Mavzu: Lizing munosabatlari va ularni rivojlantirish istiqbollari Reja



Yüklə 260,66 Kb.
səhifə8/11
tarix21.12.2022
ölçüsü260,66 Kb.
#97508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Lizing munosabatlari va ularni rivojlantirish istiqbollar

Oldingi tahrirga qarang.
8.1. Sudlarga tushuntirilsinki, lizing obyektini qaytarish to‘g‘risidagi da’vo talabi qanoatlantirilganda, davlat boji qaytarilgan lizing obyektining bahosidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
(8.1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
9. FKning 591-moddasi va Qonun 14-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasini tuzish paytida lizing beruvchi lizing obyekti qaysi maqsadda olinayotganligidan sotuvchini oldindan xabardor qilishi, buni oldi-sotdi shartnomasida qayd etishi shart.
Sudlarga tushuntirilsinki, lizing beruvchi lizing obyekti qaysi maqsadda olinayotganligidan sotuvchini oldindan xabardor qilish to‘g‘risidagi talabga rioya etmaganligi oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘lmaydi. Bunday holatda FKning 591-moddasi va Qonun 14-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmaganligining barcha oqibatlari lizing beruvchiga yuklatiladi.
10. Qonun 2-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq lizing uch taraflama (sotuvchi-lizing beruvchi-lizing oluvchi) yoki ikki taraflama (lizing beruvchi-lizing oluvchi) lizing shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Lizing beruvchi va sotuvchi o‘rtasida ikki taraflama lizing shartnomasi tuzilayotganida qo‘shimcha ravishda lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.
10.1. Lizing obyektini oldi-sotdisi bilan bog‘liq lizing subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar, agar FK 34-bobning 6-paragrafida va Qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, FKning 29-bobi normalari bilan tartibga solinadi.
Agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotuvchi tomonidan lizing obyektini oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaslik xavfi va bu bilan bog‘liq zararlar sotuvchini tanlagan lizing shartnomasining tarafiga yuklatiladi.
10.2. Qonun 12-moddasi birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisiga ko‘ra lizing oluvchi sotuvchiga lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiquvchi talablarni, jumladan uning sifati va butligi, topshirish muddati, kafolatli ta’mirlashi va hokazolar xususida talablar qo‘yish huquqiga ega.
Sudlar nazarda tutishlari lozimki, lizing oluvchi bunday talablarni, garchi u ushbu shartnomaning tarafi bo‘lmasa ham, bildirishi mumkin. Bunday holda lizing oluvchi sotib oluvchining barcha huquq va majburiyatlariga ega bo‘ladi, shartnomani bekor qilish huquqi hamda tovar uchun haq to‘lash majburiyati bundan mustasno.
10.3. Oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlar sotuvchi tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda (yetkazib bermaganlik, to‘liq yetkazib bermaganlik, yetkazib berish muddatini o‘tkazib yuborganlik, tegishli darajada sifatli bo‘lmagan mol-mulkni yetkazib berganlik), agar sotuvchini tanlash uchun javobgarlik lizing beruvchining zimmasida bo‘lsa, sotuvchi va lizing beruvchi lizing oluvchi oldida javobgar bo‘ladilar. Bunday holda lizing oluvchi o‘zining xohishiga ko‘ra sotuvchi va (yoki) lizing beruvchiga talablar bildirishga haqli.
10.4. FK 392-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarning tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi sotuvchi tovarni sotib oluvchiga topshirish bo‘yicha o‘z majburiyatini qonun yoki shartnomaga muvofiq bajargan deb hisoblangan paytdan boshlab sotib oluvchiga o‘tadi.
Qonun 19-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga ko‘ra, lizing obyekti bilan bog‘liq barcha xavflar, shu jumladan, uning tasodifan yo‘qolishi (nobud bo‘lishi) yoki tasodifan buzilishi, shuningdek o‘g‘irlanishi, barvaqt eskirishi, shikastlanishi xavflari lizing shartnomasida nazarda tutilgan tartibda lizing oluvchiga o‘tadi. Xavflar lizing oluvchiga o‘tgan daqiqadan e’tiboran lizing oluvchi lizing obyekti har qanday tarzda yo‘qotilishi yoki shikastlanishi uchun lizing shartnomasi amal qiladigan muddat davomida javobgar bo‘ladi. Agar xavflarning lizing beruvchidan lizing oluvchiga o‘tadigan vaqti lizing shartnomasida belgilangan bo‘lmasa, xavflar lizing oluvchiga u lizing obyektini olgan daqiqadan e’tiboran o‘tadi.
Mazkur normalarning mazmunidan kelib chiqib, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing obyektining tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi lizing obyektini lizing oluvchiga topshirilishiga qadar sotuvchi yoki lizing beruvchining, topshirilganidan keyin esa lizing oluvchining zimmasida bo‘ladi.
10.5. Qonun 24-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra lizing beruvchi va lizing oluvchi sotuvchiga nisbatan lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha solidar kreditorlar sifatida ish ko‘radilar.
FK 255-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra majburiyatlarni solidar kreditorlardan biriga nisbatan to‘la bajarish qarzdorni majburiyatni boshqa solidar kreditorlarga nisbatan bajarishdan ozod qiladi.
Shu munosabat bilan sudlarga tushuntirilsinki, lizing oluvchi yoki lizing beruvchi sotuvchiga nisbatan lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi munosabati bilan da’vo taqdim etsa, ishga tegishincha lizing beruvchi yoki lizing oluvchi nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilinishi lozim.
Sudlar bunday da’vo bo‘yicha ishni ko‘rishda sotuvchi o‘z majburiyatini lizing oluvchi yoki lizing beruvchiga nisbatan bajargan yoki bajarmaganligi yoxud lozim darajada bajarmaganligi holatlarini tekshirishlari, agar sotuvchi o‘z majburiyatini ulardan biriga nisbatan bajarganligi holati aniqlanganda – da’voni qanoatlantirishni rad etishlari lozim.
11. Qonun 6-moddasining birinchi qismiga ko‘ra lizing oluvchi lizing beruvchi oldida lizing shartnomasi yuzasidan javobgar bo‘lib qolgani holda, lizing shartnomasi bo‘yicha olgan lizing obyektini lizing beruvchining yozma roziligi bilan vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun uchinchi shaxsga qo‘shimcha lizingga topshirishga haqli.
11.1. Sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, agar nizo qo‘shimcha lizing shartnomasidan kelib chiqqan bo‘lsa, ishga mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida lizing beruvchi jalb qilinishi, shuningdek, lizing obyektini qo‘shimcha lizingga topshirish uchun uning yozma roziligi olinganligi aniqlanishi lozim.
Lizing beruvchining oldindan roziligi olinmay tuzilgan qo‘shimcha lizing shartnomasi FKning 116-moddasiga asosan o‘z-o‘zidan haqiqiy emas deb hisoblanadi.
11.2. Sudlar inobatga olishlari kerakki, qo‘shimcha lizing shartnomasiga FK 550-moddasining qoidalari qo‘llaniladi. Xususan, lizing shartnomasining muddatidan oldin bekor qilinishi qo‘shimcha lizing shartnomasining bekor bo‘lishiga olib keladi. Bu holda qo‘shimcha lizingga oluvchi qo‘shimcha lizing shartnomasining qolgan muddati davomida o‘zi foydalanib kelgan mol-mulkni bekor bo‘lgan lizing shartnomasining tegishli shartlari asosida lizingga olish haqida shartnoma tuzishi mumkin.
12. Sudlar Qonun 21-moddasining birinchi qismiga muvofiq lizing beruvchi lizing oluvchining oldindan roziligini olmay turib, lizing obyektidan garov sifatida foydalanish huquqiga ega emasligiga e’tibor qaratishlari lozim. Lizing oluvchining oldindan roziligi olinmay tuzilgan lizing obyektining garov shartnomasi FKning 116-moddasiga asosan o‘z-o‘zidan haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, sudlar qarzdorlikni undirish va undiruvni lizing obyekti bo‘lgan garov narsasiga qaratish to‘g‘risidagi talablarni ko‘rishda lizing oluvchini ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilishlari, shuningdek lizing obyektini garovga qo‘yish uchun lizing oluvchining roziligi olinganligi holatini aniqlashlari lozim.
13. Qonun 12-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq uchinchi shaxs undiruvni lizing obyektiga qaratganda lizing oluvchi lizing shartnomasini bekor qilish va lizing obyektini mulk qilib olish bilan bir paytda lizing shartnomasi bo‘yicha tegishli lizing to‘lovlari qoldig‘ini lizing beruvchining qolgan davrda oladigan daromadini chegirib tashlagan holda bir yo‘la to‘lashga haqli.
Shu munosabat bilan sudlar nazarda tutishlari lozimki, lizing oluvchi bunday huquqdan foydalanib lizing shartnomasi bo‘yicha lizing to‘lovlari qoldig‘ini lizing beruvchining qolgan davrda oladigan daromadini chegirib tashlagan holda muddatidan oldin to‘laganligi uchinchi shaxsning undiruvni lizing obyektiga qaratishni tugatilishiga olib keladi.
Sudlarning e’tibori qaratilsinki, agar lizing shartnomasida barcha lizing to‘lovlari to‘langandan so‘ng lizing obyekti lizingga oluvchiga mulk huquqi asosida o‘tishi nazarda tutilgan bo‘lsa, lizing oluvchi lizing shartnomasi bo‘yicha tegishli lizing to‘lovlari qoldig‘ini lizing beruvchining qolgan davrda oladigan daromadini chegirib tashlagan holda bir yo‘la to‘lashga haqli. Agar lizing shartnomasi lizing obyektini lizing oluvchiga mulk huquqi asosida o‘tishini nazarda tutmagan bo‘lsa, uchinchi shaxs undiruvni lizing obyektiga qaratgan taqdirda lizing shartnomasi FKning 599-moddasiga muvofiq o‘z kuchini saqlab qoladi.

Yüklə 260,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə