Mavzu: Korxonada xavfsizlikni ta`minlash yo`llari


Korxona (firmaning) iqtisodiy xavfsizligi



Yüklə 26,91 Kb.
səhifə2/4
tarix22.02.2023
ölçüsü26,91 Kb.
#101199
1   2   3   4
Korxonada xavfsizlikni ta`minlash yo`llari

Korxona (firmaning) iqtisodiy xavfsizligi ma`muriyat va personal tomonidan amalga oshirilgan huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va injener texnik tavsifdagi chora-tadbirlar tizimi tufayli vujudga keltirilgan hayotiy muhim iqtisodiy manfaatlarining ichki va tashqi xavf-xatarlardan himoyalanganlik holatidir.
Korxona turli yo`nalishdagi iqtisodiy xavfsizlik strategiyasini ishlab chiqadi. Ularning muhimlari quyidagilardan iborat:
mavjud yoki vujudga kelishi mumkin bo`lgan. Iqtisodiy tahdidlarni bartaraf etish yoki oldini olishga yo`naltirilgan, masalan, axborot oqimlariga;
xavfsizlik ob`ektlariga noxush, salbiy ta`sirlarni cheklovchi, masalan, tijorat sirini tashkil etuvchi ma`lumotlar;
riskni hisobga olgan holda innovatsion va investitsion siyosatni amalga oshirish oqibatida korxonaga yetkazilgan zarar yoki yo`qotishlarning o`rnini qoplash, ularni tiklashga qaratilgan xavfsizlik strategiyalari.
Korxona iqtisodiy xavfsizligiga tahdidlar ichida eng muhimlari iqtisodiy shpionaj va razvedka hisoblanadi. Mutaxassislarning hisobotlariga ko`ra AQSHda har yili xususiy firmalar iqtisodiy razvedka maqsadlari uchun 1,5 mlrd. dollardan ortiq mablag’ sarflaydilar.
YAponiya korporatsiyalari esa shpionaj orqali boshqa mamlakatlarning texnika yutuqlari to`g’risidagi axborotlarning 40 % iga ega bo`lishadi.
Ushbu yo`l bilan raqiblar bir-birlarining bozor strategiyalari, bitim (kontrakt)lar, ishlab chiqarish rejalari to`g’risidagi ma`lumotlarni yashirincha olishga harakat qiladilar.
Tadbirkorlar tijorat sirlarini sanoat shpionajidan, oshkora bo`lishdan himoyalash uchun quyidagilarni amalgam oshiradilar:
YAshirin tarzda saqlanayotgan ma`lumotlarni hujjatlarni o`g’irlash, nusxa ko`chirish, aloqa kanallarini yashirincha eshitish, tegishli xodimlarni sotib olish, ularga tahdid qilish, kompyuter, electron hisoblash texnikasi tarmog’iga kirish va boshqa usullarini qo`llash yo`li bilan iqtisodiy shpionlik faoliyatini amalga oshiradilar.
ilmiy-texnikaviy yangilik va fchishkshedfktsh himoya qilish uchun ularni patentlashtirish mualliflik huquqini olish, tijorat siri hisoblangan ma`lumotlarni aniqlash;
hujjatlar bilan ishlaydigan xodimlarni aniqlash, ro`yxatini tuzish, ularning faoliyatini muntazam nazorat qilish, axborot va ma`lumotlar bilan ishlash tartibini belgilash hamda uning ustidan nazorat o`rnatish;
tijorat ma`lumotlari va axborotlarini maxsus hisobga olish, ularni saqlash tartibini o`rnatish, nazorat ostida ko`paytirish hamda maxsus shaxslar kuzatuvida hujjatlarni yo`q qilish;
xodimlarni hujjatlar bilan ishlash va ularni himoyalash bo`yicha o`qitish, mashg’ulotlar o`tkazish, ko`rsatma, tavsiyalar berish, kundalik eslatmalar qilish



Yüklə 26,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə