Mavzu: Ingliz va O’zbek tillaridagi frazeologizmlarda polisemiya



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/46
tarix16.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#110661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Mavzu Ingliz va O’zbek tillaridagi frazeologizmlarda polisemiya

 

bir ma’noning voqealanganligi, ayni shu mazmun va ifodani o’zga tilda qay bir 
vosita aniq va badiiy- ham asliyat maqsadiga, ham yangi o’quvchi ruhiyatiga 
muvofiq bo’la olishini bilish zarur. Bu esa xorijiy, jumladan ingliz tili va o’zbek 
tili frazeologizmlarning har tomonlama qiyosiy-tipologik tahlilini talab qiladi va 
malakaviy bitiruv ishi uchun tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilaydi. 
Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari: 
Ingliz va O’zbek tillaridagi frazeologik birliklarning turlari, ularning lingvistik 
xususiyatlari va ifodalanish o’rganish hamda ochib berish maqsadida quyidagi 
vazifalar amalga oshirildi: 
─ Shuningdek, ingliz va o’zbek tillarida polisemiyaning kuzatilishini o’rganish; 
─ Ingliz va O’zbek tillaridagi frazeologizmlarda polisemiyaning kuzatilishini 
o’rganish hamda ochib berish
─ Ingliz va O’zbek tillaridagi frazeologik polisemiyaning o’ziga xos 
xususiyatlarini o’rgangan holda ularning qiyosiy –tipologik tahlilini amalgam 
oshirish; 
Bitiruv malakaviy ishning o’rganilish darajasi:
Ingliz va O’zbek tillarining 
frazeologik tarkibi ko’pgina olimlar tomonidan tadqiq qilingan. Xususan O’zbek 
frazeologiyasi rivoji va tadqiqiga Sh.Rahmatullayev, A.Mamatov, B.Yo’ldoshev, 
I.Qo’chqortoyev kabi bir qator olimlar o’z hissalarini qo’shganlar. Ingliz 
frazeologiyasining rivojiga va tadqiqiga V.Vinogradov, A.Kunin, A.Shaxmatov, 
N.Shanskiy, N.Amosova kabi olim va olimalar o’zlarining buyuk hissalarini 
qo’shganlar. 
Bitiruv malakaviy ishning metodologik asosi va tadqiq usullari
: Borliqdagi 
narsa va hodisalarni bir-biriga bog’liq ekanligini e’tirof etuvchi dialektik falsafa 
ishning metodologik asosini tashkil etadi. Ishda xorijiy va o’zbek tilshunosligida 
shu sohada olib borilgan ilmiy ishlarga nazariy jihatdan tayanildi. 
Ishni yozishda sinxron-tasviriy, qiyosiy va semantik-stilistik usullardan 
foydalanildi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə