Mavzu: Lizing munosabatlari va ularni rivojlantirish istiqbollari Reja



Yüklə 260,66 Kb.
səhifə6/11
tarix21.12.2022
ölçüsü260,66 Kb.
#97508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Lizing munosabatlari va ularni rivojlantirish istiqbollar

Oldingi tahrirga qarang.
6. FK 597-moddasining to‘rtinchi qismiga va Qonun 11-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisiga ko‘ra lizing oluvchi o‘z majburiyatlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing beruvchi bo‘lajak lizing to‘lovlarini tezlashtirishni yoki garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni lizing obyektiga qaratgan va zararni undirgan holda shartnomani bekor qilishni talab qilish huquqiga ega.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, lizing beruvchiga u shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘ladigan qilib zarar yetkazilishi, lizing shartnomasini lizing oluvchi tomonidan jiddiy tarzda buzish deb tushuniladi. Shuningdek, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, lizing oluvchi lizing obyektini shartnoma shartlarini buzgan holda saqlaganligi, lizing oluvchi lizing obyektini sug‘urtalamaganligi, lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamaganligi, lizing obyektini o‘z hisobidan joriy ta’mirlamaganligi ham lizing shartnomasini jiddiy tarzda buzish hisoblanadi. Bunda lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasini jiddiy tarzda buzilganligi holatini isbotlash majburiyati lizing beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlarga tushuntirilsinki, lizing oluvchi lizing shartnomasini jiddiy tarzda buzgan taqdirda, lizing beruvchi bir vaqtning o‘zida ham barcha lizing to‘lovlarini muddatidan ilgari undirish, ham garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni lizing obyektiga qaratgan va zararni undirgan holda shartnomani bekor qilishni talab qilish huquqiga ega emas.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar lizing beruvchining da’vo arizasida yetkazilgan zararni undirish va garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni lizing obyektiga qaratgan holda shartnomani bekor qilish talablari bilan birga barcha lizing to‘lovlarini muddatidan ilgari undirish talabi ham qo‘yilgan taqdirda, sud lizing oluvchi lizing shartnomasini jiddiy tarzda buzganligi haqida xulosaga kelsa, ushbu talablardan biri, ya’ni lizing to‘lovlarini muddatidan ilgari undirish talabi yoxud yetkazilgan zararni undirish va garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni lizing obyektiga qaratgan tarzda shartnomani bekor qilish talabi qanoatlantirilishi kerak. Bu qoida, agar lizing beruvchining da’vo arizasida bir vaqtning o‘zida ham lizing to‘lovi bo‘yicha vujudga kelgan asosiy qarz va neustoyka undirish, ham garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni lizing obyektiga qaratgan tarzda shartnomani bekor qilish talabi qo‘yilgan hollarda ham qo‘llaniladi.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Lizing beruvchining zarari fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy qoidalariga muvofiq aniqlanadi.
Xususan, lizing beruvchining haqiqiy zarari deganda lizing obyektini yetkazib berish, qaytarish, transportda tashish, saqlash, ta’mirlash bilan bog‘liq va boshqa xarajatlarni, boy berilgan foydasi deganda esa, lizing beruvchi o‘z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlarini tushunish lozim.
Agar lizing obyektini qaytarib olish haqidagi da’vo arizasida keltirilgan asoslar qonun hujjatlari yoki lizing shartnomasida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bunday da’voni qanoatlantirish rad etiladi.
6.1. Sudlar inobatga olishlari kerakki, shartnomada belgilangan lizing to‘lovlari muddati muntazam ravishda buzilganligi lizing shartnomasini jiddiy tarzda buzish deb hisoblanadi.
FK 34-bobining 6-paragrafida va Qonunda lizing to‘lovlari tartibi va muddatlarini muntazam buzish tushunchasi belgilanmaganligi sababli, sudlar, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rishda FK 551-moddasining qoidalarini qo‘llashlari lozim. FK 551-moddasi birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisiga ko‘ra, agar ijaraga oluvchi shartnomada belgilangan to‘lov muddatini ketma-ket ikki martadan ortiq buzib, mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to‘lamasa, mulk ijarasi shartnomasi ijaraga beruvchining talabi bilan sud tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
Shuning uchun sudlar to‘lov kechiktirilganligi sabablarini shartnomada belgilangan to‘lov jadvalini o‘rganish va tahlil qilish yo‘li bilan aniqlashlari kerak.
6.2. FK 422-moddasining uchinchi qismiga muvofiq sotib oluvchi haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan va o‘ziga topshirilgan tovar uchun navbatdagi to‘lovni shartnomada belgilangan muddatda amalga oshirmasa, sotuvchi shartnomani bajarishdan bosh tortishga va sotilgan tovarni qaytarishni talab qilishga haqli, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchidan olingan to‘lovlar summasi tovar bahosining uchdan ikki qismidan ortiq bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Sudlar inobatga olishlari kerakki, agar lizing shartnomasi barcha lizing to‘lovlari to‘langanidan keyin lizing obyektiga nisbatan mulk huquqi lizing oluvchiga o‘tishini nazarda tutsa, bunday shartnoma ijara va oldi-sotdi shartnomalarining belgilarini o‘z ichiga oladi. Bunday hollarda lizing to‘lovlari jadvali buzilganligi asosida lizing shartnomasini bekor qilish va lizing obyektini qaytarish haqidagi ishni ko‘rishda, lizing oluvchidan qabul qilingan to‘lovlar summasi barcha lizing to‘lovlarining uchdan ikki qismidan oshganligi aniqlangan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sudlar da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etishlari lozim. Agarda lizing beruvchi tomonidan ham yetkazilgan zararni undirish va lizing obyektini qaytarib olgan holda shartnomani bekor qilish, ham barcha lizing to‘lovlarini muddatidan ilgari undirish talablari bildirilgan bo‘lsa, faqat barcha lizing to‘lovlarini muddatidan ilgari undirish haqidagi talab qanoatlantirilishi lozim.
6.3. Sudlar inobatga olishlari lozimki, lizing shartnomasi shartlarining jiddiy ravishda buzilganligi sababli uning bekor qilinishi, lizing beruvchi lizing oluvchi tomonidan shartnoma shartlarini lozim darajada bajarilganida olishi mumkin bo‘lgan foydasidan ko‘proq foyda olishini keltirib chiqarmasligi lozim.
Shu munosabat bilan, amalda to‘langan lizing to‘lovlari hamda qaytarilgan lizing obyekti qiymatining summasi lizing beruvchining lizing obyektini sotib olish uchun qilgan barcha xarajatlari, foizli daromadi va boshqa xarajatlarining summasidan kam bo‘lsa, lizing beruvchi lizing oluvchidan tegishli farqni zarar sifatida undirishni talab qilishga haqli.
Agar lizing obyektiga nisbatan mulk huquqining lizing oluvchiga o‘tishini nazarda tutuvchi lizing shartnomasi bekor qilinib, lizing obyekti qaytarilgan holda, amalda to‘langan lizing to‘lovlari hamda qaytarilgan lizing obyekti qiymatining summasi lizing beruvchining lizing obyektini sotib olish uchun qilgan barcha xarajatlari, foizli daromadi va boshqa xarajatlarining summasidan oshgan taqdirda, lizing oluvchi lizing beruvchidan tegishli farqni undirishni talab qilishga haqli.
6.4. Qonun 12-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisiga ko‘ra lizing obyekti yetkazib berilmagan, to‘liq yetkazib berilmagan, yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan yoki sifati talab darajasida bo‘lmagan lizing obyekti yetkazib berilgan taqdirda, lizing oluvchi, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing to‘lovlari to‘lashni kechiktirish, yetkazib beriladigan lizing obyektidan voz kechish va lizing shartnomasining bekor qilinishini talab etish huquqiga ega.
Lizing obyektidan foydalanish jarayonida uning foydalanishga yaroqli emasligi yoki bunday foydalanishni jiddiy qiyinlashtiradigan nuqsonlar aniqlangan taqdirda va bular xususida lizing obyektini qabul qilish paytida lizingga oluvchi bilmagan va bilishi mumkin bo‘lmaganda, agar sotuvchini lizing beruvchi tanlagan bo‘lsa, bu holat lizing shartnomasi lizing beruvchi tomonidan jiddiy ravishda buzilgan deb hisoblanadi.
Sudlar lizing obyekti yetkazib berilmaganligi yoki sifati talab darajasida bo‘lmagan lizing obyekti yetkazib berilganligi sababli lizing shartnomasini bekor qilish haqidagi ishni ko‘rishda, Qonun 11-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq agar lizing obyekti lizing beruvchining aybi bilan yetkazib berilmagan yoki lizing shartnomasi shartlariga nomuvofiq bo‘lsa, lizing beruvchi lizing oluvchining roziligi bilan o‘zi lozim darajada bajarmagan lizing shartnomasi shartlarini tuzatib bajarishga yoki lizing oluvchiga boshqa lizing obyektini taklif etishga haqli ekanligiga e’tibor berishlari lozim. Bunday taklif sud muhokamasida ham bildirilishi mumkinligini inobatga olib, sudlar taraflarni murosaga keltirish choralarini ko‘rishlari kerak. Bunda hisobga olish kerakki, lizing beruvchi bunday huquqdan faqat lizing oluvchining roziligi bilan foydalanishi mumkin. Agar lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi shartlarining yo‘l qo‘yilgan buzilishlarini bartaraf etish yoki boshqa lizing obyektini qabul qilish bo‘yicha taklifga norozilik bildirilgan bo‘lsa, nizo mazmunan ko‘rilishi lozim.
Sudlar lizing oluvchining lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganligi sababli o‘zi ilgari avans sifatida to‘lagan to‘lovlarni undirish haqidagi talabini ko‘rishda, avans to‘lovi lizing oluvchining lizing obyektidan foydalanishdan olingan foydaning qiymatini chegirib tashlagan holda qaytarilishi mumkinligiga e’tibor berishlari lozim.
FK 420-moddasining birinchi qismi mazmunidan kelib chiqib, avans (oldindan to‘langan summa) deganda, lizing oluvchi tomonidan lizing obyektini qabul qilib olinguniga qadar to‘langan summa tushunilishi lozim.

Yüklə 260,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə