Mavzu: Iqtisodiy resurslar: mazmuni, turlari va cheklanganligi. Reja: Kirish Asosiy qism


Iqtisodiy resurslar cheklanganligi sharoitida ishlab chiqarish



Yüklə 293,27 Kb.
səhifə4/10
tarix29.09.2023
ölçüsü293,27 Kb.
#124891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Iqtisodiy resurslar mazmuni, turlari va cheklanganligi.

Iqtisodiy resurslar cheklanganligi sharoitida ishlab chiqarish.
Resurslarni tanqisligi holatida jamiyat ham o’z qarorini qabul qilishga majbur bo’ladi. U ham harajatlarni kamaytirish muammosiga duch keladi. U cheklangan resurslarini jinoiy ishlarga qarshi kurashish sohasigami yoki ta’lim sohasiga yo’naltirsinmi? Agar u har ikkisiga yo’naltiradigan bo’lsa, qanday xizmat va tovarlardan voz kechish evaziga bo’lishi mumkin? Sog’liqni saqlashmi yoki energiya ta’minotimi?
Tanqis resurslar Jamiyatda biror bir xizmat turi va mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan resurslarning hammasi iqtisodiy tanqis resurslar deb ataladi. O’z navbatida bu o’z ichiga zavod- fabrikalarning butun bir tarmog’ini, fermalar qurilishi va uni qurish uchun ketadigan jihozlar, qurilish materiallari ishlab chiqarish va qishloq ho’jalik mahsulotlari uchun mo’ljallangan butun bir texnikani qamrab oladi. Hamma transport va kommunikatsiya jihozlari, mehnatning barcha turi, yer va mineral resurslar ham shuni ichiga kiradi.
Resurs kategoriyalari iqtisodchilar iqtisodiy resusrslarni to’rtta umumiy kategoriyaga bo’ladilar.
Yer. Iqtisodchillar uchun yer ko’p insonlarga qaraganda ko’proq ma’no kasb etadi. Iqtisodchilar uchun ishlab chiqarich jaroyonida ishtirok etadigan barcha tabiiy resusrslar tushuniladi, jumladan, ekin maydonlari, o’rmonlar, mineral va neft zahiralari hamda suv resurslarini tashkil etadi.
Mehnat. Insonlarning ko’rsatadigan hamma turdagi mehnatlarini umumlash-tirib, “mehnat”deb atash mumkin bo’ladi.
Kapital. Iqtisodchilar uchun kapital yoki capital mahsulotlariga iste’mol tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqarishda kerak bo’ladigan barcha vositalarni kiritish mumkin. Bular sirasiga zavod fabrikalar, omborxonalar, transport vositalari, yetkazib berish xizmati, texnika va asbob-uskunalar kiradi. Irtisodchilar kapital tovarlari haridiga investitsiya deb qaraydilar.1
Kapital mahsulotlari iste’mol mahsulotlaridan farq qiladi chunki iste’mol mahsulotlari inson ehtiyojini to’g’ridan-to’g’ri qondiradi, vaholanki kapital mahsulotlari iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarishga jalb etiladi. E’tibor berish kerakki, iqtisodchilar “kapital” terminiga pul sifatida emas, balki jihozlar, texnika va boshqa ishlab chiqarish vositalari sifadida qarashadi. Sababi pulning o’zi hech narsani paydo qilmaydi, shu sababli istisodchilar unga iqtisodiy resurs sifatida qaramaydi. Ular firkicha, pul iste’mol tovarlari sotib olish uchungina kerak bo’ladigan bir vosita holos.
Tadbirkorlik qobiliyati . Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, inson mehnatidan farqli o’laroq boshqaruvchilik qobiliyati mahsus inson resurslariga kiradi. Boshqaruvchi quyidagilarni amalga oshiradi:
Boshqaruvchi xizmat turi va tovar ishlab chiqarishda yer resurslari, mehnat va kapitalni unumli foydalanadi. Boshqaruvchida boshqaruvchilik va yetakchilik qobiliyati bo’lib, u mahsulot ishlab chiqarishda va boshqa resurs manbaalardan muvaffaqiyatli taqbirkorlik paydo qiladigan omilkor kishi hisoblanadi.
V aholanki, yer, mehnat, kapital va boshqaruvchilik qobiliyati mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarni ma’lum turinini tashkillashtirish uchun bir joyga jam bo’lar ekan, ularni umumiy qilib, tovar ishlab omillari yoki soda qilib aytganda xarajatlar deyish mumkin.
Har bir resurs undan ishlab chiqarishda foydalanganda ma’lum samara beradi. Resurs keltiradigan natija o‘z chegaralariga ega. Har qanday resursdan eng yaxshi, oqilona foydalanilgan taqdirda ham ma’lum chegaradan ortiq mahsulot yaratib bo‘lmaydi.

Yüklə 293,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə