Mavzu: Keramik plitkalarni ishlab chikarishda texnologik jixozlar. Reja


Keramik buyumlar strukturasi va umumiy xossalari



Yüklə 27,98 Kb.
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü27,98 Kb.
#183614
1   2   3   4   5
Mavzu Keramik plitkalarni ishlab chikarishda texnologik jixozla-fayllar.org

2. Keramik buyumlar strukturasi va umumiy xossalari
Keramik materiallar tarkibi qotib qolgan eritmaning uzluksiz fazasi (matritsa) va erimagan gilsimon, changsimon va qumli fraksiyalar (karkas) hamda havo to'Igan g'ovak va bo'shliqlardan iborat bo'lgani uchun ularni kompozitsion materiallar deyish mum­kin. Matritsa materiali mikrostrukturani va matritsa karkas bilan birgalikda makrostrukturani tashkil etadi. Keramik materiallarning matritsa qismi kristall tuzilishdagi alumosilikat minerallardan va amorf tuzilishdagi shishasimon oson eriydigan komponentlardan iborat bo'ladi.
Keramik materiallarning zichligi 2,5-2,7g/sm3; o'rtacha zichligi 200-2300 kg/m3; siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,05 dan 100 MPa gacha bo'ladi. Issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti: absolut zich keramikani 1,16 W/(m∙°C), g'ovak keramikani 0,07-1,0 W/m • °C) bo'ladi. Keramik materiallarning issiqlik sig'imi 0,18-0,22 KJ/(kg∙ °C), issiqlikdan chiziqli kengayish koeffitsiyenti esa 0,00014.
Keramik materiallarning suv shimuvchanligi g'ovakligiga qarab 0 dan 70% gacha bo'ladi, sovuqqa chidamliligi esa quyidagi markalarga teng: F15; F25; F35; F50; F75 va F100 (sikllar).


3. Devorbop keramik buyumlar
Devorbop keramikaga oddiy keramik g'isht, turli effektiv kera­mik materiallar (kovakli, g'ovakli va kovakli-g'ovakli g'ishtlar, yengil, kovakli keramik toshlar, bloklar va plitkalar) hamda yirik o'lchamli bloklar va g'isht, keramik tosh asosidagi panellar kiradi.
Keramik g'ishtlar va toshlar. Keramik g'isht va toshlar oson eriydigan gillar hamda qo'shimchalar qo'shilgan gillar asosida tayyorlanadi va asosan bino, inshootlar tashqi hamda ichki devorlarini qurishda ishlatiladi.
G'isht va keramik toshlar o'lchamlariga qarab quyidagicha turlanadi: oddiy g'isht 250x120x65 mm (3-a rasm), modulli 250x120x88 mm (3-brasm), yirik 288x138x65 mm (3-d rasm), oddiy tosh 250x120x138 mm (3.3-rasm e), yirik tosh 250x138x138 mm(3-f rasm), modulli tosh 250x250x138 mm (3.3-g rasm) va kovaklar gorizontal joylashgan toshlar 250x250x120 mm va 250x250x80 mm (3-h, i rasmlar).
G'ishtlarda o'lchamlardan chetga chiqish uzunligi bo'yicha 5 mm, eni bo'yicha 4 mm va qalinligi bo'yicha 3 mm gacha ruxsat etiladi. G'isht va tosh normal pishirilgan bo'lishi kerak. Yetarli darajada kuydirilmasa (alvon rangli) mustahkamligi past, suvga va sovuqqa chidamli bo'lmaydi, o'ta pishgan g'isht va tosh esa juda zich, mustahkam, lekin issiq o'tkazuvchanligi yuqori bo'ladi.


Yüklə 27,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə