Mavzu: Keramik plitkalarni ishlab chikarishda texnologik jixozlar. Reja



Yüklə 27,98 Kb.
səhifə2/5
tarix22.03.2024
ölçüsü27,98 Kb.
#183614
1   2   3   4   5
Mavzu Keramik plitkalarni ishlab chikarishda texnologik jixozla-fayllar.org

Yarim quruq usulda xom ashyo komponentlari quritiladi, bo'laklanadi, maydalanadi va yaxshilab aralashtiriladi. Bu usulda keramik buyumlar 8-12% namlikdagi xom ashyo massasini 15-40 MPa bosimda presslab olinadi. Bunda buyum ishlab chiqarish sikli ikki marta qisqaradi, buyum aniq olchamlarda va qirralari to'g'ri holda qoliplanadi va yoqilg'i 30% tejaladi (2-rasm).
Quruq usul yarim quruq usulning rivojlantirilgan zamonaviy usuli bo'lib, presskukun 2–6% namlikda bo'ladi. Bunda xom ashyo massasidan tayyorlangan buyumni quritishga zarurat bo'lmaydi. Bu usulda zich keramik buyumlar-plitkalar, yo'lka g'ishtlari, fayans va chinni buyumlar tayyorlanadi.
Shliker usuli xom ashyo massasi (namligi 40%) ko'p komponentli bo`lganda, notekis tarkibli va qiyin pishadigan komponentlar bo'lsa, murakkab shakldagi buyumlarni qoliplashda quyma uslubiyat zarur bo'lganda ishlatiladi.
Buyumlarni quritish. Buyumlar pishirishdan avval 5-6% namlikgacha quritilishi kerak, aks holda ular notekis kirishishi, darz ketishi va shakli o'zgarishi mumkin. Buyumlar tabiiy va sun'iy usulda quritiladi. Buyumlar tabiiy usulda 10–15 kun bostirmalarda quritiladi va quritish jarayoni havoning nisbiy namligi va haroratiga bog'liq bo'ladi. Buyumlar sun'iy quritish usulida davriy va doimiy ravishda ishlaydigan maxsus quritish kameralarida amalga oshiriladi. Kameralar pishirish xumdonlari tutun gazlari, maxsus xumdonlarda hosil qilingan gazlar (120–150'C) bilan isitiladi. Buyumlar 1-3 sutka davomida quritiladi.

777//////////, /77Щ.

7777777777


l-rasm. Keramik g'isht ishlab chiqarish texnologik sxemasi:
1 - gil karycri; 2 – ekskavator; 3 - gil zaxirasi; 4 – vagonetka;
5 – yashikli uzatgich; 6 – qo'shimchalar; 7 – begunlar; 8 – valeslar;
9–tasmali press; 10 –keskich; 11 - taxlovchi moslama; 12 –telejka;
13 – quritish xonalari; 14 – tunnel pechi; 15 – o'ziyurar telejka;
16 – omborxona.
.


Yüklə 27,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə