Mavzu: Lizing munosabatlari va ularni rivojlantirish istiqbollari Reja


Lizing munosabatlarini shakillantirish jarayoni



Yüklə 260,66 Kb.
səhifə2/11
tarix21.12.2022
ölçüsü260,66 Kb.
#97508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Lizing munosabatlari va ularni rivojlantirish istiqbollar

Lizing munosabatlarini shakillantirish jarayoni
Chet el va mamlakatimizda nashr etilayotgan adabiyotlarda takidlashicha muayyan vaziyatga bo’liq tarzda lizing obyekti bo’lib, har qanday ko’chmas va ko’char mulk hisoblanishi mumkun. Bular amaldagi tasnifiga ko’ra asosiy vositalar bo’lishi lozim, bozorda erkin muomalada bo’lishi taqiqlangan mulklar bunan istisno. O’zbekiston qonunchiligiga muvofiq lizing obyekti bolib, har qanday foydalanilmay turgan mulk, shu jumladan, korxona, mulkiy majmua, bino inshoat, uskuna, transport vositasi va boshqa tadbirkorlikda foydalanish mumkin bo’lgan ko’chmas hamda ko’char mulk lizing obyekti bo’lishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda, deyarli barcha, ayniqsa lizingdan foydalanish keng tarqalgan mamlakatlar qonunchilikda lizing obyekti bo’lish hususida qator cheklovlar mavjud. Masalan, O’zbekiston respublikasining “lizing to’g’risida” gi qonunida yer maydonlari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek erkin muomalada bo’lish qonunchilik yo’li bilan taqiqlangan yoki muomalada bo’lishning alohida tartibi belgilangan mulklar lizing obyekti bo’la olmasligi takidlangan. Shu bilan birga mazkur qonunda alohida tartibda muomalada bo’lishi talab etiladugan mulklar ro’yxati keltirilmaydi, bu o’z navbatida amaldagi qonunchilikka tegishli o’zgartirish kiritishni talab qiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda lizing obyektlari turli metadalogik belgilarga asosan tasniflanadi.
O’zbekiston respublikasining “lizing to’g’risida”gi qonuniga muvofiq lizing obyektining tasnifi soda tarzda quyidagi tasnifga ega bo’lishi mumkin.
O’zbekiston qonunchiligiga muvofiq tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmaydigan ko’chmas va ko’char mulk lizing obyekti bo’lishi mumkin. Lizing obyekti bo’lib, faqat tadbirkorlik maqsadlarida foydalaniladigan iste’mol etiladigan ashyolar hisoblanadi. Yer maydonlari, foydali qazilmalar, tabiiy boyliklar, qurol va oq dori, atom hamda gidroelektrastonsiyalar va h.k.lar qonunchilik bn erkin muomalada bo’lishi taqiqlangan yoki muomala qilishning alohida tartibini belgilash talab etiladigan va iste’mol etilmaydigan ashyolar bundan mustasno.

Yüklə 260,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə