Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalash. Reja



Yüklə 76 Kb.
səhifə2/7
tarix03.01.2023
ölçüsü76 Kb.
#98109
1   2   3   4   5   6   7
2 Ì.Ì. (1)

Tarbiya vazifalari
1.O‘z vatani fuqarosini tarbiyalash. Tarbiyaning bu vazifalarni amalga oshirish quyidagilarni taqozo etadi;
Milliy vatanparvarlik, o‘z vataniga, tarixiga, madaniyatiga iftixor tuyg‘usi;
Millatlararo madaniy munosabatlar, siyosiy madaniyat.
2.Shaxsning ma’naviyatini shakllantirish. Ma’naviyat-kishining ichki dunyosi bo‘lib, uning jamiyat va tabiatdagi «Men»i, obrazi, taqdiri va rolini ifoda etadi. Ma’naviyat darajasi - bu, ma’lum ma’noda, insoniylik mezonidir. Ma’naviyatni shakllantirish bu uning shaxsiy harakatlari, intilishlari, refleksiyasi bilan kishining ichki dunyosini vujudga keltirishdir.
3.Mehnatkash insonni iqtisodiy tafakkurini tarbiyalash mehnatga, kasbga hurmat va ijtimoiy-psixologik jihatdan yoshlarda mustaqillik, ijod, ishchanlik, faollik, yuqori kasbiy tayyorgarlik sifatlarini kuchaytirish zarur.
4.Ruhiy-jismoniy sog‘lomlikni tarbiyalash. Bu axloqiy–hayotiy muvozanat va psixologik qulaylik holatini ushlab turish hamda jismoniy rivojlanish meyoridan uzoqlashib ketishga yo‘l qo‘ymaslik ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
Tarbiya tiziminnig milliy xususiyatlari
milliy tarix va madaniyatning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olish;
tarbiyaviy ishlarda milliy udumlar, an’analar, urf-odatlar, diniy marosimlardan foydalanish;
milliy madaniyat jahon madaniyatining bir bo‘lagi ekanligi tushunchasini shakllantirish.
Tarbiya prinsiplari – umumiy qoida bo‘lib unda tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish mazmuni, metodlari shakllariga bo‘lgan asosiy talablar aks etgan. Ta’lim prinsiplaridan farqli ravishda ular o‘qituvchilar tomonidan tarbiyaviy vazifalarni hal etishda qo‘llaniladi. Bu prinsiplarnig asosiy jihatlari: majburiylik, komplekslilik( uyg‘unlilik), teng ahamiyatlilik bo‘lib hisoblanadi.
Tarbiya prinsiplari - tarbiyachilar uchun tayyor va har narsaga yaraydigan qoida emas, chunki uni qo‘llash bilan yuqori natijalarga erishib qolinmaydi.
Bu tarbiyachining na tajribasini, na mahoratini almashtira oladi, ularning amalga oshirishi shaxs faoliyati bilan shakllangan.

Yüklə 76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə