Mavzu: Ko’p hujayrali organizm to’qimalari hujayralararo munosabatlarning buzilish oqibatlari. Bu jarayonda ekologik omillarning roli



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə3/4
tarix23.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#118685
1   2   3   4
to\'qima

SILLIQ MUSHAK TO’QIMASI Silliq mushak to`qimasi hujayra tuzilishiga ega. Silliq mushak ko`pgina ichki organlar - me’daichak yo`li, tanosil organlari, tomirlar devorining shakllanishida qatnashadi. Silliq mushak tuzilishi hamda funktsiyasi bo`yicha ko`ndalang-targ`il mushakdan qancha farq qiladi. Silliq mushaklar vegetativ nerv sistemasi tomonidan innervatsiya qilinadi va shu sababli kishi ixtnyoriga bo`ysunmaydi. Yuqorida qayd qilinganidek, silliq mushak to`qimasi hujayra tuzilishiga ega bo`lib, cho`ziq, duksimon va tarmoqlangan bo`ladi. Hujayraning o`lchamlari turlicha bo`ladi, ya’ni uzunligi 50-250 mkm, yadro sathining maksimal diametri 5-20 mkm. To`qimada bir-biriga yondoshib yotganhujayralar qatlamlar hosil qiladi. Ular bir-biriga nisbatan shunday joylashadiki, bir hujayraning markaziy qismiga boshqa hujayraning o`tkir uch qismi yopishadi. Silliq mushak hujayralari sirtdan sarkolemma bilan qoplangan, unda qalinligi taxminan 7,5 nm ga teng plazmatik membrana va tashqi bazal membrana farq qilinadi. Yonma-yon yotgan hujayralarning plazmatik membranalari ba’zi joylarda juda yaqinlashib tutashish nuqtalarini hosil qiladi. Membranalarning bunday yaqinlashish joylari silliq mushak hujayralarining biridan ikkinchisiga qo`zg`alish o`tishiga xizmat qiladi, degan taxminlar bor. Hujayra sitoplazmasida yadro, umumiy organellalar va miofibrillalar joylashadi.

NERV TO`QIMASI Nerz to`qimasi yuqori darajada ixtisoslashgan to`qima bo`lib, to`qimalar va organizmning barcha a’zolarini o`zaro aloqada bo`lishini hamda organizmni tashqi muhit bilan bog`lanishini ta’minlayнdi. Nerv to`qimasining asosiy vazifasi ta’sirotni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash, organizmning turli sistemalarining faoliyatini uyg`unlashtirish, koordinatsiyalash kabilardan iborat.To`qimaning bu vazifasi tirik organizmlarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida vujudga kelgan.Nerv to`qimasi markaziy va periferik nerv sistemasini hosil qilib, bir-biridan bajaradigan vazifasiga qarab keskin farq qiluvchi ikki xil hujayralardan tashkil topgan. Birinchi turi neytronlar yoki neyrotsitlar (neuronum osytus) bo`lib, kerv hujayra iborasi xuddi shu hujayraga tegishlidir.Neyronlar nerv impulsini hosil qiladi va uning tarqalishini ta’minlaydi. Nerv to`qimasining ikkinchi xil hujayralari- neyrogliya yoki gliotsitlar (neuroglia) kelib chiqishi bo`yicha neyronlar bilan bog`liq bo`lsa ham, bir qator yordamchi vazifalarni bajaradi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə