Мavzu. Kutubxona va muzey – talim, tarbiya va axborot makoni



Yüklə 13,61 Mb.
səhifə6/6
tarix29.11.2023
ölçüsü13,61 Mb.
#140453
1   2   3   4   5   6
МС 4 мавзу

Britan muzeyi.

  • Britaniya muzeyi — jahondagi eng yirik muzeylardan, Londonda. Yevropada birinchi davlat muzeyi.
  • 1753-yilda asos solingan, 1759-yildan ishga tushgan, Yevropa, Osiyo, Afrikaning Oʻrta asrlar sanʼati yodgorliklari (arab, Eron, Uzoq Sharq kulollik buyumlari, Benin bronzasi), shuningdek rasm, gravyura, kulollik buyumlari, tanga, medallar toʻplangan.
  • Muzeyning etnografiya boʻlimidan Afrika, Amerika, Okeaniya va boshqa xalqlar madaniy yodgorliklari keng oʻrin olgan.
  • Firdavsiyning Muhammad Joʻqiy tomonidan koʻchirilgan „Shohnoma“si, „Boburnoma“ning qoʻlyozmasi (16-asr 2-yarmida koʻchirilgan), Amudaryo xazinasi (1877, Amudaryo sohilidan topilgan) va boshqa shu muzeyda saqlanadi.
  • Britaniya muzeyi kutubxonasida 7 milliondan ortiq kitob, taxminan 105 ming qoʻlyozma, taxminan 100 ming hartiya (qoʻlyozma hujjat) va yorliq, 3 mingdan ortiq papirus bor. 1926-yildan muzey oʻz jurnalini nashr etadi.

Luvr

  • Luvr (Louvre) — jahondagi eng yirik muzeylardan. Parijdagi mashhur meʼmoriy yodgorlik — sobiq qirollik qarorgohi binosida joylashgan. 1791-yilda Inqilobiy Konvent dekreti bilan milliy badiiy muzey sifatida asos solingan va 1793-yil 8 noyabrdan omma uchun ochilgan. L. fondini sobiq qirollik toʻplami, shuningdek, monastir, cherkov va aslzoda oilalarning musodara qilingan toʻplamlari, Napoleon yurishlarida qoʻlga kiritilgan, turli davlatlardan sotib olingan, koʻplab hadya qilingan sanʼat asarlari, Yunon va Rim yodgorliklari, Sharq yodgorliklari, Qad. Misr yodgorliklari, jahonga mashhur Mikelanjelo, Leonardo da Vinchi, Rafael, Titsian, Rembrandt, Rubenslarning nodir sanʼat asarlari toʻplangan.

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi 

  • 1876-yilda Toshkent muzeyi nomida tashkil etilgan.
  • 1883-yil Turkiston ommaviy kutubxonasi bilan birlashtirildi.
  • 1918-yil Turkiston oʻlka xalq muzeyiga,
  • 1922-yildan Turkiston Bosh muzeyiga,
  • 1925-yildan Oʻrta Osiyo Bosh muzeyiga aylantirildi. 1
  • 943-yildan Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb nomlangan.
  • 1969—92-yillar Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb atalgan.
  • 1992-yil 21-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 203-sonli qaroriga muvofiq, bir necha muzeylarni birlashtirish asosida hozirgi nomi bilan qayta tashkil etildi.
  • Hozirgi kunda uning zaxirasida 250 mingga yaqin tarixiy, sanʼat va madaniyat yodgorliklaridan iborat osori atiqalar saqlanadi. Buning 60 mingdan ortigʻini arxeologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16 mingdan ortigʻini etn. yodgorliklari tashkil etadi.

Yüklə 13,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə