Mavzu: Keramik plitkalarni ishlab chikarishda texnologik jixozlar. Reja



Yüklə 27,98 Kb.
səhifə5/5
tarix22.03.2024
ölçüsü27,98 Kb.
#183614
1   2   3   4   5
Mavzu Keramik plitkalarni ishlab chikarishda texnologik jixozla-fayllar.org

3-rasm. Keramik g'isht turlari:
g'isht: a– oddiy;b– modulli; d– yiriktosh; e– oddiy; f- yirik: g- modulli; hvai – kovaklari gorizontal joylashgan.
Keramik g'isht va toshlar tashqi nuqsonlari quyidagicha izohlanadi: o'lchamlardagi o'zgarishlar, qirra va qovurg'alarining notekisligi, uchganligi, darzlar va h.k. Nuqsonli g'ishtlar umumiy g'ishtlar sonining 5% qismidan oshmasligi kerak (3.1-jadval).
Siqilishdagi va egilishdagi mustahkamlik chegarasi bo'yicha g'isht quyidagi markalarga bo'linadi: 75; 100; 125; 150; 175; 200 va300. G'isht va toshlarning sovuqqa chidamliligi F15, F25, F35 va F50 sikl bo'ladi.
Suv shimuvchanligi 150 markadagi to'liq g'isht uchun 8% dan kam emas, yuqori markadagi to'liq g'ishtlar uchun 6% dan kam bo'lmasligi shart. G'isht va toshlarning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,71-0,82 W/(m.°C). G'isht va toshlar quruq holda o'rtacha zichligi bo'yicha 3 guruhga bo'linadi:
  • oddiy-o'rtacha zichligi 1600 kg/m3 gacha;


  • shartli-effektiv-o'rtacha zichligi 1400-1600 kg/in' gacha;


  • effektiv-o'rtacha zichligi 1400–1450 kg/m:> gacha.


G'isht va toshlarning kovaklari yuzaga nisbatan parallel yoki perpendikular, ikkala yoki bir tomoni ochiq bo'ladi (4 - rasm). Ochiq silindrik kovaklarning diametri 16 mm gacha, tirqishsimon kovaklaming eni 12 mm gacha bo'ladi. Effektiv g'isht va toshlarning ishlatilishi tashqi devor qalinligini (material sarfini) 40% ga kamaytiradi.



4 – rasm. Kovakli g'isht va toshlar.
1-jadval
Siqilishdagi va egilishdagi mustahkamlik chegarasi bo'yicha g'ishtning markasi

G'isht markasi


Mustahkamlik chegarasi, MPa


Siqilishdagi


Egilishdagi


G'ishtning hamma turlari


Plastik presslangan to'liq g'isht


Yarim quruq presslangan to'liq g'isht va kovakli g'isht


Modulli g'isht


5 namuna uchun o'rtacha


daqiqa

5 namuna uchun o'rtacha

daqiqa

5 namuna uchun o'rtacha

daqiqa

5 namuna uchun o'rtacha

daqiqa

300

30,0

25,0

4,4

2.2

3,4

1,7

2,9

1,5

250

25.0

20,0

3,9

2.0

2,9

1.5

2.5

1,3

200

20,0

17,5

3,4

1.7

2,5

1.3

2,3

1.1

175

17.5

15,0

3.1

1,5

2,3

1,1

2.1

1,0

150

15.0

12,5

2,5

1,4

1,9

0,9

1,6

0,8

100

10,0

7,5

2.2

1,2

1.6

0,8

1,4

0,7

75

7,5

5,0

1,8

0.9

1,4

0,7

1.2

0,6

Zavoddan iste'molchiga yuborilayotgan g'isht partiyasi pasportida g'ishtning turi, o'rtacha zichligi, sovuqqa chidamliligi va bu ko'rsatkichlar aniqlangan Davlat standarti (RSt) ko'rsatiladi.


Oddiy va modulli to'liq plastik presslangan g'ishtlar ichki va tashqi devorlar, sokol va poydevorlar, pollar qurilishida ishlatiladi. Yarim quruq usulda olingan to'liq g'isht va kovakli g'ishtlar sokol va poydevorlarning doimo suv tegib turadigan qismida ishlatilmavdi.


4. Qoplama keramik buyumlar
Binolar fasadiga qoplanadigan buyumlar. Bu maqsadda pardozlangan g'isht va toshlar, yirik o'lchamli plitalar, fasad plitalari va gilam nusxa keramika ishlatiladi.
Pardoz g'isht va toshlar binolarni bezashdan tashqari yuk ko'tarish maqsadida oddiy g'isht bilan qo'shib teriladi. Pardoz g'isht va toshlar oddiylaridan rangining tozaligi bilan farqlanadi. Ularning rangi o'q qizildan to och sariq ranggacha bo'ladi. Pardoz g'isht va toshlar to'liq va kovakli, har xil faktura yuzali bo'ladi. Fakturali g'isht va tosh yuzasini angoblash, glazurlash, rangli minerallarni sepish usulida olinadi. G'isht va toshlarni pishirishdan avval maxsus metall moslamalar vositasida tirnab relyefli yuza hosil qiladi. Ular fasadlarning tashqi qatorlariga, vestibullar, yo'laklar va boshqa xonalarning ichki devorlariga terish uchun ishlatiladi. Binolarni bunday usulda pardozlash mehnat sarfini kamaytiradi.
Yirik fasadbop keramik plitalar rangli va rangsiz, tekis va g'adir-budur yoki riflangan, glazurlangan va sirlanmagan turlarda ishlab chiqariladi. Uzunligi 490, 990, 1190, eni 490 va 990 va qalinligi 9–10 mm tayyorlanadi. Plitalarning suv shimuvchanligi 1% kam, sovuqqa chidamliligi F50 yuqori bo'lishi kerak.
Fasadbop keramik plitatar plastik va yarim quruq presslash usullarida tayyorlanadi. Fasad plitalari glazurlangan va sirlanmagan, silliq va relyef yuzali holda 26 tipda 292x192x9 mm dan 21x21x4 mm gacha va boshqa o'lchamlarda ishlab chiqariladi (3.5-rasm). Plitalarning suv shimuvchanligi 5 va 7–10%, sovuqqa chidamligi F35 va F50.

5-rasm. Fasadbop keramik plitatar.
Plitalar g'ishtli binolarni, temirbeton panellarni, sokollarning tashqi tomonini, yer osti yo'laklarini bezashda ishlatiladi.
Xozirda keramik toshlarning turlari ko`payib ular bino fasadini bezatishda keng qo`llaniladi (3.6-rasm).

6-rasm. Bino fasadini bezatish uchun keramik toshlar.
Gilam nusxa keramika turli rangli, glazurlangan va sirlanmagan kichik o'lchamli plitkalar bo’lib, gilam nusxasida kraft qog'ozga o'ng yuza bilan yelimlanadi (7-rasm). Qorishma bilan yaxshi yopishishi uchun yuzasi taram-taram holda tayyorlanadi. Gilam nusxa koshinkor plitkalar o'lchamlari 48x48 va 22x22 mm, qalinligi 4 mm, ulardan tayyorlangan gilamlar o'lchami 724x46 va 672x424 mm holda zavodda tayyorlanadi. Plitkalarning suv shimuvchanligi 12% gacha, sovuqqa chidamligi esa F25 kam bo'lmasligi kerak. Plitkalar uysozlik temirbeton panellarning tashqi yuzalarini, transport va sport inshootlari, savdo markazlari kabi binolarni bezashda ishlatiladi.

7-rasm. Gilam nusxa keramika.
Ichki devorlarga qoplanadigan plitkalar mayolika va fayans turlariga bo'linadi (8-rasm). Fayans plitkalari kaolin, dala shpati va kvars qumi aralashmasi, mayolika esa qizil gillardan press avtomatlarda yarim quruq presslash usullarida tayyorlanadi.

8-rasm. Ichki devorlar uchun xajmli plitalar.

Plitkalar sirlangan va sirlanmagan, gulli va gulsiz, relyef-ornamentli, shaffof, yaltiroq va yaltiramaydigan, bir xil rangli va turli rangli bo'lishi mumkin. Plitkalar shakli ya ishlatish joyiga qarab kvadrat, to'g'ri to'rtburchak, fason shaklli bo'ladi.


http://fayllar.org
Yüklə 27,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə