Mavzu: Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning vujudga kelishi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə3/13
tarix21.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#87537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
zamonaviy odamlar kurs ishi

manzilgohlari.
Olimlarning fikr mulohazalariga ko’ra odamning hamda garilla va shimpanzelarning yaqin umumiy ajdodi hisoblangan odamsimon qazilma maymunlar driopitek bundan 14-20 million yillar ilgaari miotsen davrida, Janubiy Osiyo, Janubiy Yevropa va Afrikada tarqalgan1.
Bulardan yana biri Darvin driopiteki bo’lib, uning qoldiqlari Avstraliyaning o’rta miotsen yotqiziqlaridan topilgan.
Odam ajdodiga yaqinroq maymunlardan yana biri ramapitek bo’lib, ulaening suyak qoldiqlari Shimoliy Hindistondagi Sivalika tepaligining quyi pliotsen yotqiziqlaridan topilgan. Ramapiteklarning qoldiqlari Sharqiy Afrikadagi Keniyadan topilib, u keniyapitek deb ham ataladi. Ular 1014 million yil ilgari yashagan mavjudotdir.
Gruziyaning Sagarji rayonidagi Udobnopitek. Ramapiteklarning yoshi 10-
14 million yil ilgari yashagan bo’lsa Udobnopitek 16-13 million yil ilgari yashagan deb taxmin qilinadi. Odamning dastlabki kelib chiqish markazining manzili masalasiga kelsak, bu borada ko’plab nuqtai nazarlar mavjud.
Ulkan Osiyo qit’asi, shu jumladan, Janubi sharqiy Osiyo tabiatshunoslar e’tiborini tortdi. Ushbu mintaqalarda topilgan sodda odamsimon mavjudotlar- gominidlarning qazilma qoldiqlari misli ko’rilmagan topilma bo’lib, odamning Osiyodan kelib chiqqanligiga bir dalil hisoblanadi.
Hayot evolutsion rivojalanishining oliy darajasi bo’lgan odamning shaklllanishi ham noyob jarayonlar ta’sirida ro’y bergan. Shulardan biri taxminan 15 million yil muqaddam primatlarning ajdodlari zich yashagan Afrika qit’asining shimoli-sharqida uran rudasining boy konsentratsiysiga ega bo’lgan qatlamlarning ochilishiga olib kelgan ulkan yoriq Afrika rifti yuzaga


1 Kabirov A. Ibtidoiy Jamiyat tarixi. T:2005. b:34-35.
keldi. Sayyoramizning turli mintaqalarida topilgan shakli va rivojlanish darajasiga ko’ra bir-biridan farqlanuvchi minglab suyak qolodiqlari qadimgi odamlarning evolutsion rivojlanishi natijasida paydo bo’lganligiga shubha qoldirmaydi2.
Markaziy va janubiy Yevropa ham tabiiy sharoiti jihatidan eng qadimgi odamlarning yashashi uchun qulay bo’lgan.
1907-yilda Germaniyaning Geydelberg shahri va Mauer qishlog’i yaqinidan pitekantrop va sinantropga zamondosh bo’lgan odam suyaklari topilgan. Bu olimlar tomonidan “Geydelberg odami” deb nomlangan. Geydelberg g’oridan suyak qoldiqlari topilgan bo’lsada, tosh qurollari topilmagan bo’lsada, bu odamlar mehnat qurollari yasash qobiliyatiga ega bo’lgan degan farazlar mavjud.
1958- yilda Fransiyaning Vallon g’oridan hayvon suyaklari, tosh qurollar va ularning parchalari topilgan.
Vengriyaning poytaxti Budapesht shahri yaqinidagi Verteshsellesh, Chehiya poytaxti Praga shahri yaqinidagi Пржезлятитса degan joydan arxantroplarning tishi, qadimgi hayvonlarning suyaklari va odddiy tosh qurollar topilgan3.
So’nggi ma’lumotlarga asoslanib faraz qilinishicha Yevropa arxantroplari

  1. mln bilan 100 ming yil oralig’ida yashagan ekanlar. Ammo Yevropa kishilikning vatani bo’lmagan.

Bu yerga odamlar Afrikadan kirib kelganligi haqida ma’lumotlar bor. Arxantroplarning yashash manzilllaridan turli tosh qurolllar ham topilgan. Ular yovvoyi hayvonlar qurshovida yashaganlar.
Hayot uchun kurash davomida odamning o’zi ham, tashqi qiyofasi ham o’zgarib bordi. Hozirgi ko’rinishdagi odamlarning paydo bo’lishi Solyutre, Madlen, Orenyak davriga to’g’ri keladi4.
Taxminan 25-30 ming yil muqaddam odamlar ancha takomillashgan kesuvchi, arralovchi va parmalovchi mehnat qurollari yasaydigan bo’lishgan.
2 Inetnet ma’lumotlari: www. Википидия
3Bobobekov A. “ Ibtidoiy jamiyat tarixi”. (Ma’ruzalar matni)
4 Internet ma’lumotlari: www. Википидия .
Insonning takomillashib borishi so’nggi paleolitga kelib homo sapiensni(aql- idrokli) odamni vujudga keltiradi.
Fanda uni shuningdek (yangi odam) yoki kromanyon odam deb ham aytishadi.
Paleolit odami chaqmoqtoshlarni bir- biri bilan urish yoki yog’ochni – yog’ochga ishqalash orqali sun’iy olov olishni o’zlashtirganlar.
1856 yil esa Germaniya Federatif Respublikasining Neandertal vodiysidagi Dyusseldorf shaxri yaqinida joylashgan Filgafer g’oridan yer qazish ishlari vaqtida odamning bosh suyak qopqog’i va skletining bir qancha suyaklari topildi. Mazkur suyaklari Neandertal vidiysuidan topilgan uchun joining nomi bilan ataladi.
Ularfanda qadimgi odamlar deb ataladilar. Yer yuzining turli burchaklaridan topilgan neandertal odamining kalla suyagi, skleti va boshqa a’zolarining suyak qoldiqlarini xar tomonlama chuqur o’rganilishi , ularning tashqi qiyofasini tiklash imkoniyatini berdi. Neandertallarning tashqi ko’rinishi ko’p jixatdan xozirgi odamlarga yaqin bo’lgan. Bu xol miya qutisining sig’imi xozirgi odamnikiga barobar ekanligini ko’rsatadi. Lekin ularning bosh miyasi, xususan muyasining peshona qismi birmuncha sustroq rivojlangan va oddiyroq tuzilgandir.
Neandertal tishlarimkuchli ildizli, katta va qattiq bo’lib, oziqni xususan go’shtni chaynash uchun moslashgandir.Tnasining uzunligi, bo’yi basti jixatidan ular zamonaviy odamlardan orqada turgan albatta. Ularning bo’yi 155-160 sm bo’lgan. Lekin ularning skleti xozirgi zamon odami skletiga qaraganda baquvvatroq bo’lib, tashqi tuzilishi ko’proq rivojlangan. Bu xol ular muskulining kuchli bo’lganligidan darak beradi.
Neandertallarning umurtqa pog’onasi zamonaviy odamlarniki singari bo’lmay biroz bukilgan bo’lib, oyog’ining bolder suyaklari son suyaklariga nisbatan kaltadir. Bu xol ularning yurish va yugirishda u qadar epchil chaqqon bo’lmaganliklarini ko’rsatadi. Xullas neandertallarning tashqi ko’rininshida maymunga xos bo’lgan ba’zi bir ibtidoiy belgilar mavjud bo’lib, ular xali xozrgi odami darajasiga yetib kelmagan edi. Ular jismoniy jixatdan xozirgi zamon kishisiga bevosita shart – sharoit tug’durgan taraqqiyotning pitekantrop va sinantropidan so’ngi bosqichda turadi.
Lekin ular arxantroplarga nisbatan ancha ilgarilab ketgan edilar. Bu ularning mexnat qurollarining xili vazifasida xam ko’zga tashlanadi . Neandertallar past bo’yli kaltabaqay kuchli muskulli biroz son bukchaygan katta boshli iyaklari sezilarsiz bo’lib burinlari oldinga cho’chayib chiqib turgan.
Eng dastlabki “Ishbilarmon odam” ning asta – sekin rivojlana borishi oqibatda neandertal tipidagi kishilar vujudga kela boshladi. Odam biologic jixatdan rivojlanayotgan ekan, asta - sekin kamolot sari qadam tashlayotgan ekan, ularning yashash tarzi xam o’zgarib brogan. Mazkur o’zgarishlar o’sha davr kishilarining mexnat qurollarida xammadan avval ko’zga tashlandi.


    1. Yüklə 0,6 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə