Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari


Ўзбекистон Республикаси тижорат банклари



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

Ўзбекистон Республикаси тижорат банклари 
томонидан амалга оширилган қўшимча 
акциялар бўйича янги эмиссия ҳажмининг 
ўзгариши, млрд. сўм
117,0
276,4
489,2
0,0
100,0
200,0
300,0
400,0
500,0
600,0
2007 йил
2008 йил
2009 йил
E’tiborlisi shundaki, tijorat banklari aksiyalari birjada doimiy kotirovka qilinmoqda 
va uning natijalari tegishli nashrlarda muntazam e’lon qilib borilmoqda.
2010 yilda tijorat banklarining jami kapitalini kamida 20 foizga oshirish va yaqin 2 
yilda jami banklar kapitali darajasini YAIMga nisbatan 10 foizga yetkazish ko‘zda 
tutilmoqda. 
2010 yilda tijorat banklari tomonidan yana 250 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha aksiyalar 
muomalaga chiqarilib, banklar ustav kapitallarining oshirilishi kutilmoqda. Masalan, 
Xalq banki keyingi 4 yil davomida o‘zining ustav kapitalini 10 mlrd. so‘mdan avval 100 
mlrd. so‘mga, keyin 200 mlrd. so‘mgacha oshirishni mo‘ljallamoqda.
2009 yildagi bank sohasidagi islohotlardan yana biri shuki, endilikda barcha 
mulkchilik shaklidagi tijorat banklari korporativ obligatsiyalar chiqarish huquqiga ega 
bo‘lishdi. Bu o‘z navbatida respublika obligatsiyalar bozorining rivojlanishiga ijobiy 
tasir ko‘rsatadi, shuningdek, tijorat banklarining «Toshkent» Respublika Fond 
birjasidagi ishtirokini ham jadallashtiradi. 2009 yilda «Toshkent» Respublika Fond 
birjasidagi savdolarning deyarli 44 foizini respublika tijorat banklarining aksiyalari 
tashkil qildi va 39,4 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi. Ushbu summaning 37,1 mlrd. so‘mi 
nodavlat banklar va ustav kapitalida davlatning ulushi «nazorat paketi»ga teng 
bo‘lmagan banklar hisobiga to‘g‘ri keladi. 
2008-2009 yillarda qo‘shimcha emissiya qilingan aksiyalarning tarkibida imtiyozli 
aksiyalar sonining hissasi oldingi yillardagi 1,1-2,2 foizdan 0,6-0,7 foizgacha pasaydi. 
Ushbu holat qo‘shimcha emissiyalarda davlat ishtirokining oshganligi, ya’ni davlat 
tomonidan banklardagi nazoratni olishga bo‘lgan qiziqishning yuqoriligi bilan 
izohlanadi. 
Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozorini yanada rivojlantirish va 
erkinlashtirish, uning doimiy barqaror faoliyat yuritishni ta’minlash yuzasidan tegishli 
chora-tadbirlar amalga oshirilib borildi. 
O‘tgan yillar ichida mamlakatda iqtisodiyotning strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 
tarmoqlarini shakllantirishga qapatilgan samarali iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi, 
barqaror iqtisodiy o‘sishga, valyuta mablag‘larining doimiy tushumi manbalari va 


yetarli darajada valyuta zaxiralarini shakllantirish orqali milliy valyutaning harid 
quvvatini chetdan olinadigan qarz mablag‘larisiz saqlab turishga zamin yaratildi. 
Joriy yilda Markaziy bank pul-kredit siyosatining bilvosita dastaklaridan 
foydalanishni yanada kengaytirish bilan bir qatorda, o‘zgaruvchan foiz stavkalarini 
tezkor boshqarishni davom ettirildi. 2010 yil
1 yanvar holatiga O‘zbekiston 
Respublikasi tijorat banklari tomonidan jami 293 ta milliy valyutadagi va 118 ta xorijiy 
valyutadagi omonat turlari aholi, korxona va tashkilotlarga taqdim etilmokda.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan 
tarkibiy o‘zgarishlar eng avvalo bank tizimi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib kelmoqda. 
Shuning uchun ham bank kreditlaridan samarali foydalanish, ularning eng qulay 
shakllaridan, jumladan, iste’mol va ipoteka kreditidan foydalanish ham muhim 
masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. 
Hozirgi kunda Respublikamiz aholisi uchun iste’mol va ipoteka kreditining turli xil 
variantlari joriy etilgan bo‘lib, Respublika tijorat banklari tomonidan aholining ushbu 
kreditlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga alohida e’tibor qaratilgan. Chunki, iste’mol 
kreditlarining berilishi aholi uchun Respublikada ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarini 
sotib olish uchun keng imkoniyatlar yaratib bersa, ipoteka kreditlari yosh oilalar va 
boshqa toifadagi aholining uy-joy bilan ta’minlanishi darajasini oshiradi. 
2010 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasiga a’zo 19 ta tijorat 
banki tomonidan 40 dan ortiq turdagi iste’mol krediti joriy qilingan bo‘lib, ular 6 oydan 
3 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. 2009 yilning oktyabr-noyabr oylari davomida 11 
ta yangi turdagi iste’mol kreditlari muomalaga chiqarildi. Bundan tashqari ba’zi banklar 
tomonidan amaldagi iste’mol kreditlarining shartlari va talablariga biroz o‘zgarishlar 
kiritildi. 
Hozirda 20 ta tijorat banklari tomonidan 37 ta turdagi ipoteka krediti joriy qilingan 
bo‘lib, ular 3 yildan 15 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Ipoteka krediti uy-joy sotib 
olish, qurish va ilgari sotib olingan uy-joylarni ta’mirlash uchun ajratiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 iyuldagi 670-sonli 
«Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi 
investitsiya 
jarayonlarida 
ularning 
ishtirokini 
faollashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi va 2007 yil 7 noyabrdagi 726-sonli «Bank tizimini yanada rivojlantirish 
va bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
Qarorlariga muvofiq banklarning minimal ustav kapitallari miqdoriga o‘zgartirishlar 
kiritildi. Ushbu qarorlarga muvofiq yangi tashkil etilayotgan tijorat banklarining 
minimal ustav kapitali 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagicha miqdorda 
belgilab qo‘yildi: 
- tijorat banklari uchun so‘m ekvivalentida 5 mln. yevro miqdorida; 
- xususiy banklar uchun so‘m ekvivalentida 2,5 mln. yevro miqdorida. 
Respublikamiz 
bank 
amaliyotida 
kreditlash shakllaridan keng foydalanish 
mijozlarning kreditlarga bo‘lgan ehtiyojlarini 
to‘laroq qondirishga, banklarning kredit 
operatsiyalari ko‘lamini kengaytirishga, kredit 
riskini ma’lum darajada minimallashtirishga 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, 
fermerlikni 
rivojlanti-rishni 
moliyalashda 
tijorat banklarining rolini kuchaytirish bo‘yicha 
ishlarni davom ettirish zarur. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə