Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish


muammoli vaziyat→ o’quv muammosi→ o’quv muammosini yechish uchun izlanish → muammoning ye



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə50/67
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#81460
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   67
kasb-hunar kollejlarida fizika oqitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish

muammoli vaziyat→ o’quv muammosi→ o’quv muammosini yechish uchun izlanish → muammoning yechilishi.

Muammoli o’qitish mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda o’qituvchi uning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy funktsiyasini yaxshi anglab olgan bo’lishi talab qilinadi. O’qituvchi hech qachon talabalarga tayyor haqiqatni (echimini) berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki berishi, mashg’ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo’lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalarni ongida qayta ishlashlariga yordam berishi lozim bo’ladi.

Muammoli o’qitish bilimlarni ongli va mustahkam o’zlashtirish, atrof-muhitga o’zining faol munosabatini belgilab olishda talabalar bilish faoliyatini jonlantirishda katta imkoniyatlarga ega.

Muammoli o’qitishda o’qituvchi talabalarning bilish faoliyatini tashkil etadi, shundagina talabalar fanlarni tahlil qilish asosida mustaqil ravishda intellektual mashaqqatlarni hal qilish, xulosa chiqarish va umumlashtirish, qonuniyatlarni shakllantirish, qo’lga kiritilgan bilimlarni yangi vaziyatga tatbiq etishga intiladi.

Ayrim hollarda o’qituvchi talabalarda nafakat qiziqishni uyg’otishi kerak, balki o’quv muammosini o’zi hal qilib qo’ymasligi va boshqa hollarda talabalarning o’quv muammosini yechishdaga mustaqil ishlariga rahbarlik qilish lozim, natijada talabalarda bilimlarga mustaqil erishish qobiliyati shakllanadi hamda gipoteza qo’yish va uni isbotlash orqali yangi aqliy harakat usullarini topadi, bilimlarni bir muammodan boshqa ko’chirish ko’nikmasini hosil qiladi, diqqat va tasavvurlari rivojlanadi. Talabalar muammoli o’qitish jarayonida muammoli vaziyatda o’quv materiallarini idrok qilish orqali bilim va aqliy harakat usullarini o’zlashtirar ekan, o’rganilganlarni mustaqil tahlil qilar ekan, gipotezalar qo’yish va ularni isbotlash orqali o’quv muammolarini shakllantirar ekan, unda talabalarning intellektual faolligi ta’minlanadi.

SHunday qilib, muammoli o’qitishning vazifasi talabalar tomonidan bilimlar tizimi va aqliy hamda amaliy faoliyatlari usullarini samarali o’zlashtirishga xamkorlik qilish, ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni ijodiy qo’llash malakasini hosil qilish, bilish, mustahkamlashga o’quv va tarbiya muammolarini hal qilishidir.

O’quv jarayonining amaliy tahliliy muammosi o’qitishning o’ziga xosligini belgilash imkoniyatini ochadi. Muammoli o’qitishning mohiyati ta’lim oluvchi tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgai axborotlarni o’qituvchining maxsus tashkil qilishidan iboratdir.

Muammoli o’qitishni tashkil etishning birinchi sharti o’quv axborotlarining takomillashib borishi tizimidir.

Muammoli o’qitishning ikkinchi shartida muammoli o’qitish amalga oshiriladi va unda axborotning o’quv vazifasiga o’tkazilishi vaqtida uni yechish usulini tanlash imkoniyati ko’zda tutiladi.

Muammoli o’qitishning uchinchi sharti taьlim oluvchining subьektiv mavqei, ularning bilish maqsadlarini anglab yetishi va qaror qabul qilishi, masalani hal qilish ia natijani qo’lga kiritish uchun o’zlarining ixtiyorida bo’lgan vositalarni baholay bilishidir.

Pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan muammolilikning uch sathi haqida fikr yuritiladi:

Birinchi sathda o’qituvchi o’zi muammoni qo’yadi, uni shakllantiradi va talabalarni mustaqil ravishda uning yechilish yo’lini qidirishga yo’naltiradi.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə