Mavzu: Lizing munosabatlari va ularni rivojlantirish istiqbollari Reja


LIZING MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLUVCHI QONUN HUJJATLARI NORMALARINI IQTISODIY SUDLAR TOMONIDAN QO’LLANILISHINING AYRIM MASALALARI HAQIDA



Yüklə 260,66 Kb.
səhifə5/11
tarix21.12.2022
ölçüsü260,66 Kb.
#97508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Lizing munosabatlari va ularni rivojlantirish istiqbollar

LIZING MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLUVCHI QONUN HUJJATLARI NORMALARINI IQTISODIY SUDLAR TOMONIDAN QO’LLANILISHINING AYRIM MASALALARI HAQIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy sudlar tomonidan lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
1. Sudlarning e’tibori, lizing shartnomalaridan kelib chiqadigan munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), “Lizing to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinishiga qaratilsin.
2. Qonun 2-moddasining birinchi qismiga ko‘ra lizing — moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Muddatni hisoblashda sudlar inobatga olishlari kerakki, shartnomani amal qilish muddati joriy yil muayyan oyining tegishli sanasidan keyingi yil shu oyining shu sanasigacha belgilanganda 12 oyga tenglashtirilgan deb tan olinadi (masalan, 2017-yil 5-fevraldan 2018-yilning 4-fevralgacha);
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi balan to‘ldirilgan)
FK 364-moddasining birinchi qismida agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanishi nazarda tutilgan.
Sudlar lizing shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda ushbu shartnomada Qonun 9-moddasining uchinchi qismida sanab o‘tilgan muhim shartlar nazarda tutilgan bo‘lishi lozimligiga e’tibor qaratishlari kerak.
3. FKning 588-moddasi hamda Qonunning 3-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk lizing obyektlari bo‘lishi mumkin.
Sudlar nazarda tutishlari kerakki, Qonunga ko‘ra yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan boshqa mol-mulk lizing obyektlari bo‘lishi mumkin emas. Bunday mol-mulk lizing obyekti sifatida shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa, shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy emas deb hisoblanadi. Ushbu mol-mulklar bo‘yicha tuzilgan lizing shartnomasining haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash sudning huquqi ekanligidan kelib chiqib, ushbu masala sudlar tomonidan muhokama qilinishi mumkin.
Shuni inobatga olish lozimki, korxona, mulkiy kompleks, bino, inshoot lizing obyekti sifatida lizing oluvchiga topshirilgan taqdirda, lizingga berilgan muddatga yer uchastkasining ana shu ko‘chmas mulk joylashgan va undan foydalanish uchun zarur qismiga bo‘lgan foydalanish huquqi ham lizing oluvchiga o‘tadi.
4. FKning 590-moddasi va Qonunning 22-moddasiga muvofiq lizing to‘lovlari lizing beruvchiga lizing obyekti qiymatining lizing oluvchi tomonidan qoplanishidan, shuningdek lizing beruvchining foizli daromadidan iborat bo‘ladi. Bunda sudlar inobatga olishlari kerakki, lizing obyekti qiymati lizing beruvchining ushbu mulkni sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari (yetkazib berish, transport xarajatlari, montaj ishlari va boshqalar)ni o‘z ichiga oladi.
5. Sudlar lizing subyektlari tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi sababli kelib chiqadigan nizolarni hal etishda lizing subyektlarining huquqlari va majburiyatlari haqidagi qonun normalari hamda shartnoma shartlarini chuqur o‘rganishlari lozim.
Bunda sudlar e’tiborga olishlari kerakki, lizing munosabatlari FK 34-bobining 6-paragrafi va Qonunning qoidalariga zid bo‘lmagan FK 29-bobining 1-paragrafi hamda 34-bobining 1-paragrafi normalari bilan ham tartibga solinadi.

Yüklə 260,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə