Mavzu: “Madaniyatshunoslik” fanining predmeti, ob’ekti, nazariy masalalari va taraqqiyot qonuniyatlari. Mavzu rejasi



Yüklə 162,01 Kb.
səhifə4/8
tarix08.05.2023
ölçüsü162,01 Kb.
#109208
1   2   3   4   5   6   7   8
Madaniyatshunoslik

chiqaruvchi) insonning o‘zi hisoblanadi. Moddiy madaniyatning bu sohasi insoniyatning shunchaki biomavjudotlik muammolarini tadqiq qilmasdan, balki avlodlarning o‘zaro munosabatlari muammolarini ham tahlil qiladi.
Inson ulg‘ayishi va qaysi jamoaga mansubligi jihatidan boshqa jamiyat madaniyati ta’siri sifatida ham shakllanishi mumkin. Ba’zan insonning ikki turdan ham ko‘proq madaniyatga mansubligi uni ko‘p tomonlama, turli madaniy olamga mansub qiladi. Ammo, bunda ma’lum xavf ham yashiringan bo‘ladi. Ya’ni, ulg‘ayuvchi avlod o‘z jamiyatida yashash jarayonida begona madaniyatlarning salbiy tomonlari ta’sirida o‘zining madaniyat manbaidan ayrilishiga, o‘z etnik an’analarini tushunmasligiga olib keladi. O‘z milliy madaniyatidan mahrum kishi manqurtga aylanadi va har qanday madaniyatga ham befarq munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun ham madaniy meros va an’analar milliy madaniyatning yashovchanligida o‘ta muhim omil hisoblanadi.
Moddiy madaniyatning uchinchi sohasi doirasiga inson hayot faoliyatining genetik (irsiy), jismoniy (somatik), tibbiy-biologik xususiyatlari haqidagi, jamiyatda yuzaga keladigan va tarixiy taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlari aks etuvchi madaniy an’analar va sog‘lom odatlarga to‘g‘ri keladigan insonning tartibli
ovqatlanish va turmush tarzi haqidagi bilimlar majmui bo‘lgan inson ekologiyasi muammolari ham mansub.
Umuman, moddiy madaniyatga mehnat madaniyati, ishlab chiqarish madaniyati, hunarmandchilik-amaliy san’at, turmush madaniyati, ekologik
madaniyatlar kiradi. Ishlab chiqarish vositalari moddiy madaniyatning muhim qismidir. Zamonaviy texnika yutuqlari jamiyat moddiy madaniyatining asosini belgilovchi jihatdir. Maishiy turmushdagi iste’mol buyumlari ham har bir xalqning
mezon, ekologik tafakkurning keng qo‘lamda yoyilishini amalga oshirish zarur.
buyumlari majmuidangina iborat bo‘lmay, ularni ijodiy o‘zlashtirish, yangidan yaratish, ulardan mukammal foydalanish usullari hamdir. Bunda ijodiy salohiyat, malaka va g‘oya, reja va loyihalar moddiylashib, shaxs, jamiyat, millat, xalq, davlat umuminsoniy mazmun kasb etadi.
Ma’naviy madaniyat ancha ilgari o‘rganila boshlangan. Insoniyat tarixining boshlaridan kishilar ma’naviy madaniyatni belgilashga, uning shakllanish sabablarini aniqlanishga, ma’naviy boylik ijodkori va yaratuvchilari qanday sifatlarga ega bo‘lishlari kerakligi va ma’naviy ijodkorlik jarayonini tushuntirishga uringanlar. Ilgari mavjud bo‘lmagan madaniyat hodisasini vujudga keltirishga
xizmat qiluvchi ijodiy kuchlar hayolot, fantastik tadqiqotlarga e’tiborlarini qaratadi. Insondagi barcha qobiliyat tabiatan mavjud bo‘lib, uning shakllanishi insonning paydo bo‘lish davridan boshlangan. Insondagi ajdodlardan qolgan yovvoiylik xususiyatlari tabiat bilan doimiy o‘zaro hamkorlikda, olam sirlarini idrok etish davomida yo‘qolib, bilimi rivojlandi. Insondagi jismoniy va ruhiy jihatlar
takomillashib, intelektual va hissiy imkoniyatlar kuchayib bordi.

Yüklə 162,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə