Mavzu: Kredit riski nazariyasi Reja: Kredit riski va uni yuzga keltiruvchi omillar


Kredit risklarini tahlil qilish va baholash



Yüklə 14,6 Kb.
səhifə2/5
tarix24.12.2022
ölçüsü14,6 Kb.
#97841
1   2   3   4   5
Mavzu Kredit riski nazariyasi Reja Kredit riski va uni yuzga k-fayllar.org

2. Kredit risklarini tahlil qilish va baholash.
Qarzdor korxonalarning va qarzdorlarning bankrot bo`lishiga quyidagi omillar ta`sir qiladi:
1. Boshqaruv tizimining yaxshi tashkil etilmagani – agar kompaniya, firmalarda boshqaruv yaxshi yo`lga qo`yilmasa, u holda bankrot holatlariga yuz tutishi mumkin.
2. Korxonalarda birlamchi kapitalning to`g`ri shakllanmagani – ko`pchilik korxonalarda birlamchi kapitalning yetarli emasligi kabi muammolarga duch kelmoqda. Buning asosiy sababi umumiy biznes qiymatini to`g`ri baholay olmaganligidadir.
3. Ishlab chiqarish hajmining yuqoriligi – agar korxona ko`p miqdorda tovar ishlab chiqaraversa, ammo talab bo`lmasa, u holda risk yuqori bo`ladi, ya`ni tovarlarning o`z vaqtida sotilmasligi bankrotlik holatiga olib keladi.
4. Raqobat – yangi kompaniyalarning tashkil etilishi va bozorga kirib borishi raqobat muhitini shakllanayotganligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham har qanday korxona avvalambor bozorni har tomonlama o`rganib chiqishi kerak.
5. Iqtisodiy holatlar – iqtisodiyot yaxshi rivojlanmagan mamlakatlarda korxonalarning rivojlanishi ham qiyin kechadi.
Xalqaro amaliyotda kredit risklarini baholash uchun bir qancha me`yorlar qo`yilgan. Bular quyidagilardan iborat:

  • Bitta qarzdor uchun risk darajasining maksimal qiymati:
    Bu yerda: Km - Bitta qarzdorning kreditlar bo`yicha majburiyatlarining yig`indisi;
    Kb - Bank kapitali.
    - Bu ko`rsatkichning qiymati 25 % dan oshmasligi kerak.


2. Yirik kreditlar me`yori:

Bu yerda: Ky - Yirik kreditlar yig`indisining miqdori;


Kb - Bank kapitali.
Bu ko`rsatkichning qiymati bank kapitalining 8 barobaridan katta bo`lmasligi kerak.
3. Xalqaro kreditlarning maksimal miqdori:

Bu yerda: Kx –Xalqaro kreditlar yig`indisining miqdori;


Kb - Bank kapitali.
Bu ko`rsatkichning maksimal qiymati 200 % ga teng bo`ladi.
Kredit riskining haqiqiy darajasi (Krh) quyidagicha aniqlanadi:
Bu yerda:
Krh – kredit riskining haqiqiy darajasi;
TMK – to`lanmagan kreditlar;
BK – berilgan kreditlar.
Kreditlash jarayoni juda ko`p va turli xil xavf-xatarlar (risklar) bilan bog`liq bo`lib, qaysiki kreditlarni belgilangan muddatda qoplanmaslik muammosini keltirib chiqaradi. Shu sababli banklar o`z mijozlariga kredit berishda, mijozning kreditga layoqatliligini tahlil qiladilar.
Bank mijozningi kreditga layoqatligi deganda mijozning o`z qarz majburiyatlari bo`yicha to`liq va o`z vaqtida hisoblashish qobiliyati tushuniladi.
Mijozning kreditga layoqatlilik darajasi banklar uchun juda zarur, chunki har bir berilgan kredit risk bilan bog`liq. Agar bank riskni hisobga olmasa, kredit o`z vaqtida qaytmasligi yoki umuman to`lanmasligi mumkin. Shu sababli, banklar o`z mijozlari moliyaviy holatini, to`lovga qobilligini va albatta, kreditga layoqatliligini tahlil qiladi.
Kreditga layoqatlilikni tahlil qilishdan asosiy maqsad, bu qarz oluvchi, xo`jalik yurituvchi sub`ektning imkoniyatlari, qarzni o`z vaqtida qoplashni, risk darajasini, kredit miqdori va boshqa omillarni belgilangan sharoitda va holatda tahlil qilishdan iboratdir. Banklar uchun bu masalalarni amalga oshirish juda qiyin bo`lsada, xuddi ana shu maqsad amalga oshirilsagina berilgan kreditdan foyda olinadi.
Kreditga layoqatlilikni tahlil qilish vazifasi bo`lib quyidagilar hisoblanadi:

  • kreditga layoqatlilikni ifodalovchi ko`rsatkichlarni aniqlash;

  • ko`rsatkichlarni tahlil qilish (yil boshi va yil oxirini taqqoslash);

  • ko`rsatkichlarga ta`sir etuvchi omillarni aniqlash;

  • kreditga layoqatlilikni mustahkamlash yo`llarini aniqlash.

Korxonalarning kreditga layoqatliligini aniqlovchi ko`rsatkichlarni quyidagi 2 guruhga bo`lishimiz mumkin:



          • Kreditga layoqatlilikni ifodalovchi asosiy ko`rsatkichlar quyidagilar:

  • qoplash koeffitsienti;

  • o`z aylanma mablag`lari bilan ta`minlanganlik (muxtoriylik) koeffitsienti;

  • likvidlik koeffitsienti.
    B) qo`shimcha koeffitsientlar:

  • aylanma mablag`larining aylanuvchanlik koeffitsienti;

  • o`z aylanma mablag`lari mavjudligi;

  • foyda va rentabellik koeffitsientlari.



Yüklə 14,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə