Mavzu: Ingliz va O’zbek tillaridagi frazeologizmlarda polisemiya


Bitiruv malakaviy ishining obyekti



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/46
tarix16.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#110661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Mavzu Ingliz va O’zbek tillaridagi frazeologizmlarda polisemiya

Bitiruv malakaviy ishining obyekti:
Ushbu ishning obyekti ingliz va o’zbek 
tillaridagi frazeologik birlik hisoblanadi. 


 

Bitiruv malakaviy ishining yangiligi va amaliy ahamiyati
: Ushbu bitiruv 
malakaviy ishning amaliy ahamiyati shundaki, ushbu ishdan ingliz va o’zbek 
tillarida og’zaki nutqni boyitishda foydalanish mumkin. Shuningdek leksikologiya, 
tilshunoslikka kirish, qiyosiy tipologiya, tarjima nazariyasi kabi fanlarning seminar 
mashg’ulotlarini tayyorlashda foydalanish muhim manba sifatida xizmat qiladi. 
Bundan tashqari, ishdan ilmiy maqola, tezis, kurs ishlari yozishda foydalanish 
mumkin. Shuningdek, ishdan maktab, kollej va litsey o’qituvchilari dars 
mashg’ulotlarida foydalanishlari mumkin. 
 Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy qismi va hajmi:
Bitiruv malakaviy ishi 
mavzuning umumiy tavsifi, ikki bob, xulosa, adabiyotlardan ro’yxatidan iborat 
bo’lib, kompyuter yozuvida 55 sahifani tashkil etadi.


 

I –bob: Ingliz va O’zbek tili frazeologik birikmalarning lingvistik 
xususiyatlari. 
I.1. Frazeologiya – tilshunoslikning sohasi sifatida. 
Frazeologiya – tilshunoslikning kichik sohasi bo’lib, fraza – ibora, logos –
ta’limot degan ma’nolarni anglatadi. Frazeologiya atamasi asosan ikki ma’noda 
ishlatiladi:
1)
tilning frazeologik tarkibini o’rganuvchi tilshunoslik sohasi; 
2)
shu tilning frazeologizmi majmui. 
Frazeologiyaning o’rganish predmeti frazeologizmning tabiati va substansional 
xususiyatlari hamda ularning nutqda amal qilish qonuniyatidir.
Ikki va undan ortiq so’zdan tarkib topgan, yaxlit bir ko’chma ma’no 
ifodalaydigan, ta’sirchanlikka ega bo’lgan va ma’nosi bir so’zga teng ma’nodagi 
so’zlar yig’indisi yoki gaplar yig’indisi 
ibora 
deyiladi.
Iboralar tilshunoslikning frazeologiya bo’limida o’rganiladi, shuning uchun ham 
iboralarni frazeologizmlar deb ham ataymiz. 
Bundan tashqari tilshunoslikning frazeologiya bo’limi shu sohaning taraqqiyoti, 
frazeologiya sohasiga muhim hissa qo’shgan tilshunos olimlar, frazeologik ma’no, 
frazeologik polisemiya, qarama qarshi ma’noli iboralar, iboralar sinonimiyasi,
frazeologik paronimiya va paraforma, iboralar omonimiyasi, iboralar variatsiyasi, 
frazeologizmlarning o’ziga xos grammatik xususiyatlari va boshqalar o’rganiladi. 
Ma’lumki, tilshunoslikda frazeologiya uzoq yillar davomida leksikologiya 
tarkibida o’rganib kelingan. Chunki frazeologik birliklar tildagi so’zlarning 
ekvivalentlari hisoblanib, leksikologiya esa tilning lug’at sostavini tashkil qiluvchi 
so’zlar va ularning ekvivalentlarini o’rganuvchi disiplina deb ataladi. Keyingi 
yillarda frazeologiya tilning alohida disiplinasi yoki mustaqil til bosqichi 
bo’lganligi bois, frazeologiya - tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida, 
leksikologiya bag’ridan XX-asrning 50-yillridan boshlab mustaqil bo’lim, yangi 
soha sifatida ajralib chiqdi. 
Frazeologiyaning alohida lingvistik yo’nalish bo’lib shakllanishida, jumladan 
o’zbek frazeologiyasining dunyoga kelishida V.V.Vinogradovning muhim 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə