Mavzu: Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning vujudga kelishi


Afrikadagi hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə5/13
tarix21.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#87537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
zamonaviy odamlar kurs ishi

Afrikadagi hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning Manzilgohlari.

xx asrning 50-yillaridan boshlab Afrikaning sharqiy mamlakatlarida yirik arxeologik qidiruv ishlari olib borildi. Bu izlanishlar natijasida insoniyatning dastlabki vakillarining qoldiqlari Afrikaning Olduvay darasidan, Keniyaning Koobifor, Efiopiyaning Turkana ko’li, Omo daryosi soxilidagi joylardan topilgan. Bu odam qoldiqlari Tanzaniyaning Zinj nomli qishlog’idan topilgani uchun fanda “zinjantrop” odami nomini olgan. Olimlarning tekshiruvi natijalariga ko’ra bu “ishbilarmon odamlar” bundan 3-2 million yil ilgari yashaganlar.
Antropologlar fikricha ishbilarmon odamlar ba’zi jihatlari bilan zamonaviy odamlarga o’xshash bo’lganlar. Ular yog’och va toshdan qurollar yasab janub o’lkalaridagi mevalarni iste’mol qilganlar. Turli hayvonlar ovlab ovqat sifatida go’shtini homligicha iste’mol qilganlar8 .
Afrikadan topilgan eng qadimgi odamlar dastlabki qazilma mavjudod, odamzod taraqqiyotining birinchi bosqichi edi. Odamlashishning ilk bosqichiga oid boy jihatlar tufayli o’tgan asr oxirlariga kelib Afrika odamzodning ilk vatani masalasida oldingi marraga chiqib oldi. Paleogenetiklar xx asr oxirlarida keng ko’lamdagi materiallar asosida barcha odamzod yagona turga va bu turning vatani Afrika ekanini isbotlab, ta’bir joiz bo’lsa, masalaga so’nggi nuqtani qo’ya bildilar9.
Tanzniyaning “Laetoli” manzilgohida bundan 3.8 million yil muqaddam vulqon izida qolib ketgan katta yoshli odamsimon mavjudod va bolaning izlari topilgan. Bu izlar dastlabki odamlar paydo bo’lishidan ikki million yil ilgari ham ikki oyoqda yuruvchi mavjudotlar yashaganligidan dalolat beradi.
Bir guruh olimlar (Keppens, Ioaxanson, Taebl) Afrikadagi Qazishmalar chog’ida topgan “Lyusi”. U Laetolida izi qolgan mavjudot hayot kechirgan davrda Efiopiyadan shimolda yashagan. Ayol tos suyagining tuzilishi uning
8 Kabirov A. Ibtidoiy jamiyat tarixi. T:2005.b: 44-45.
9 Internet ma’lumotlari: википидия.
ikki oyoqda yura olganini taxmin qilish imkonini beradi, biroq unig qo’l- oyoq va bo’g’im suyaklari bu avstrolopitekalrni har vaqt ham ikki oyoqda yurmaganlar degan fikrga olib keladi. Ular ko’pincha daraxtlarga tirmashib chiqishgan. Ularning qo’llari odam qo’llariga o’xshab ketadi10.
Keniyaning Olduvay va Kubifora manzilgohidan topilgan skletlar bilan birga ishlov berilgan tosh qurollar, shuningdek qurilgan boshpanaga o’xshash yashash manzili ham topilgan. Ana shu belgilar tufayli maskur tur Homo habilis- uquvli odam deb atalgan.
Homo habiles skletrlari janubiy Afrikadan Efiopiyagacha bo’lgan hududda topilgan, lekin Indoneziyadan topilgan ayrim qazilma skletlarni ham ular sirasiga kiritish mumkinligi ehtimoldan uzoq emas.
1970- yili Keniyadagi Kobbi-For degan joydan Olduvay davriga mansub tosh qurollar Kaliy Argon usuli bilan hisoblanganda 3.5-3 mln yil ilgari yashaganligi ma’lum bo’ldi. Bu tosh qurollar inson yaratgan eng qadimgi va dastlabki tosh qurollar bo’lib hisoblangan.

10 Philip L.Stein. Bruce M. Rowe. “ Physical anthropology”. 1996. b:199-200.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə