Mavzu: Ilmiy tadqiqot asoslari fanining maqsadi va vazifalari, umumiy tushunchalar



Yüklə 17,15 Kb.
səhifə6/6
tarix30.12.2023
ölçüsü17,15 Kb.
#167468
1   2   3   4   5   6
Ilmiy tadqiqot muammosining qo’yilishi

Empirik va nazariy tadqiqotlarda tahlil va sintez, deduksiya va induksiya, abstraktlash kabi universal usullar keng qo‘llaniladi.
Tahlil usulining mohiyati tadqiqot obyektini fikran yoki xayolan tarkibiy qismlarga ajratib uning xossalari va xususiyatlarini alohida ajratib o‘rganishdan iboratdir.
Tahlildan farqli o‘laroq sintez tadqiqot obyektini yaxlit bir butun sifatida qismlarining birligi va o‘zaro bog‘liqligida bilishdan iboratdir.
Deduksiya va induksiya tadqiqot obyektini o‘rganishda mantiqiy xulosalashda o‘ziga xos «tahlil va sintez» hisoblanadi. Deduksiya umumiydan xususiyga bo‘lgan mantiqiy xulosalarga asoslanadi. Masalan, temir, qalay va misning issiqdan kengayishi tajribada aniqlanib, unga asoslanib barcha metallar issiqdan kengayadi, degan xulosaga kelishdir. Bu usul matematika va mexanikada umumiy qonunlar yoki aksiomalarda xususiy bog‘liqliklar chiqarilayotganda keng qo‘llaniladi. Deduksiyaga qarama-qarshi bo‘lib induksiya hisoblanadi. Bu ikki usul ham tahlil va sintez usullari singari ilmiy-tadqiqotda bir-biri bilan bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi.
Abstraksiyalash yordamida boshqa hodisa kontekstidan fikran ajratilgan fikrlashning umumlashtirilgan natijalari shakllanadi, bu ular o‘zaro bog‘liqligini kuzatishga imkon beradi. Abstrakt fikrlash ijodiy yondashishning zaruriy shartlaridandir.
Matematik formallashtirish
abstraktlash ilmiy-tadqiqot – usulining asosi
hisoblanadi.
tadqiqot olib borilayotgan
Formalizatsiyalash
(o‘rganilayotgan) obyektni,
jarayonni, voqelikni
matematik ifodalar bilan tasvirlash yoki matematik abstraksiyalashdir.
Modellashtirish – tadqiqot obyektining ayrim xususiyatlari va belgilarini o‘rganish uchun unga o‘xshash analogik qulay obyektda (modelda) o‘rganish usuli bo‘lib texnika, energetika sohasida fizik va analitik usullar ko‘proq qo‘llaniladi. Modellashtirish
fizik va matematik bo‘ladi.
Model ko‘rsatkichlarini tahlil qilib obyekt haqida
xulosaga kelinadi.
Yüklə 17,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə