Mavzu: “Madaniyatshunoslik” fanining predmeti, ob’ekti, nazariy masalalari va taraqqiyot qonuniyatlari. Mavzu rejasi


Madaiyatshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqadorligi



Yüklə 162,01 Kb.
səhifə6/8
tarix08.05.2023
ölçüsü162,01 Kb.
#109208
1   2   3   4   5   6   7   8
Madaniyatshunoslik

4. Madaiyatshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
Madaniyatshunoslik fani boshqa gumanitar fanlar bilan bevosita bog‘liq holda o‘rganiladi.
Madaniyatshunoslik gumanitar fan sifatida falsafa fani bilan yaqin
aloqadordir. Falsafa fanining asosiy masalasi ruh yoki materiya birlamchimi degan masala emas, balki insoniyat hayotining ma’no-mazmuni masalasidir. Aynan bu
masala bilan madaniyatshunoslik fani ham shug‘ullanadi. Falsafa fani olamda insonning o‘rni, jamiyat taraqqityoti haqida mulohaza yuritadi, jamiyat taraqqiyotining umumiy qonunlarini tadqiq qiladi. Bu masalalarni tadqiq qilish u yoki bu darajada madaniyatshunoslikka ham xosdir. Falsafa fanining vujudga kelishi va rivojlanishining o‘zi madaniyat taraqqiyotining mahsulidir.
Madaniyatshunoslik sotsiologiya fani bilan ham yaqin aloqadordir. Negaki, sotsiologiyaning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayoti, jamiyatda kishilarning mavqei
haqida to‘plagan ma’lumotlaridan madaniyatshunoslik fanida foydalaniladi.
Umumnazariy xulosalar chiqarishda sotsiologik materiallar dalil sifatida xizmat qiladi.
Madaniyatshunoslik fani Politologiya (siyosatshunoslik) fanining davlat qurilishi va tuzilishi, siyosiy rejimning turlari va xususiyatlari, jamiyatni siyosiy boshqarish usullari haqidagi ma’lumotlariga asoslanadi, ularga tayanib umumiy nazariy xulosalar chiqiradi.
Madaniyatshunoslik fani insonning ichki dunyosi haqida fikr yuritishda psixologiya fani yutuqlaridan, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi turmush tarzi, urf-odatlarni, milliy madaniy mentalitetlarni tasvirlashda etnografiya fani
ma’lumotlariga asoslanadi.
Madaniyatshunoslik fani tarix fani bilan bevosita bog‘liqdir. Madaniyatshunos jahon xalqlari tarixini yaxshi bilmog‘i zarur. Busiz insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida shakllangan tarixiy madaniyat turlarini, ularning
xususiyatlarini, u yoki bu davrga xos madaniy mentalitetni tasvirlay olmaydi. Insoniyatning shakllanishi va taraqqiyoti haqidagi tarixiy faktlar, voqea-hodisalarni bilish madaniyatning kelib chiqishi va rivojlanishi jarayoni to‘g‘risida nazariy xulosalar qilishga, madaniy taraqqiyotga xos qonunlar chiqarishga ko‘maklashadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda madaniyat tarixi madaniyatshunoslik fanining tarkibiy qismidir. Shuningdek, madaniyatshunoslik fani boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan ham yaqindan aloqadadir.
Madaniyatshunoslik pedagogika, inson tarbiyasi bilan bog‘liq boshqa fanlarning yutuqlaridan ham foydalanadi. Hozirda inson tarbiyasi muammolari bilan
shug‘ullanuvchi ikki yuzga yaqin fan sohalari va nazariyalari mavjud. Ba’zan ular qatoriga madaniyatshunoslikni ham kiritishadi. Bu bejiz emas, chunki,
madaniyatshunoslikning bosh vazifasi o‘ziga xos vositalar orqali atrof-muhitni insoniylashtirish, ya’ni inson kamolotini oliy maqsad qilib qo‘ygan muhitni shakllantirishdir. Madaniyatshunoslik o‘z tadqiqot ob’ektlarini shunchaki o‘rganib qolmaydi, u jamiyatni inson va taraqqiyot manfaatlari nuqtai nazaridan o‘zgartirish, insoniylashtirish yo‘llarini ham yoritib beradi.
Insondagi birinchi ijtimoiy ehtiyoj tarbiyaga yoki tarbiyalanishga
bo‘lgan ehtiyojdir. Bu ehtiyojni hamma ham, ayniqsa, go‘dakligi va bolaligida zarur
narsa sifatida qabul qilavermaydi, shuningdek, madaniyatni ham. Demak, tarbiya, madaniyat ham, insoniyatning mavjudlik, barhayotlik sharti sifatida jamiyatning ongli va madaniyatli qatlamlari tomonidan yaratiladi hamda yoshlarga singdiriladi. Tarbiya ob’ektida ijobiy fazilatlarni va ijodiy hislatlarni shakllantirish- pedagogikaning ham, madaniyatshunoslikning ham vazifasi. Madaniyatshunoslikning amaliyot bilan bog‘liq yo‘nalishi —"prikladnaya kulturologiya" (amalda tatbis qilinadigan, amaliy madaniyatshunoslik) xuddi shu
joyda pedagogika bilan hamkorlik qiladi, uning boy tarbiyaviy ta’sir usullaridan foydalanadi.

Yüklə 162,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə