Mavzu: Innavatsion loyixalar samaradorligini baxolashda axborot texnologiyalari Bajardi: Yoqubov Rahimboy Reja: «Innоvаtsiya lоyihаsi»



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə1/2
tarix21.05.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#111738
  1   2

Fan: Innavatsion iqtisodiyot
Mavzu:Innavatsion loyixalar samaradorligini baxolashda axborot
texnologiyalari
Bajardi:Yoqubov Rahimboy
Reja:
  • «Innоvаtsiya lоyihаsi» tushunchаsi. Innоvаtsiya lоyihаsining tuzilishi.
  • Innоvаtsion lоyihаlаrni rеjаlаshtirish. Lоyihаning muvаffаqiyati vа uni bеlgilоvchi mеzоnlаr.
  • Innоvаtsion lоyihа sаmаrаdоrligi vа uning аsоsiy ko’rsаtkichlаri.

Innavatsion loyiha tushunchasi
Ilmiy texnik, texnologik yangiliklarni amaliyotga joriy etish innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etish bilan yo’lga qo’yiladi. Innovatsiya loyihalari, bizningcha, shakllantirilgan yangi texnik, texnologik g’oyalarni, ilmiy jihatdan asoslangan texnik, texnologik ishlanmalarni kuchli raqobat muhitida, makon va zamonda aniq maqsadlarga erishish uchun ehtimoli bo’lmish risklar asosida belgilangan muddatlarda amaliyotga joriy etilishiga qaratiladi va innovatsiya jarayonining keyingi uzviy ravishda bog’liq bo’lgan bosqichlarini tashkil etadi.
Loyiha (ingl. - projekt) - bu ―biron nima, nima o’ylanayapti yokirejalashtirilayapti, degan ma’nolarni anglatadi.
Innоvаtsiya lоyihаsi tushunchаsi. Innоvаtsiya lоyihаsining tuzilishi.
Innovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ularni moliyaviy asoslash va investitsiyalash muhim ahamiyatga ega. Bunda loyihaviy moliyalashtirish jarayonlari nuqtai nazaridan o’ziga xos xususiyatlarga ega innovatsion loyihalarni farqlash kerak:
a) investitsich loyihalari, masalan, yangi sanoat ob’ektlari qurilishiga (energetika, transport, aloqa va h.k.) yirik kapital qo’yilmalar;
b) ilmiy-texnik (innovatsiya) – ilg’or texnologiyalar, yangiliklar, mahsulotlar va xizmatlar.
Ushbu loyiha o’rtasida muhim farqlar mavjud:
1. Sanoat ob’ektlariga kapital qo’yilmalar haqidagi mavjud moliyaviy axborot, hattoki eng oddiy ilmiy-texnik loyihalarga qaraganda, ayniqsa, ularning erta bosqichlarida, ishonchliroqdir;
2. Innovatsion ilmiy-texnik loyihalar mavhumlikning yuqori darajasiga ega ekanligi bilan farq qilib, ular shunday afzallikka egaki, ular ishlanmaning erta bosqichidayoq katta bo’lmagan moliyaviy yo’qotishlar bilan to’xtatib qo’yilishi mumkin;
3. Ilmiy-texnik loyihalarda axborot investitsiyaviy loyihalarga qaraganda ko’proq cheklanganligi va mos emasligi bilan farq qiladi. Bu esa mustaqil ekspertlarning loyihalarini baholash bo’yicha fikrlarini korrelyatsiyalashni nihoyatda qiyinlashtiradi;
Innovatsiya loyihalari ko’p mezonliligi va yuqori darajali mavhumliligi bilangina farq qilmasdan, balki sifatli baholash bo’yicha ham farqlanadi.
Bizning nazarimizda, har qanday innovatsiya loyihasi uch tomonlama, ya’ni birinchidan, innovatsiya loyihasini tadbiq etish uchun zarur bo’lgan turli moliyaviy resurslar narxlari bilan, ikkinchidan, jami safarbar etiladigan kapital qiymati, bozor munosabatlari talabidan kelib chiqib, tadbiq etilish vaqt birligi bilan, uchinchidan, qo’yilgan maqsadga erishish ichki kuchi bilan cheklanadi. Bular bilan bir qatorda innovatsiya loyihalari tadbiq etilishi jarayonida ehtimoli bo’lmish risklarni boshqarishni ham talab etadi. Har qanday investitsiya loyihalari kabi innovatsiya loyihalari to’rt bosqichdan iborat bo’lmish hayotiy tsiklga, ya’ni investitsiya oldi, investitsiya va ekspluatatsiya hamda likvidatsiya (tugallanish) bosqichlaridan iborat hayotiy tsikllarga egadirlar. Innovatsiya loyihasi xususiyatlariga qarab, qayd etilgan to’rt bosqichda investitsiyalar turli nisbatda shakllanadi va turli manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Innovatsiya loyihalari g’oyalar, fikrlar va texnik echimlarning ilmiy-texnik
ahamiyati darajasi bo’yicha quyidagi tarzda tasniflanadi:
- modernizatsion loyihalar, bunda namuna konstruktsiyasi yoki asosiy texnologiya tub o’zgarmaydi;
- novator loyihalar, bunda yangi buyum konstruktsiyasi turiga va elementlari xossalariga qarab oldingisidan jiddiy farq qiladi (yangi xossalarni qo’shish, masalan, ushbu turdagi buyumlarda ilgari qo’llanilmagan avtomatlashtirish vositalarini, lekin boshqa turdagi buyumlarda qo’llangankiritish);
- ilgarilab boruvchi, bunda konstruktsiya ilgarilab boruvchi echimlarga asoslanadi;
- oldingi va hattoki, yangi funktsiyalarni bajaradigan konstruktsiyalar va texnologiyalar.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə