Mavzu: Jismoniy tarbiya darslarida 13-14 yoshli oquvchilarning kuch sifatlarini rivojlantirish


Kuchni sharoitga qarab hosil bo’lishi



Yüklə 38,87 Kb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü38,87 Kb.
#142494
1   2   3   4   5
Jismoniy tarbiya darslarida 13-14 yoshli oquvchilarning kuch sifatlarini rivojlantirish

1.Kuchni sharoitga qarab hosil bo’lishi
Har bir inson hayot jarayonida ma'lum harakat imkoniyatlariga ega bo’ladi. Masalan: u yoki oqirlikni ko’tarishga: 1000 m.ga ma'lum vaqtda yugurishga. Bu imkoniyatlar o’zining ayrim sport harakatlarida amalga oshiriladi. Misol: Sprintеr va marafon yugurishi organizmdagi har xil sifat o’zgarishlarini talab etadi.
Jismoniy sifatlari dеganda biz insonning ayrim sifat tomonlarini tushunamiz. Bu sifatlar quyidagilardan iborat: kuch, tеzlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlik. Bu sifatlar harakatni bajarganimizda majmua holda namoyon bo’ladi. Misol: 100 m.ga yugurishda tеzkorlik, chidamlilik, chaqqonlik kuch sifatlari namoyon bo’ladi. Lеkin ularning ichida tеzkorlik qal qiluvchi rol o’ynaydi. har bir sifatni to’g’ri tushunish va uni tarbiyalash mеtodikasini chuqur o’rganish uchun ularni ko’rib chiqishimiz lozim.
“Jismoniy sifatlar” va “jismoniy tayyorgarlik” atamalari maxsus adabiyotlarda qismlarga bo’lib ko’rsatilgan. Bular insonning harakat imkoniyatlariga xos ayrim jihatlami aniqlaydi. Jismoniy sifatlar dinamikasiga tatbiqan “rivojlanish” va “tarbiya” atamalari qo’llaniladi. “Rivojlanish” atamasi sifatning sog’lomlashtiruvchi o5zgarishlarini tavsiflaydi. “Tarbiya” esa harakatlantiruvchi sifat ko’rsatkichlarining o’sishiga ta’sir o’tkazishning faolligi va yo’naltirilganligini nazarda tutadi. Jismoniy tarbiya va sport nazariyasiga oid hamda tibbiybiologik adabiyotlarda, sport pedagogikasi amaliyotida kuch, tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlik va chaqqonlik alohida jismoniy sifatlar deb ko’rsatilgan. Sport adabiyotlarida jismoniy sifatlaming bir-biri bilan bog’liqligi “ko’chirish” (perenos) deb nomlangan.
Mashg’ulotning dastlabki bosqichlarida maksimal kuchning ijobiy oshishi ta’siri tez va siklik harakatlarda ko’rinadi. qarshilik bilan kuchni oshirish mashqlari yadro itqitish va shunga o'xshash 91 sport turlarida natijauing o’sishiga olib keladi;
chidamlilik kross, o’rta va uzoq masofaga yugurishlarda, suzishda natijaning oshishiga yordam beradi. Bir oyoqda chidamlilikning rivojlanishi ikkinchi oyoqqa 45 foizgachako5chadi. Jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy sifatlami tarbiyalash va harakatlarga o’rgatish chambarchas aloqada olib boriladi. Jismoniy tarbiyaning bu tomonlarini o’rganish va ayrim-ayrim holda qarab chiqish ulardan har birining o’ziga xos xususiyatlarini chuqurroq bilib olishga yordamlashadi.
Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlami tarbiyalash organizmning rivojlanishi va o’sishi bilan bog’langan qator xususiyatlarga ega: 1. 0 ’spirinlik va yoshlik davrida bitta sifatning rivojlanishi boshqa jismoniy sifatlaming o5sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, o’qituvchilardan jismoniy sifatlami tarbiyalashga majmuali yondashuv talab qilinadi. 2. Organizmning rivojlanishida jismoniy sifatlaming o’sishi ayrim yoshlarda, ayniqsa, jadal ro’y beradi. Bu sezgirlik (yoki sensitiv) davrlari deb taTddlanadi. Chunonchi, mushak kuchi uchun o sishning eng yuqori sur’ati 13-15 yoshlilarga xos, qizlarda chidamlilik ko’rsatkichi 11-13 yoshda eng jadal o’sadi, o’g’il bolalarda esa - 14 yoshda, mutaxassislaming fikri bo’yicha, 8-11 yosh tezkorlik imkoniyatlarini tarbiyalash uchun eng qulaydir. Chaqqonlikni bolalar bilan o’smirlarda taqqoslash, kattalarda esa - yoshlar bilan taqqoslash bo’yicha tarbiyalash ancha qiyinroq kechadi. 3. Jismoniy sifatlami tarbiyalashda katta jismoniy yuklamalar qo’llaniladi. Agar ular asta-sekin o’stirib borilsa, bolalar va o’smirlar organizmiga ziyon yetkazmaydi.
Inson kuchi deganda tashqi qarshiliklami mushak kuchi orqali yengish qobiliyati tushuniladi. Qarshiliklami yenguvchi ishlarda harakatlarga qarshi yo’naltirilgan kuchlar, yon bemvchi ishlarda esa harakat yo’nalishi bo’yicha ta'sir etuvchi kuchlar qarshilik kuchi hisoblanadi. Maktablardagi o’quvcliilar uchun jismoniy tarbiya dasturida birinchi sinflardan boshlab bolalaming kuch tayyorgarligi ko’zda tutilgan. Har bir kishi harakatlami bajarishda muayyan imkoniyatlarga ega. Masalan, u biror og’irlikdagi shtangani ko’tara oladi, qandaydir bir vaqt oralig’ida
1000 m masofani yugurib o’ta oladi. Bu imkoniyatlar bir qator sifat va miqdor xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladigan muayyan harakatlar bilan amalga oshiriladi. Masalan, sprintcha va marafoncha yugurish organizmga sifat jihatidan boshqa-boshqa talablar qo’yadi, turli xil jismoniy sifatlar namoyon etilishini talab qiladi. Kishi harakat qilish imkoniyatlarining ba'zi-bir sifatli tomonlarini kishining jismoniy (yoki harakat) fazilatlari deb atash qabul qilingan. Odatda, kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikka asosiy jismoniy sifatlar deb qaraladi. Kishidagi jismoniy fazilatlarning rivojlanganlik darajasi faqat kishi organlarining funksional (fiziologik) imkoniyatlari bilan emas, balki psixik omillar, irodaviy fazilatlar bilan ham belgilanadi. Bu holda irodaviy fazilatlar kishining o’z ftmksional imkoniyatlaridan qanchalik foydalana olishini belgilaydi. Kundalik nutqimizda “kuch” so’ziga turli xil ma'no beradilar. Ilmiy tushuncha sifatida u iloji boricha aniq belgilangan bo’lishi kerak. Buning uchun kuchning quyidagi mafnolarini bir-biridan farqlash lozim: 1. Harakatning mexanik xususiyati sifatidagi kuch (“T massali jismga F kuch ta'sir etadi...); 2. Kishining xususiyati, fazilati sifaddagi kuch (masalan, quyidagi matnda ifodalangan ma'nodagi kuch: “yosh o’sishi bilan kuch ham ortib boradi; sport bilan shug’ullanmaydiganlarga nisbatan sportchilar kuchliroq bo’ladilar”). Birinchi ma'nodagi kuch harakatning boshqa xususiyatlari bilan bir qatorda mexanikaning o’rganish ob'ekti bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchi ma'nosidagisi esa jismoniy tarbiya nazariyasi, fiziologiya va antropologiyada tadqiqot mavzui bo’la oladi. Harakatlantiruvchi sifat tariqasidagi kuchni ko’rsatish uchun kuch imkoniyatlari, kuch qobiliyati, mushak kuchi atamalari ishlatiladi.
Kuch mashqlarini bajarish vaqtida mushaklar uch xil tartibda ishlashi mumkin: 1. O’z uzunliklarini o’zgartirmay (statik, izometrik tartib). 2.O’z uzunliklarini kamaytirib (qarshiliklarni yenguvchi, miometrik tartib). 3. Uzayib (yon beruvchi, pliometrik tartib). Masalan, oyoqlar to’g’ri ko’tarilgan vaqtdan to to’g’ri burchak
hosil bo’lgunicha mushaklar faoliyatining uchala tartibi uchrashadi. Oyoqlar ko’tarilganda - mushak ishi uzunligining kamayishi, oyoqlami 90 burchak ostida ushlab turishda - statik ish; dastlabki holatga qaytib oyoqlami tushirishda - mushaklaming uzayishi. Qarshiliklami yenguvchi va ularga yon beruvchi tartiblarning birlashuvi “dinamik tartib” deyiladi. 0 ’quvchilar jismoniy tarbiyasida umumiy va maxsus kuch tayyorgarligi amalga oshiriladi. Umumiy kuch tayyorgarligi insonning mehnat faoliyatiga tayyorligi va jismoniy rivojlanishi uchun ahamiyatga ega bo’lgan barcha asosiy mushak gumhlarining uyg’un rivojlanishiga qaratilgan. Maxsus kuch tayyorgarligining maqsadi faoliyatning tanlangan turiga tatbiqan musobaqalashuvchi harakat texnikasi bilan muvofiq mushak gumhlari kuchining qo’shilib yuzaga chiqishi - jismoniy sifatlaming rivojlanishidir. Kuch namoyon bo’lishi sharoitlariga kuchning bogliq ekanligi. Harakat kuchi (ya'ni harakatning bosimi yoki tortishishi) ko’p jihatdan qarshilik ko’rsatish kuchlarining tabiati bilan belgilanadi. Kuch va ko9chirilayotgan massa aloqadorligi. Agar odam massasi har xil bo’lgan jismlami mushaklarga iloji boricha (chegara darajasida) zo’r berib, bir joydan ikkinchi joyga ko’chirayotganda bir qator harakatlami bajarsa, namoyon bo’lgan kuchning miqdori ham har xil bo’ladi. Dastlab ko’chirilayotgan jismning massasi ortib borishi bilan kuch ham oshib boradi, biroq keyin massa ortsa ham, kuch oshmaydi. Kuch-massa bog’liqligi jismoniy tarbiya amaliyotida juda ko’p xil ko5rinishda bo’ladi. Masalan, sportchining yadro itqitish uchun sarflaydigan kuchi uning shtanga ko’tarishda sarflaydigan kuchidan kam bo’ladi. Biroq jismning massasi juda katta bo’lsa, kishi unga sarflaydigan kuchning miqdori ko’chirilayotgan massaga bog’liq bo’lmaydi hamda kishining kuch imkoniyatlari bilangina belgilanadi.

Yüklə 38,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə