Mavzu: Idrok haqida tushuncha va uning xususiyatlari Reja: Idrokning ta'rifi,xususiyatlari



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə2/2
tarix14.04.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#105481
1   2
1A Artiqbayeva Ulbosin.

Idrok rivojlanishining muhim sharti mehnatdir,u bolalarda ijtimoiy foydali mehnat shaklida,masalan,uydagi vazifalarni bajarish bo'yicha,shuningdek,chizish,yasash,musiqa eshitish va boshqalar bilan shug’ullanishda namoyon bo'ladi.Bolaning idroki rivojlanishida o'yinda qatnashish jarayoni ahamiyatlidir.

B.M.Teplovning fikriga ko'ra bolada jismning predmetliligi belgilari erta go'daklik davrida(2-4 oyligida)jismlar bilan harakatlarining shakllanishida namoyon bo'la boshlaydi.5-6 oylikka kelib bolada qo'llanayotgan jismda nigohning jamlanishi holatlarining ko'payishi kuzatiladi.Bog'chagacha bo'lgan davrdan maktabgacha davrga o'tishda bolaning idrokida obyektni xayolan bo'laklarga bo'lib,keyin uni jamlash orqali jismning xossalarini tadqiq etish layoqati tarkib topadi.


Idrok etish jarayonida idrok mazmunini o'zgartirib yuborishi mumkin bo'lgan his-hayajonlar ham mavjuddir.Idrokning ushbu turlari mavjud:ko'rish,eshitish,paypaslab ko'rish,hidlash va ta'm bilish yo'li bilan idrok qilish.

Noto'g'ri yoki izdan chiqqan idrok hodisasi idrok illyuziyasi deb ataladi.Illyuziya so'zi lotincha illusio-aldanish,adashish,xato so'zidan olingan.Illyuziyalar idrokning turli ko'rinishlarida(ko'rish,eshitish)kuzatiladi.Illyuziyalar ko'p hollarda ko'zning chalg'ishi bilan bog'liq.Bu xildagi illyuziyalar optik illyuziyalar deb ataladi.Optik illyuziyalar turmushda ko'p uchraydi.Bu illyuziya burchaklarning kattaligi o'zaro taqqoslanganda hosil bo'ladi.


Idrokning reflektorlik asosini I.P.Pavlov ochib berdi.Uning ko'rsatishicha,idrokning asosida shartli reflekslar,ya'ni bosh miya katta yarimsharlari po'stlog'ida olam hodisalari natijasida hosil bo'ladigan vaqtinchalik nerv aloqalari yotadi.Tahlil qilish va sintez jarayonlari idrok obyektining atrof-muhitdan ajratib olinishini ta'minlaydilar va shu asosda uning barcha xossalari yaxlit obrazga birlashadi.Bunda nerv aloqalarida hosil bo'lgan qo'zg'alishlarni qayta ishlashda analizatorning po'stloq bo'limlarida tahlil qilish va sintezlash jarayoni sodir bo'lishi bilan bartaraf etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
  • Mirashirova N. Yugay A. "Umumiy psixologiya"-Toshkent 2014.
  • Safayev N. "Umumiy psixologiya nazariyasi"-Toshkent 2013.

Elektron manbalar:
  • www.ziiyonet .uz

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə