Boshqa bir skelet esa kromanyonlardan farq qiluvchi 1888 – yilda Shanselyat qishlog’i, Raymondagi osma qoyalar tog’idan topilgan bo’lib, bu Fransiyaning Pregio shahriga yaqin. Bu yerda kromanyonlarning va grimakdiklardan farq qiluvchi erkak skeleti topilgan. Bu shanselyat tabaqasiga tegishli bo’lgan insonlarning skeletlariga qaraganda ularning bo’ylari judayam uzun bo’lmagan 24.
Ularning bo’ylari 150 sm atrofida bo’lgan ularga harakterli bo’lgan narsa judayam uzun va baland bosh va keng yuzli bo’lishgan. Ularning yanoq suyaklari turtib chiqqan, ko’z chanoqlari katta to’rt burchaksimon, qo’l suyaklari


22 Internet ma’lumotlari: www. Википидия.ru
23 Автор составитель КЮТ.Е Древние Люди. «Финекс» - Санкт-петербург.2007. В-150.
24Автор составитель КЮТ.Е Древние Люди. «Финекс» - Санкт-петербург.2007. B-151-152.
nisbatan uzun va og’ir bo’lib qayski ular mushaklarini juda kuchli bo’lganligi haqida darak beradi.
1889-yilda Leon Unversitetining professori Leon Testyu shunga e’tibor qaratdiki Shanselyat skelatlari zamonaviy eskimoslarning skelatlariga o’xshash bo’lgan.
Hozirgi jismoniy tipdagi odam neantroplar “yangi odamlar” yer yuzining kattagina qismiga tarqala boshlagan. Neantoplaro’zlarining jismoniy va aqliy qobilyatlari bilan eng qadimgi odamlardan sifat jihatidan, tubdan farq qilgan.
Shuning uchun ham uni Homo- sapienslar deb atashgan. Ular tashqi qiyofasi bilan hozirgi qiyofadagi odamni eslatadi. Neantroplar bundan 40-35 ming yil muqaddam so’nggi tosh asrining boshlaridan paydo bo’gan. Bu tip odam miyasining hajmi 1400-1560 santimetr kubga teng bo’lib peshonasi keng, bosh suyagining yuqori qismi ancha baland bo’lgan25.
Ularda miyaning eng progressiv uchastkalari ya’ni boshning tepa qismi ikki chekka, ayniqsa peshona kattalashgan edi. Neantrop odamlarning tashqi ko’rinishi chiroyli bo’lgan. Ularda qosh-qovoqusti qabartma suyagi yo’q bo’lib, pastki jagída zamonaviy odamlarniki kabi do’mboq iyagi bo’lgan.
Bu davr kishilarining qaddi-qomati hozirgi zamon odaminiki singari bo’lib, ular to’ppa –to’g’ri yurganlar. Ularning qo’l –oyoqlari, tana tuzilishi bir- birlariga mutanosib bo’lib, tez chopa olgan. Agar neantrop bilan hozirgi zamon odamining suyaklari bir-biriga qiyos qilinsa, ularning jismoniy tuzilish jihatidan bir-biriga o’xshashligini ko’rish mumkin. Shunday qilib qadimgi paleolitning boshlariga kelib, neandertallardan hozirgi zamon jismoniy tipdagi odam paydo bo’ldi. Shu bilan antropogenez jarayoni asosan tugallandi, odam o’z biologik rivojlanishini yakunladi.


25Алексеев.В.П. Становление человечества. Москва.1984. стр-75-78.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə