Mavzu: Iqtisodiy resurslar: mazmuni, turlari va cheklanganligi. Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 293,27 Kb.
səhifə1/10
tarix29.09.2023
ölçüsü293,27 Kb.
#124891
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Iqtisodiy resurslar mazmuni, turlari va cheklanganligi.


Mavzu: Iqtisodiy resurslar: mazmuni, turlari va cheklanganligi.
Reja:
Kirish
Asosiy qism:
1. Iqtisodiy resurslar mazmuni va turlari.
2. Iqtisodiy resurslar cheklanganligi sharoitida ishlab chiqarish.
3. Oʻzbekistonnning iqtisodiy resurslari va uning resurs saloxiyatidan samarali foydalanish.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimovning bevosita tashabbusi va rahbarligida har tomonlama puxta o‘ylab ishlab chiqilgan taraqqiyotning “O‘zbek modeli”ni izchil amalga oshirish orqali iqtisodiyotimiz misli ko‘rilmagan katta muvaffaqiyat va natijalarga erishdi. Jumladan, mustaqillik yillarida milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan meros bo‘lib qolgan bir tomonlama xomashyo ishlab chiqarish bo‘yicha rivojlanish, paxta yakkahokimligi va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalari o‘rtasidagi muvozanatlik va mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Soliq, byudjet va tashqi iqtisodiy faoliyat sohalarida, bank tizimi faoliyatida mustahkam barqarorlik, davlat qarzini nisbatan past darajada ushlab turish ta’minlanib mamlakatimizning jahon miqyosidagi obro‘-e’tiborini yuqori darajaga ko‘tarishga erishilmoqda.
Kurs ishining dolzarbligi: Iqtisodiy resurslarning mazmun mohiyatini ochib berish, ularning turlarini hamda shu resurslar cheklangan sharoitda ishlab chiqarishni qanday tashkil etilishi haqida fikr yuritamiz. Albatta shuni takidlab o’tish joizki, mamlakatimiz qanday iqtisodiy resurslarga ga ekanligini ko’rsatib berish kurs ishiz mavzuimning dolzarbligini bildirib o’tadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev takidlaganlaridek “Bizning bosh maqsadimiz bo‘lmish asosiy vazifa – odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta‘minlash va rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallash bo‘yicha avvalo muhim islohotlarni amalga oshirish yo‘lida katta qadam bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor. Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoqni ko‘zlaydigan keng ko‘lamli dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu dastur mohiyat e‘tibori bilan chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish va albatta iqtisodiy resurslardan unumli foydalangan holda o’zimizning milliy barqaror iqtisodiyotimizni qurishimiz kerak ekanligi barchamizga ma’lum.”
Kurs ishining ob’ekti bo’lib, O‘zbekistondagi barcha iqtisodiy resurslar va ularning turlari hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi: Iqtisodiy resurslarning to’liq mazmuni ochib berish, ularning turlarini shu kurs ishida aks ettirish, ularning taqchillik sharoitida ulardan samarali foydalangan holda ishlab chiqarishni tashkil etish qanday bo’lishligi va albatta O’zbekiston egalik qiladigan iqtisodiy resurslarni sanab o’tish hamda ulardan iqtisodiyotda foydalanish yo’llari haqida fikr yuritish.
Kurs ishi quyidagi qismlardan tashkil topgan: kirish, 3ta asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar.



Yüklə 293,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə