Mavzu: Iqtisodiy resurslar: mazmuni, turlari va cheklanganligi. Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 293,27 Kb.
səhifə8/10
tarix29.09.2023
ölçüsü293,27 Kb.
#124891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Iqtisodiy resurslar mazmuni, turlari va cheklanganligi.

Mehnat resurslari. Mehnat resurslari soni 18 964 ming kishi bo‘lib, 2018-yilning yanvar-iyun oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 1 foizga ortgan. Iqtisodiy faol aholi soni 2018 yil mos davri ko‘rsatkichlariga qaraganda 181,5 mingga yoki 1,2 foizga o‘sgan. Iqtisodiy nofaol aholi soni 4 213,0 kishini tashkil etdi (0,1 foizga ortgan), bunday ko‘rsatkich homiladorlik ta'tili, tug‘ish ta'tili yoki 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar parvarishidagi ayollar sonining 4,4 foizga oshishi bilan izohlanadi. Ta'kidlash joizki, o‘z xohishiga ko‘ra band bo‘lmaganlar soni keskin kamayib, 805,6 mingdan 734 ming (8,9 foiz)ga tushgan, bu esa aholining mehnat va tadbirkorlik faolligi ortganligini bildiradi.
Bandlik tizimida iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‘lganlar soni o‘sgani va norasmiy sektordagi bandlikning kamayganligi kuzatilmoqda. Xususan, iqtisodiyot sohalarida band bo‘lganlarning umumiy soni 13 408,4 ming kishiga yetdi, bu 2018-yilning yanvar-iyun oylaridagi ko‘rsatkichga qaraganda 1,4 foizga ko‘proqdir. Bunda iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‘lganlar soni O‘zbekiston tarixida birinchi marta 326,3 minga yoki 6,2 foizga ortib, 5 593,6 ming kishiga yetdi. Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni esa aksincha, 137,7 minga yoki 1,7 foizga kamayib, 7 814,8 mingni tashkil etdi. Bu bevosita norasmiy tadbirkorlik faoliyati va ish o‘rinlarini legallashtirish chora-tadbirlari natijasidir.
Shuningdek, tadqiqot natijalari chet elga mehnat migratsiyasiga ketgan shaxslar soni 2018-yil mos davri bilan qiyoslaganda 1,9 foizga, 2 644,1 mingdan 2 594,1 minga pasayganligini ko‘rsatdi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida tuman va shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga ishga joylashtirishda yordam so‘rab 404 569 nafar shaxs murojaat qilgan bo‘lib, ulardan 138 173 nafarini 16-30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar tashkil etdi. Murojaat qilganlardan 167 713 nafari ishga joylashtirildi, 139 679 nafari jamoat ishlariga jalb qilindi10 085 nafari kasbga qayta o‘qitishga yo‘naltirildi, 31 938 nafar shaxsga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.

Yüklə 293,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə