Mavzu. Kirish. Materialshunoslik va konstruksion materiallar fanining predmeti va mazmuni. Fanning texnikaviy va ilmiy fanlar va politexnik ta’lim bilan bog‘liqligi



Yüklə 248,19 Kb.
səhifə2/10
tarix14.01.2023
ölçüsü248,19 Kb.
#98582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
materialshunoslik 1

Qora metal gruppasiga asosan temir va uning qotishmalari miqdori kiradi. Qolgan barcha metallar rangli metallar gruppasiga kiradi.
Rangli metallar quyidagi gruppalarga bо‘linadi:
a) og‘ir rangli metallar gruppasi: bu gruppaga mis, nikel, qо‘rg‘oshin, kaliy, kadmiy, kobolt, mishyak, surma, vismut, simob va boshqalar;
b) kingil rangli metallar gruppasiga: alyuminiy, magniy, titan, natriy, berilliy, litiy, bariy, kalsiy, stronsiy va kaliy;
v) qimmatbaho metallar gruppasiga: oltin, kumish, platina, osmiy, iridiy, rodiy, ruteniy va palladiy.
Nodir metallar gruppasiga: bu gruppaga suyuqlanishi qiyin metallardan volfram, molibden, tantal va sirkoniy, tarqoq mettallar (talliy, galliy, germaniy, indiy, roniy).
Siyrak yer metallar (lantan va lantanoidlar).
Radioaktiv metallar (poloniy, radiy, aktiniy, toriy, uran) va boshqalar.
Metallarning va ular qotishmalarning ichki tuzilishi hamda xossalarini shuningdek, ularning tuzilishi bilan xossalari orasidagi bog‘lanishi о‘rganuvchi fan materialshunoslik deb ataladi.
Metall va uning qotishmalari xossalari shu metal qotishmalarining ximiyaviy tarkibigagina bog‘liq bо‘lmay, balki uning ichki tuzilishiga, strukturalariga ham bog‘liqdir.
Shunday qilib, temperature pasaygan sari elektr о‘tkazuvchanligi ortidigan elementlarni metallar deb atamoq kerak.
Bundan tashqari, absolyut nol temperaturada moddaning energiyasi minimal bо‘ladi.Bunday xolatlarda metallarning electron о‘tkazuvchanlik xossasi bо‘ladi, metalloidlarning bunday xossasi bо‘lmaydi, ammo temperature ko’tarilsa, metalloidlarga ham electron о‘tkazuvchanlik paydo bо‘ladi.Binobarin, metallarga berilgan yuqoridagi ta’rifga electron о‘tkazuvchanlikni ham qо‘shish kerak. Mashhur rus olimi M. V. Lomonosov bunday degan edi: «Metallar bog‘lash mumkin bо‘lgan yaltiroq jisimlardir». Shunday qilib, metallar ta’rifiga bog‘lanuvchanlik vayaltiroqlik xossalarini, shuningdek, issiqlik о‘tkazuvchanlik xossalarini ham qо‘shish kerak ekan.
Metallar yaltiroq va plastik bо‘ladi. Yaltiroqlik va, ko’pincha, plastic xossalari sof metallargina xos bо‘lib qolmay, balki ularning qotishmalariga ham xodir. Demak, metallarningqotishmalari ham metallar deb atasa bо‘ladi.
Metallarning elektr tokini yaxshi о‘tkazishiga sabab shuki, juda kichik potensial ayirmasi xosil qilindi deguncha ular atomlaridagi elektronlar kela boshlaydi, ya’ni musbat qutb tomon boradi, natijada elektr toki vujudga keladi.Metalloidlarda bunday xossa bо‘lmaganligidan, ular elektr tokini о‘tkazmaydi.
Metall va uning qotishmalarini fizik-mexanik va ximiyaviy xossalaridan tashqari, ularning texnologik xossalari ham ahamiyatga egadir. Bu xossalarga deformatsiyalanuvchanligi, quyuluvchanligi, kesib ishlanuvchanligi, payvandlanuvchanligi, toblanuvchanligi va boshqa xossalari kiradi. Metallshunoslikni bilmay turib xilma-xil xossali qotishmalar xosil qilish, bu qotishmalardan tayerlangan detal asbob va boshqalarning zarur kerakli tomonga uzgartirib bо‘lmaydi.

Yüklə 248,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə