Mavzu: Kredit riski nazariyasi Reja: Kredit riski va uni yuzga keltiruvchi omillar


Qoplash koeffitsienti quyidagicha hisoblanadi



Yüklə 14,6 Kb.
səhifə3/5
tarix24.12.2022
ölçüsü14,6 Kb.
#97841
1   2   3   4   5
Mavzu Kredit riski nazariyasi Reja Kredit riski va uni yuzga k-fayllar.org

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Yechish
Qoplash koeffitsienti quyidagicha hisoblanadi:
Qoplash koeffitsienti shuni ifodalaydiki, ya`ni u kreditlash chegarasini ko`rsatadi va mijozning hamma aylanma vositalarining qarzni olishga yetarliligini ko`rsatadi. Bu ko`rsatkich 2 va undan yuqori bo`lsa, mijoz kreditga layoqatlidir. Agar 0,5 dan kam bo`lsa, kreditlash foydasiz bo`lib, mijoz kreditga layoqatsiz hisoblanadi.
Misol. Quyidagi ma`lumotlar asosida aksiyadorlik jamiyatining uzoq muddatli bank krediti olish uchun kreditga layoqatlilik ko`rsatkichlaridan qoplash koeffitsientini hisoblang:

  • asosiy vositalar qoldiq qiymati: 365,0 ming so`m;

  • tovar moddiy zaxiralari va xarajatlari: 10600,0 ming so`m;

  • debitorlik qarzlari: 430,0 ming so`m;

  • pul mablag`lari: 2,0 ming so`m;

  • uzoq muddatli majburiyatlar: 345,0 ming so`m;

  • joriy majburiyatlar: 10700,0 ming so`m.
    Yechish: Korxonaning kreditga layoqatlilik ko`rsatkichlaridan qoplash koeffitsienti quyidagicha topiladi:


Likvidlik koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
Likvidlik koeffitsienti mijozning aylanma kapitali strukturasini baholash asosida yaqin kelajakda bankdan olgan kreditlarini tezkor (tezkorlik) va o`z vaqtida to`lay olish qobiliyati hisoblanadi. Likvidlik koeffitsienti 1,5 va undan yuqori bo`lsa, korxona yuqori kreditga layoqatlilik darajasiga erishgan bo`ladi.
Yuqoridagi misoldago ma`lumotlar asosida likvidlilik koeffitsientini hisoblaymiz:
Qoplash va likvidlik koeffitsientlarini topishda, qisqa muddatli majburiyatlarni to`g`ri hisoblash talab etiladi. Qisqa muddatli majburiyatlar, bugalteriya balansining passiv qismidagi majburiyatlar bo`limidan olinadi.
Banklardagi kredit inspektorlari mijozning kreditga layoqatliligini tahlil qilishda, balansdagi asosan (joriy aktivlari va majburiyat bo`limidagi) moddalarning tarkibiy o`zgarishlarini ko`rib chiqadilar. Bu albatta, xavf-xatarni baholashni yengillashtiradi.
Korxona kreditga layoqatliligi tahlili uchun kerak bo`ladigan keyingi ko`rsatkich – bu mustaqillik (muxtoriylik) koeffitsientidir. Ushbu koeffitsient 0,6 dan, ya`ni 60 %dan yuqori bo`lsa, kredit xatari eng kam hisoblanadi. Bu koeffitsient 30 % dan, ya`ni 0,3 dan kam bo`lmasligi lozim. Bu ko`rsatkichni hisoblash uchun korxonaning balans bo`yicha o`z mablag`lari manbalari ya`ni, balans passivining birinchi bo`linmasi summasi jami passiv summasiga bo`linadi.

Yüklə 14,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə