Mavzu: Jismoniy tarbiya darslarida 13-14 yoshli oquvchilarning kuch sifatlarini rivojlantirish



Yüklə 38,87 Kb.
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü38,87 Kb.
#142494
1   2   3   4   5
Jismoniy tarbiya darslarida 13-14 yoshli oquvchilarning kuch sifatlarini rivojlantirish

2.Kuchning tezlikka bo’liqligi
Kuch va tezlik aloqadorligi. Agar qo’ldan uchib chiqish tezligini ham, bunda namoyon bo’lgan mexanik kuchni ham har xil qilib, turli og’irlikdagi yadrolar itqitilsa, u holda kuch va tezlik o’zaro teskari nisbatda bo’ladi: tezlik qanchalik yuqori bo’lsa, namoyon bo’lgan kuch shunchalik kam bo’ladi va aksincha.
Bu saqlanishni sxеmatik ravishda quyidagicha ko’rsatishimiz mumkin. “A” nuqtasi izomеtrik sharoitlariga (tеzlik 0 - ga tеng, ko’rsatilgan kuch maksimal), “B” nuqtasi oqirliksiz harakatga (nagruzka 0 - ga tеng,tеzlik maksimal qiymatda) mos kеladi.
Organizmning rivojlanishida jismoniy sifatlarining o’sishi ayrim yoshlarda ayniqsa jadal ro’y beradi. Bu sezgirlik (yoki sensitiv)dagilari deb takidlanadi. Chunonchi mushak kuchi uchun o’sishning eng yuqori surati 13-15 yoshlarga xos qizlarda tezlik ko’rsatkichi 11-13 yoshda. Eng jadal o’sadi o’g’il bolalarda esa 14 yoshda mutahasislarning fikri bo’yicha 8-11 yosh tezkorlik imkoniyatlarini tarbiyalash uchun ham qulaydir.
Uncha baland bo‘lmagan tezlik masofasida yaxshi start tezkorligini egallagan holda, bir harakatni boshqasiga nisbatan sekin bajarish yoki buning aksi bo‘lishi mumkin. Bu bilimlarni o‘rganish amaliyot uchun foydalidir. Basketbolchilar, futbolchilar, tennischilar uchun start tezligi muhim bo‘lgan mashqlar tanlanadi. Asosiy diqqatni masofa bo‘ylab yugurishga emas, balki turli holatlarda start tezligining harakat yo‘nalishini tez o‘zgartirishga qaratiladi. Tezlik qobiliyatlarining alohida shakllari o‘rtasidagi nisbiy erkinlik harakat vazifalari yuqori tezlikka xatosiz erisha olmasligini ko‘rsatadi.
3.Kuch turlari.
Insonning jismoniy fazilati sifatidagi kuchning turlari. Kuch qobiliyatlarini quyidagicha turlarga bo’lish mumkin. Tezlik-kuch qobiliyatlari kuch bilan bir qatorda harakat tezligi ham zarur bo‘lgan holatlarda namoyon bo‘ladi. Bunda, tashqi og‘irlashtirish qancha yuqori bo‘lsa, harakat kuchli tavsifga ega bo‘ladi, og‘irlik qancha kam bo‘lsa, harakat shuncha tez bo‘ladi. Tezlik-kuch qobiliyatlarining namoyon bo‘lish shakllari u yoki bu harakatdagi mushak kuchayishining tavsifiga bog‘liq. Bu xarakter har xil harakatlardagi quvvat kuchayishida, uni kattaligida va davomiyligini rivojlantirish tezligida namoyon bo‘ladi.
Tezlik-kuch qobiliyatlarining muhim turi «portlash» kuchidir. «Portlash» kuchi – kuchning yuqori ko‘rsatkichlarini kam vaqt ichida namoyon etish qobiliyatlaridir. U sprinter yugurishdagi startda, otishlarda, boksda va boshqa turlarda ahamiyati katta. Ko‘rinib turibdiki, sport ustasida nafaqat kuch namoyon bo‘lishining yuqori darajasi mavjud bo‘lib, balki eng muhimi, u kuchning maksimal kattaligiga juda qisqa vaqt ichida erishadi. Portlash harakatining tarkibiy qismlari uchta bo‘lib, asab-mushak faoliyatining quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi: Mushaklarning maksimal kuchi, mushaklar kuchayishining boshlanishida tashqi harakatni tez namoyish etish qobiliyati (start kuchi), qo‘zg‘alayotgan massaning tezlashuvi jarayonida ishchi harakatni o‘stirish qobiliyati – tezlashtiruvchi kuch. Aniqlanganidek, bu xususiyatlar u yoki bu darajada har bir insonga uning yoshi, jinsi, sport bilan shug‘ullanishi, harakat faoliyatining turidan qat’i nazar taalluqlidir.
«Portlash» kuchining rivojlanish darajasini quyidagi formula yordamida hisoblanadigan tezlik-kuch indeksi yordamida aniqlash mumkin: J=F max / t max, Bunda, J – tezlik-kuch indeksi; F max – berilgan harakatda ko‘rsatilgan kuchning maksimal ko‘rsatkichi; t max – maksimal kuchga erishish vaqti. Kuchni birdaniga
namoyon etish mumkin emas. Maksimal kuchni ko‘rsatish uchun mushaklarga
vaqt kerak. Aniqlanganidek, tahdaqan harakat boshlanishidan 0,3 soniya o‘tgandan so‘ng mushak maksi- 64 mum 90% ga teng kuchni namoyon etadi. Shu bilan birga sportda 0,3 soniyadan kamroq vaqtda bajaradigan harakatlar ko‘p. Masalan, eng kuchli sprinterlarda yugurish oldidagi itarilishga 100-60 ms, uzunlikka sakrashda 150 ms «fosbyuri-flop» usulida balandlikka sakrashda 180 ms, chang‘i tramplinida 200-180 ms, nayzani otishda 150 ms. Bu hollarda inson maksimal kuchni ko‘rsatishga ulgurmaydi. Shuning uchun kuch qobiliyatlarini etakchi omili namoyon bo‘layotgan kuchning kattaligi emas, balki uning o‘sish tezligi, ya’ni kuch gradientidir. Sportchilarning malakasi oshgani sari nayzani otishdagi harakatlarda, yadroni itarishda, yugurishda, sakrashdagi itarilishlarga sarf etiladigan vaqt kamayishi bunga isbot bo‘la oladi. Shunday qilib, tezlik-kuch mashqlarida maksimal kuchning oshishi natijani yaxshilashga olib kelmasligi mumkin. Demak, kuch ko‘rsatkichlari past, lekin yuqori gridient ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan Sportchilar, kattaroq kuch imkoniyatlariga ega bo‘lgan raqibini yutish mumkin. (rasm) Rasmda ko‘rinib turibdiki, A sportchida katta kuch va past gradiyent kuchi. B sportchida esa aksincha, kuch gridienti yuqori, maksimal kuch imkoniyatlari esa katta emas. Harakatning uzoq davomiyligida (‘) ikkala sportchi ham o‘zlarining maksimal kuchini ko‘rsatishga ulgurganlarida, A sportchi ustunlik ko‘rsatadi. Agar bajarish vaqti juda qisqa bo‘lsa, ustunlikni B sportchi ko‘rsatadi. Zamonaviy tadqiqotlar natijasida kuch qobiliyatlarining yana bir namoyon bo‘lishi kuzatiladi va mushaklarning qayishqoq deformatsiya energiyasini to‘plash hamda qo‘llash qobiliyati «reaktiv qobiliyat» deb nomlanadi. Bu qobiliyat mushaklarning intensiv mexanik cho‘zilishidan keyin, ya’ni ularning dinamik yuklamasi maksimal rivojlanayotgan sharoitlarda ko‘nuvchi ishdan enguvchiga tez o‘tishdagi kuchli harakat paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Dastlabki cho‘zilish mushaklarning
qayishqoq deformatsiyasini keltirib chiqaradi va ularda ma’lum kuchlanish potenstialini (nometabolik energiya) to‘plashni ta’daqlaydi. Aniqlanganidek, amortizastiya bosqichsida mushaklar cho‘zilishi qancha keskin bo‘lsa, mushaklar ko‘nuvchi ishlashdan enguvchi ishlashga shuncha tez o‘tadi, ularning qisqarish kuchi va tezligi ham 65 shuncha yuqori bo‘ladi. Mushaklarning keyingi qayishqoq energiyasini saqlab qolish uchun, yugurishda, sakrashda va boshqa harakatlarda yuqori tejamkorlik natijasini ta’kidlaydi. Masalan, gimnastikachilarda ko‘nuvchi ishdan enguvchiga o‘tish vaqti sakrash darajasi bilan keskin bog‘liq. Ijtimoiy tarbiya amaliyotida insonning mutloq va nisbiy mushak kuchini ham farqlaydilar. Mutloq kuch inson kuchi potenstialini tavsiflaydi va izometrik tartibda cheklanmagan vaqtda maksimal erkin mushak harakatining kattaligi bilan yoki ko‘tarilgan yukning eng yuqori og‘irligi bilan o‘lchanadi. Nisbiy kuch mutloq kuch kattiligining jism massasiga nisbatan munosabati bilan, ya’ni jismning bir kilo og‘irligiga to‘g‘ri keladigan kuch kattaligi bilan baholanadi. Bu ko‘rsatkich har xil vazndagi insonlarning tayyorgarligini taqqoslash uchun qulay. Nisbiy kuch =Maksimal kuch jism og‘irligi Disk, bosqon uloqtiruvchilar, yadro itqituvchilar, katta vazndagi og‘ir atletikachilar uchun mutloq kuch ko‘rsatkichlari katta ahamiyatga ega. Jism og‘irligi va kuch o‘rtasida ma’lum bir bog‘liqlik mavjud: katta vazndagi insonlar kattaroq og‘irlikni ko‘tarishlari mumkin va ko‘proq kuch ko‘rsatish mumkin. Shuning uchun shtangachilar,og‘ir vazn toifalaridagi kurashchilar o‘z vaznini ko‘paytirish orqali mutloq kuchini oshirishga intiladilar. Jismoniy mashqlarning ko‘p qismiga esa mutloq kuch emas, nisbiy kuch ko‘rsatkichlari muhimroqdir. Kuch qobiliyatlarining rivojlanishi va namoyon bo‘lishi ko‘p omillarga bog‘liq. Eng avvalo, ularga mushaklar jismoniy ko‘ndalangining kattaligi ta’sir etadi. U qancha qalin bo‘lsa, shuncha boshqa teng sharoitlarda mushaklar harakatini rivojlantirish mumkin. Mushaklarning ishchi gipertrofiyasida mushak tolalari miofibrillari soni va hajmi ko‘payadi, shuningdek,
sarkoplazmatik oqsillar konsentratsiyasi oshadi. Bunda mushaklarning tashqi
hajmi kam miqdorda kattalashishi mumkin, chunki birinchida, zichligi kattalashadi, ikkinchidan, mashq qilinayotgan mushaklar ustidagi teri yog‘ining qatlami kamayadi. 66 Inson kuchi mushak tolalarining tarkibiga bog‘liq. «Sust» va «tez» mushak tolalari bir-biri bilan farqlanadi. «Sust» mushak kuchayishi tez tolalarga nisbatan uch barobar kamroq tezlik bilan kuchni rivojlantiradi. «Tez» mushak kuchayishi asosan, tez va kuchli qisqarishlarni amalga oshiradi. Katta og‘irlik va kam takrorlashlar soni bilan bajariladigan quvvat mashqlari «tez» mushak tolalarini safarbar qiladi. Kam og‘irlik va ko‘p sonli takrorlashlar bilan bajariladigan mashg‘ulotlar esa ham «tez», ham «sust» tolalarni faollashtiradi. Jismning turli tolalarida «sust» va «tez» tolalarning foizi bir xil emas va har xil insonlarda keskin farq qiladi. Demak, irsiy nuqtai nazardan ularning quvvat ishiga nisbatan har xil imkoniyatlari mavjud. Mushak qisqarishlariga ularning egiluvchanlik xususiyatlari, yopishqoqligi, anatomik tuzilishi, mushak tolalarining tuzilishi va kimyoviy tarkibi ta’sir etadi. Sanab o‘tilgan omillar mushak ichidagi muvofiqlashni tavsiflaydi. Shu bilan birga kuch qobiliyatlarini namoyish etishda mushaklar ishida qarama-qarshi yo‘nalishlardagi harakatni amalga oshiradigan sinegist va antogonistlarning muvofiqlashuvi ham ta’sir etadi. Kuch qobiliyatlarining namoyon bo‘lishi mushak ishini quvvat bilan ta’minlash samaradorligiga bog‘liq. Bunda anaerob resintez ATF tezligi va kuchliligi, kreatinfosfat miqdori darajasi, mushak ichidagi fermentlar faolligi hamda, qondagi gemoglobin miqdori va mushak to‘qimasining imkoniyatlarida muhim rol o‘ynaydi. Kuch dastlabki badan qizdirish va MAT ning qo‘zg‘alishini optimal darajada ko‘tarish ta’sirida ko‘payadi. Va aksincha, me’yordan ortiq qo‘zg‘alish va charchash mushaklar maksimal kuchini kamaytirish mumkin. Kuch imkoniyatlari shug‘ullanayotganlarning yoshi va jinsi shuningdek, yashash tartibi, harakat faolligining xususiyati, tashqi muhit sharoitlariga bog‘liq. Kuch ko‘rsatkichlarining eng yuqori tabiiy o‘sishi o‘smirlarda 13-14 va 16-18
yoshda, qiz bolalarda 10-11 va 16-17 yoshlarda kuzatiladi.



Yüklə 38,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə