Mavzu: konflikt inson hayotining ajralmas tarkibi sifatida konfliktogenlar


I bob. Konflikt mazmuni va kelib chiqish qonuniyatlari



Yüklə 60,3 Kb.
səhifə2/10
tarix19.05.2023
ölçüsü60,3 Kb.
#111335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
19-2 PEP Dolliboyev Izoqboy (Kurs ishi) 3-bosqich

I bob. Konflikt mazmuni va kelib chiqish qonuniyatlari


1.1 Pedagogik konfliktologiya bugungi kunda mustaqil fan sifatida shakllanib bormoqda. Fan nuqtai-nazaridan ilk marotaba konfliktni ilmiy o‘rganish davlat hokimiyati, jamiyat a’zolari hamda alohida ijtimoiy guruhlar orasidagi ziddiyatlarni o‘rganishdan boshlangan.
Keyinchalik ilmiy qiziqishlarni ortib borishi bilan ijtimoiy, siyosiy, milliy, guruhlararo va shaxslararo konfliktlar fan ob’ektiga aylana boshladi. Konfliktologiya XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, fan sifatida shakllana boshlagandan so‘ng, jamiyatda konfliktning tutgan o‘rnini o‘rganish jamiyat hayotida juda muhimligi sababli, etnik va guruhlararo konfliktli munosabatlarni o‘rganish, sistematik asosda ularni tahlil qilish va o‘zaro to‘g‘ri yechimga kelish zaruriy ehtiyojlardan biriga aylandi. Mustaqillikning dastlabki yillarida konfliktologiyaga oid bilimlar fanlararo paradigmasining konturlari belgilanib, ular asosi sifatida tizimli evolyusion yondashuv olindi. So‘nggi paytda konfliktologiya tarmoqlarini tashkil qilgan xususiy (alohida) konfliktologiya fanlarida bu fan muammosining ko‘p sonli qiziqarli va muhim tadqiqotlari o‘tkazilmoqda.
Ta’lim sohasining ilmiy-nazariy va amaliy muammolarini tadqiq etish masalalari bo‘yicha pedagog va psixolog olimlar Ye.I.Stepanov, S.V.Banыkina, A.N.Samarin,V.N.Shalenko, V.Sheynov, A.Ya.Ansupov,I.A.Shipilov, N.I.Leonov, V.N.Kudryavsev, V.I.Juravlev, D.V.Ivchenko, N.V.Samsonova, V.N.Vasilev, B.I.Xasanov, V.V.Bazelyuk, 3.3.Drinka, A.Ya.Klementeva, C.B. Banыkina, G.S.Berejnaya, A.A.Bodalev, N.U.Zaichenko, M.M.Rыbakova, A.K.Markova,M.Mitina H.G.Moskvina va V.V.Drujinin kabilar o‘zlarining tadqiqot ishlarida turli xil soha mutaxassislarining konfliktologik madaniyatini shakllantirish yo‘llari va usullari, har tomonlama o‘rganilgan.
Umumta’lim muassasasi mutaxassislarining kompetentligining konfliktologik (chuqur bilimga ega bo‘lish) muammosi yaqindan beri maxsus psixologik-pedagogik izlanishlar mazmuniga aylandi.1
Psixologiya fanlari doktori, professor Boris Iosifovich Xasan muammoli kompetentlikning mohiyatini ko‘rib chiqqan; faylasuf B.I.Juravlyov, tibbiyot fanlari doktori Dmitriy Valerevich Ivchenko, pedagogika fanlari doktori N.V.Samsonovalar turli xil soha mutaxassislarining konfliktologik madaniyatini shakllanti rish yo‘llari va usullarini ishlab chiqishgan; pedagog va psixolog olimlar Mitina Larisa Maksimovna va A.K.Markovlar o‘qituvchi shaxsining imkoniyatlarini pedagogik jamoadagi muammolar xususiyatiga ta’sirini o‘rganishgan. A.A.Bordalyov, N.U.Zaychenko konstruktiv muloqotni muammoli vaziyatlarni hal etish usuli sifatida o‘rgangan; Zarema Zabirovna Drinka, Valentina Vasilevna Bazelyuk va A.Ya.Klimenteva bo‘lajak o‘qituvchilarning konfliktologik tayyorgarligini konseptual (yangi) asosini aniqlashdi; S.V.Banikina, G.S.Berejnaya, N.G.Moskvina pedagogning konfliktologik kompetentligini shakllantirish usullarini ochishdi.
Umumta’lim maktab o‘qituvchilari konfliktologik muammolar bo‘yicha ilmiy adabiyotlarda mavjud ishlanmalar sinf rahbarlarining konfliktologik chuqur bilimga egalik qonuniyatlarini yaratish uchun nazariy va amaliy qiziqishga ega bo‘lishlari lozim. Professional kompetentlik (chuqur bilimga egalik) borasida falsafa fanlari doktori, professor Viktor Maksimovich Shepel ishlari diqqatga sazovordir. Muallif turli jamoalarning o‘zaro munosabatlarini o‘rganib, har qanday darajadagi jamoat rahbari o‘zaro turli shaxslar orasidagi tortishuvlarni bartaraf etishni bilishi, mojaroli vaziyatlarni hal qila olish bo‘yicha zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim deya ta’kidlaydi.
Mamlakat konfliktologiyasi rivojiga ruhshunoslar A.Ya.Ansupov hamda I.A.Shipilovlar katta hissa qo‘shishgan. Mualliflar konfliktogiyaning nazariy asoslari va ularning amaliy qo‘llanilishini o‘rgangan holda turli xil sohalardagi odamlarning o‘zaro munosabatlari orasidagi mojarolar xususiyatlarini va paydo bo‘lishi sabablarini o‘rganib, shaxslararo va turli xil shaxslar o‘rtasidagi mojarolarni hal etish hamda ulardan ogohlantirishning bir qator uslublarini belgilab berishdi.
Pedagogik konfliktologiya rivojida ruhshunos M.M.Ribakova tadqiqotlari katta ahamiyat kasb etadi. Muallif pedagogik jamoa ichida turli xil munosabatlarni o‘rganib, “o‘qituvchi – o‘quvchi” ko‘rinishidagi muammolarga katta ahamiyat qaratadi, maktab hayotidan mojaroli vaziyatlarni misol qilib ko‘rsatadi hamda ularning asosiy sabablarini ochib beradi. M.M.Ribakova mazkur guruh munosabatlarini tahlil qilib, barcha mojarolarning asosiy sababchisi o‘qituvchining o‘zi ekanligini ta’kidlaydi. Shu munosabat bilan o‘quvchilar bilan normal munosabatni yo‘lga qo‘yish uchun pedagog mojarolarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
Pedagogik konfliktologiya rivojiga S.V.Banikina tadqiqotlarga sezilarli xissa qo‘shdi. Muallif maktab jamoasidagi mojarolarning vujudga kelishidagi umumiy va o‘ziga xos sabablarini ajratib berdi, pedagogik mojarolarning toipalogiyasini ishlab chiqdi hamda o‘quv tarbiya jarayonidagi ishtirokchilar orasidagi turli xil mojarolarni hal etish bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etdi. S.V.Bakinova o‘z ishlarida pedagog uchun konfliktologik bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishning muhimligiga katta e’tibor qaratadi.
Konfliktlarning mazmuni va ularga bo‘lgan munosabat haqida
Inson ilk bolalik davridanoq turli nizolar va ziddiyatlar bilan o‘zi xohlamagan tarzda to‘qnash keladi. Agar o‘zimizning bolaligimizni esga olsak, oddiy narsalar ustida juda qattiq qayg‘ur­ganimiz, o‘z xis-tuyg‘ularimizga berilib ketib, manfaatlarmiz himoyasi uchun kurashga kirganimizni anglaymiz. Masalan, urishib qolgan bolani o‘zimizning ko‘chadan o‘tishga qo‘ymaganimiz, bizga velosipedini bermagan bolani masxara qilishga uringanimiz, keyinroq esa sizning yangi kiygan chiroyli ko‘ylagingiz boshqa qizlarning xavasini keltirgani, ular sizni qutlash o‘rniga “namun-cha o‘zingga zeb beribsan?!” deb piching qilgani, akangiz dars qilayotganida ataylab kassetani baland ovozda qo‘yib qo‘yganingiz, yoki o‘zingiz yaxshi ko‘rgan o‘yinchoqlaringizni mehmon boladan yashir­ganingiz mana shunday oddiy konflikt vaziyatlardir. Bularning barchasi kundalik turmushda uchrab turadigan odatdagi nizo va kelishmovchiliklar hisoblanadi. Aytmoqchimizki, ilk bolalikdanoq, biz o‘z maqsadlarimizga yetishish uchun boshqalar manfaatlari bilan to‘qnashamiz.

Ammo ulg‘ayganimiz sari ikki xil hodisa yuz beradi. Birinchidan, bolaligimizda bizga katta ta’sir o‘tkazgan kelishmovchiliklar ulg‘ayganimiz sari bizga e’tiborsiz, kichik, jiddiy bo‘lmagan hodisalarga, ba’zan esa kulgili holatlarga aylanadi. Ko‘nglimizda, nima uchun shunchalik kuyingan ekanman, deb o‘ylaymiz. Shu oddiy bir narsa menga shunchalik ta’sir qilgan ekanda, deb xulosa qilamiz. Tabiiy ravishda, katta bo‘lganimizda yoshligimizda urishgan bolani ko‘chamizdan o‘tkazmaslik, yoki mehmondan biror narsani yashirish hayolimizga ham kelmaydi. Bolalik davrimizda hammamiz ham juda jo‘n narsalar uchun kurashganmiz. Ammo hozir hech qaysi birimiz mehmon boladan o‘z o‘yinchoqlarimizni, o‘yinchoqlar bizga qanchalik qadrli bo‘lmasin, yashirib qo‘ymaymiz. YA’ni, biz ulg‘aygan sari konfliktlarga aqli rasolik va sipolik, sog‘lom fikrlilik asosida yondoshamiz. Shubha yo‘qki, ulg‘aygan insonlar, ya’ni kattalar konfliktlarga kichiklarga nisbatan boshqacharoq yondoshishadi.
Ikkinchi tomondan esa, ulg‘ayganimiz sari, bizning hayotimizdagi kelishmovchilik, nizo va ziddiyatlar ham o‘sib, ulg‘ayib, kattaroq mazmun va mohiyat kasb eta boshlaydi. Masalan, siz bir qizni yoqtirib qoldingiz. Ammo u sizga emas, sizning do‘stingizga e’tibor qaratdi. Sizni “Nima kilish kerak?” degan savol qiynaydi. O‘sha bola bilan bir “chekkaga” chiqib, gaplashib olish hayolingizga keladi. Ammo mana shu niyat to‘g‘rimikin, siz buni bilmaysiz. O‘z emotsiyalaringizga bo‘ysunasiz. Emotsiyalar esa sizni qasd olishga, baxti chopgan bolani bir “o‘qitib” qo‘yishga, orani “o‘g‘il-bolachasiga” ochiq qilib olishga chaqiradi. Ammo 17-18 yoshimizdagi bu xis-tuyg‘ular - 40-50 yoshli odamga jizzakilik, hovliqmalik, o‘ylamasdan ish tutish bo‘lib ko‘rinishi aniq. Chunki, 40-50 yoshli inson ko‘ngil ishi qiyin ekanligini, aslida qizni birovni tanlashga majburlab bo‘lmasligini, bu uning shaxsiy huquqi ekanligini, shu bilan birga, qiz ko‘nglini o‘zi tomon og‘dirib olish zo‘ravonlik, kuch ishlatish, zo‘rlik qilish orqali emas, balki boshqa, qizning ko‘nglini oladigan ishlar orqali amaliyroq bo‘lishini bilishadi. Shu bois, 40-50 yoshli odam o‘zi yoqtirgan insonga nisbatan mehrliroq bo‘lish, o‘zining va uning manfaatlarini muhofaza qilish yo‘lidan boradi. O‘zi yoqtirib qolgan qiz bolaning aslida boshqa o‘zi yoqtirgan yigiti borligini ko‘rib, bu yigitni do‘pposlash orqali masala hal bo‘lmasligini biladi va anglaydi. Chunki gap yigitda emas, balki qiz bolaning ko‘nglida

Demak, yosh o‘tgan sari konfliktlarning mazmuni ham, ularga bo‘lgan munosabat ham o‘zgarib boradi. Konfliktlar murakkablashib boradi, shunga yarasha odamlarning hayot tajribasi ham bosiqlik, mulohazakorlik, jiddiylik tomon o‘zgarib boradi. Chunki inson ulg‘aygan sari o‘z xis-tuyg‘ularini jilovlashga, ularni ma’lum tartibga solishga, ularni boshqarishga o‘rganadi. O‘z emotsiyalarini boshqarish esa ziddiyatli vaziyatlarda nizolarning kuchayib ketmasligi, ularning chuqurlashmasligi, konfliktlarning to‘g‘ri yechimlari topilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.


Hayotda shunday konflikt vaziyatlar bo‘ladiki, oddiy narsa bahona bo‘lib, oilalar buzilib ketadi, odamlar biri birini o‘ldirib qo‘yadi, birovning joniga qasd qilinadi. Keyinchalik umr bo‘yi nima uchun mana shunday amallarni qilganini ular tushuntirib bera olmaydi. Bunday voqealarni OAV orqali juda ko‘p kuzatsa bo‘ladi.
Masalan, televizorda qaysi ko‘rsatuvni ko‘rishga kelisha olmagan o‘gay ona va o‘g‘il baxsi oqibatida, mast bo‘lgan o‘g‘il o‘gay onasini otib o‘ldirgan. Politsiyadagi tergov jarayonida o‘g‘il qaysi ko‘rsatuvni ko‘rishni istaganini eslay olmaydi. Yoki, qurilishda ishlaydigan ikki do‘st orasida baxs kelib chiqadi. Biri ikkinchisini haqoratlab, buralab so‘kadi. Bunga chiday olmagan odam uni itarib yuboradi. Do‘sti boshi bilan betonga tushadi va o‘ladi. Yana bir hayotiy voqea, qo‘shnilar orasida janjal kelib chiqadi. Janjallashayotgan qo‘shnilar yonidan o‘tib ketayotgan umuman ularga notanish odam, otilgan o‘qdan nobud bo‘ladi. Qo‘shnilardan biri qotillik uchun qamoqqa hukm qilinadi. Yosh oila, ya’ni yangi turmush qurgan eru-xotin ko‘chada ketayotgan bo‘ladi. Bir notanish yigit ularga kulib qaraydi. Er “Nimaga senga qarayapti?”- deb jahli chiqadi. Uyga kelganda aybi bo‘lmagan xotinini urib, do‘pposlaydi. Shu bilan, ko‘chada xotiniga qaragan odamni jazolaganday bo‘ladi, ammo xotini ko‘nglida urish-do‘pposlashdan so‘ng mehr qoldimi, bu masala bilan qiziqmaydi. Bu voqealar oddiy hayotdan olingan.
Demak, konfliktlar hayotimizning har bir bosqichida kelib chiqishi mumkin bo‘lib, inson ulardan o‘zini himoya qilishga doim tayyor turishi kerak. Chunki konfliktlar qo‘qqisdan, odam ularni batamom kutmagan vaqtda, konflikt kelib chiqishining umuman ilojisi bo‘lmagan hollarda ham vujudga kelishi va inson hayoti va tinchligini buzishi mumkin.
Konfliktlar kattalar hayotida ancha keng uchrab turadigan hodisa hisoblanadi. Chunki kattalar juda keng ravishda turli muloqotlarga kirishadi. Masalan, rahbar organlarda ishlagan odamlar hayotida ular faoliyatining 70-80 % turli ochiq-oydin, yoki yashirin ziddiyatlar sharoitida o‘tadi, ularning inobatga olinmasligi, ularga bee’tiborlilik esa konfliktlarning chuqurlashib ketishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shuning uchun, konfliktlarning kelib chiqish qonuniyatlari qanday va vujudga kelgan konfliktning ildizlari va sabablarini tahlil qilish yo‘llari nimalardan iborat degan masalalar dolzarblik kasb etadi. Konfliktlarning kelib chiqish qonuniyatlarini o‘rganish ularni ilk vujudga kelish jarayonidayoq bilib olish va oldini olish choralarini ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Konfliktning kelib chiqish sabablarini tahlil qila olish esa, vujudga kelgan konfliktning to‘g‘ri yechimini topishga qo‘l keladi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, 80% konfliktlar ularning ishtirokchilari hoxish va irodasiga qarama-qarshi o‘laroq, ular istagiga qarshi ravishda vujudga keladi. Ya’ni, kamdan kam hollarda konflikt ataylab tayyorlanib, amalga oshiriladi. Ammo nima uchun, biz konfliktni ataylab tayyorlamagan bo‘lsak ham, ular yuzaga keladi?
Chunki bizning psixikamiz va psixologiyamiz o‘zimizga qaratilgan agressiyaga qarshi agressiya bilan javob qaytarishga, ziddiyatda eng avvalo o‘zini himoya qilishga, kezi kelganda, o‘zini muhofazalash uchun, xujum qilishga tabiatan kodirovka qilingan bo‘ladi, mana shunday o‘zini tutishga biz tabiatan ma’lum darajada o‘rgatilgan, tayinlanganmiz.
Agar inson konfliktning ilk qadamlaridanoq, “mana, konfliktning birinchi xususiyatlari boshlandi, ular nima oqibatlarga olib kelishi mumkin, kel, ulardan aql bilan o‘zimni omon saqlab qola qolay”, desa, demak, u konflikt vaziyatlarga to‘g‘ri munosabat bildirgan bo‘ladi. Chunki, ziddiyatni boshlayotgan odamning bir, ikki minutdan so‘ng emotsional-psixologik kayfiyati umuman o‘zgarishi mumkin, boshqa emotsional-psixologik kayfiyatda u o‘zini batamom boshqacha tutishi mumkin. Shu bois, ko‘pchilik oilalarda, erining qo‘li yengilligini bilgan xotinlar erining jahli chiqsa, hech bo‘lmaganda qo‘shnining uyiga chiqib, jon saqlaydi. Chunki, bir-ikki soatdan keyin, eri o‘ziga kelganida, balki u o‘z xotini urganligiga ichida achinar...
1.2. Konfliktni kelib chiqish sabablarini bilmaslik va uni hal etishga kirishmaslik oqibatida, uni qamrovi kengayib boradi va bunda “zo‘r himoya – bu xujum» degan psixologik aqida ustuvorlik qiladi. Natijada:
Konflikt javob-javob, konfliktogen-konfliktogen “konfliktogen sxemasi” vujudga keladi.
Bu sxema konfliktni kelib chiqish sabablarini ko‘rsatib, insonlardagi “Men”ning ustunligi asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Konfliktogenlarni mazmun-mohiyatiga ko‘ra quyidagi shakllardan biriga kiritishimiz mumkin:

  1. Barchadan ustun bo‘lishga intilish.

  2. Tajovuzkorlikni namoyon qilish.

  3. Xudbinlikni (egoizm) namoyon qilish.

Barchadan ustun bo‘lishga intilishda insonda: ko‘ngilchan bo‘lish; manmanlik qilish; o‘ziga yuqori baho berish; ishonish; majburlash; suhbatdoshini yakson qilmoq; habarlarni yashirish; etikani qo‘pol ravishda buzish; tegajog‘liq; yolg‘on gapirish kabi hislatlari namoyon bo‘ladi.
Tajovuzkor (agressiv) lotincha so‘z bo‘lib, hujum ma’nosini anglatadi. Tajovuzkor odamlar tabiatan kamchilikni tashkil etadi. Shunga ko‘ra tajovuzkorlikni namoyon bo‘lishida quyidagi shakllar muhim o‘rin tutadi:

  • Kuchli tajovuzkor odam o‘zining ichki muammolarini atrofidagi odamlar hisobiga hal etishga intiladi.

  • Kuchli tajovuzga ega bo‘lmagan odamlar esa boshqalarga tajovuz o‘tkazishga harakat qilishdan oldin uni natijasini o‘ylab ko‘radilar va ayrim hollarda tavakkal qilib ko‘radilar.

  • Konflikt davridagi tajovuzkorlik kayfiyat va hissiyot bilan bog‘liq bo‘lib kutilmagan pallada namoyon bo‘ladi va mavjud konfliktogenga qarshi javob tariqasida vujudga keladi.

Mana shunday holatlar ko‘pchilikni o‘ylantirishi tabiiy. Har bir inson konfliktlar bilan to‘qnash kelishi aniq bo‘lganligi sababli konfliktlar haqida keng bilimlarni tarbiyalash va shakllantirish muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Shu bois konfliktlar to‘g‘risida ham nazariy bilimlar, ham amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish hozirgi zamonda yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash hamda jamiyatda o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lishida zarur ehtiyojlardan bo‘lib, ana shunday bilimlarni targ’ib etish davrimizning dolzarb masalalsidir. Agar inson konfliktning ilk qadamlaridanoq, ―mana, konfliktning birinchi xususiyatlari boshlandi, ular nima oqibatlarga olib kelishi mumkin, kel, ulardan aql bilan o’zimni omon saqlab qola qolay‖, desa, demak, u konflikt vaziyatlarga to’g’ri munosabat bildirgan bo’ladi. Chunki, ziddiyatni boshlayotgan odamning bir, ikki minutdan so’ng emosional-psixologik kayfiyati umuman o’zgarishi mumkin, boshqa emosional-psixologik kayfiyatda u o’zini batamom boshqacha tutishi mumkin. Shu bois, ko’pchilik oilalarda, erining qo’li yengilligini bilgan xotinlar erining jahli chiqsa, hyech bo’lmaganda qo’shnining uyiga chiqib, jon saqlaydi. Chunki, bir-ikki soatdan keyin, eri o’ziga kelganida, balki u o’z xotini urganligiga ichida achinar...

Yüklə 60,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə