Mavzu: “Madaniyatshunoslik” fanining predmeti, ob’ekti, nazariy masalalari va taraqqiyot qonuniyatlari. Mavzu rejasi


Madaniyat tushunchasi. Madaniyatning tarkibiy qismlari, asosiy qonuniyatlari



Yüklə 162,01 Kb.
səhifə3/8
tarix08.05.2023
ölçüsü162,01 Kb.
#109208
1   2   3   4   5   6   7   8
Madaniyatshunoslik

2. Madaniyat tushunchasi. Madaniyatning tarkibiy qismlari, asosiy qonuniyatlari.
Madaniyatshunoslik fanini o‘rganishda madaniyat so‘zining ma’no- mazmunini bilish, idrok qila olish muhim o‘ringa ega. Madaniyat so‘zi Madina
shahri nomi bilan bog‘liq holda kelib chqqan. Madina – to‘liq arabcha nomi Madinat-Rasulilloh, ya’ni payg‘ambar shahri hisoblanib, obodonchiligi, ko‘rkamligi bilan Arabistondagi aholi yashaydigan manzilgohlardan ajralib turar edi. Shuningdek, Madina Makkadan keyin musulmonlar ibodat qiladigan eng yirik shahardir. Shu tariqa madaniyat so‘zi bizning o‘lkamizga Madina shahri nomi bilan,
islom dini bilan bog‘liq tarzda kirib kelgan.
Fanda, odamlar o‘rtasidagi muloqatda madaniyat so‘zi bilan bir qatorda kultura so‘zi ham ishlatiladi. Kultura so‘zi lotincha «culture» so‘zidan olingan bo‘lib, «ishlov berish», «ekib o‘stirish» ma’nosini bildiradi. Rus faylasuflari
N.Berdyaev va V.Rozinovlar «kultura» so‘zining «kult» ya’ni diniy ibodat, sig‘inish so‘zidan kelib chiqqanligini qayd etganlar.
Hozirgi paytda insoniyat faoliyatining ko‘pgina sohalarida madaniyat yoki kultura so‘zi qo‘llaniladi. Qadimgi Rimda madaniyat deganda shaxsning
tarbiyalanganlik, ma’rifatlilik darajasi tushunilgan. Keyinroq madaniyat deganda shaxsning qadr-qimmati, takomilligi tushunilgan. Nemis faylasufi F.Shiller kishilardagi insoniylik fazilatlarini, uning ichki dunyosi, ma’naviylik darajasini madaniyat deb tushuntirgan. Amerikalik madaniyatshunos olim Eduard Teylor (1832-1917) madaniyat atamasini ilm-fanga kiritdi. Teylor o‘zining «Pervobitnaya kultura» (1871) asarida: «madaniyat keng ma’noda kishining jamiyat a’zosi sifatida o‘zlashtirgan bilimi, e’tiqodi, san’ati, axloq-odobi, qonun-qoidalari va boshqa bir qator g‘obiliyatlari va odatlari yig‘indisidan tashkil topadi», deb ta’kidlaydi.
Faylasuf va madaniyatshunos V.M.Rozin iborasi bilan aytganda «qancha yirik
madaniyatshunos bo‘lsa shuncha nazariyalar, tushunchalar mavjud» (V.M.Rozin. Kulturologiya. Uchebnik. –M., 1998, 49-bet). Darhaqiqat, E.Teylor zamonida madaniyatning 7 ta ta’rifi bo‘lgan bo‘lsa, 1950 yillarda uning soni 150 taga, hozirgi kunda esa madaniyatga berilgan tushunchalar soni 400 taga yetadi. Bu ta’riflar umumlashtirilsa madaniyat so‘zining ma’no-mazmunini quyidagicha tushunish mumkin:
  • Madaniyat – uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar, asori-atikalar yig‘indisi.
  • Madaniyat – u yoki bu jamiyatga xos falsafiy qarashlar, ilm, fan, maorif, san’at, axloq, din, huquq, siyosat, maishiy xizmat ko‘rsatish darajasini aks ettiruvchi omillar, ijtimoiy taraqqiyot darajasi.
  • Madaniyat – insonlar hayotida, jamiyat rivojida shakllangan milliy, umuminsoniy qadriyatlar majmui.
  • Madaniyat - har bir kishining tarbiyalanganligi, insoniylik fazilatlari va ijodiy faoliyatining ifodasidir.

  • Umuman olganda, madaniyat, yuqorida tilga olganimizdek, ko‘p qirrali tushunchasi Bizningcha, madaniyat- bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar majmui. Insonlarning asrlar davomida o‘zlari uchun farovon jamiyat, go‘zal hayot barpo etish yo‘lidagi intilislari samarasi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va maishiy hayotda erishgan yutuqlari.
    Madaniyat deganda, yana shuni anglash kerakki, u insonlar tomonidan to‘plangan bilim, tajriba, an’ana, udum, jamiki qadriyatlardir.
    Madaniyat o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi.Uning paydo bo‘lishi tarixiy, ijtimoiy jarayon bo‘lib, uning asosini inson tafakkuri, ongi, aqli, ijodiy salohiyati, mehnati belgilaydi. Madaniyat –inson tafakkuri, mehnatining, aqliy, ijodiy salohiyatining mahsuli. Madaniyatning yuzaga kelishida inson tuyg‘ulari, orzu-
    havaslari, faoliyati muhim ahamiyatga ega. Madaniyat inson qalbida vujudga kelgan
    nozik tuyg‘u-go‘zallik ifodasidir. Madaniyat bu-san’atdir.

Inson bor ekan, madaniyat bor. Har ikkalasini ayro holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘z navbatida madaniyat inson kamolotiga xizmat qiluvchi muhim omildir.
Madaniyatni go‘yoki, tirik organizmga qiyoslash mumkin. Chunki madaniyat tirik organizm kabi shakllanadi, rivojlanadi, ba’zan tanazzulga ham uchraydi. Madaniyatning rivojlanishi yoki tanazzulga yuz tutishi odamlrning unga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Bunga tarixda sodir bo‘lgan, hozirda ham davom etayogan urushlarni misol qilib keltirish mumkin. Qayerdaki tinchlik bo‘lsa, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy barqarorlik va madaniyatga e’tibor bo‘lsagina madaniyat
rivojlanadi, taraqqiy etadi.
Madaniyat asrlar davomida ajdodlardan avlodlarga qoldiriluvchi meros hamdir. Madaniyat rivojlanib, yangilanib boradi. Shu asosda insonlar hayotini, jamiyat taraqqiyotining muayyan holatini o‘zida ifodalaydi.
Madaniyat alohida soha. O‘ziga xos tarkibiy tuzilmalardan iborat muayyan tizim. Uning tarkibini madaniyat institutlari, ijtimoiy munosabatlar tamoyili, kommunikatsiya tashkil qiladi.
Madaniyatni qo‘llanilishiga qarab shaxsiy, oilaviy, kasbiy, tabaqaviy, milliy
madaniyat, jamiyat madaniyati, umuminsoniy madaniyat kabi shakllarga bo‘lib o‘rganish ham mumkin. Kundalik hayotda «muomala madaniyati», «mehnat madaniyati», «nutq madaniyati», «ishlab chio‘arish madaniyati», «xizmat ko‘rsatish madaniyati», «dam olish madaniyati», «huquqiy madaniyat» kabi tushunchalar ham qo‘llaniladi.
Madaniyat qo‘llanishiga ko‘ra, quyidagi ob’ektlarni qamrab oladi va bu kundalik turmush bilan bog‘langan:
  • individual madaniyat - alohida olingan bir shaxs madaniyati;
  • ma’lum ijtimoiy tabaqa madaniyati - milliy, tabaqaviy, kasbiy, oilaviy madaniyat;

  • v) mintaqaviy madaniyat– ma’lum bir hudud va zamon bilan
    chegaralanmagan muayyan jamiyat madaniyati;
    g) umuminsoniy madaniyat.
    Madaniyatni qo‘llanishi jihatidan yuqoridagi turlarga bo‘linsa-da, bu itimoiy
    taraqqiyot tafovutlarni yo‘qotmaydi, balki, aksincha, tafovutlarning xilma-xilligini yanada kengaytiradi. Shuning uchun tafovutlarni tobora chuqurroq o‘rganish madaniy taraqqiyot to‘g‘risidagi tasavvurimizning kengayib borishiga xizmat qiladi.
    Madaniyat turli belgilariga ko‘ra, quyidagi tarkibiy qismlarga, shakllarga va ko‘rinishlarga bo‘linadi:
    1. Madaniyat sohalari bo‘yicha quyidagicha tasnif qilinadi:

Iqtisodiy madaniyat - (bu soha ishlab chiharish madaniyati, taqsimot madaniyati, ayirboshlash madaniyati, iste’mol madaniyati, boshqaruv madaniyati, mehnat madaniyati kabi turlarni o‘z ichiga oladi).
Siyosiy madaniyat- jamiyatda siyosiy madaniyat taraqqiyot ko‘rsatkichlari – shaxsning fuqarolik va siyosiy huquqlari borligidir. Bu huquqlar xalqaro mezonlarga mosligi, amalda qo‘llanishi, partiyalar o‘rtasidagi kurashlarning usul va shakllari va hokazolar bilan belgilanadi.
Siyosiy madaniyat - insonlarning siyosiy manfaatlari, e’tiqodlari, maqsadlarini ifodalovchi siyosiy-huquqiy g‘oyalar majmui hamdir. Siyosiy madaniyat ma’naviy
qadriyatlarga aloqadordir. Bu madaniyat turi tarixiy taraqqiyot jarayonida jamiyatning ijtimoiy tabaqalari manfaatlariga, jamiyatning siyosiy faoliyatiga bog‘liq holda vujudga keladi. Siyosiy madaniyat inson faoliyatining bir ko‘rinishi bo‘lib, uning tabiatida qayta yaratish va uni tarbiyalash jarayonlarini qamrab oladi.
Siyosiy faoliyat amaliy jihatdan ijtimoiy guruhlarning siyosiy hokimiyatga
ta’sirida namoyon bo‘ladi. Ma’naviy tomondan esa, tabaqalashtirilgan ijtimoiy munosabatlarni anglab yetish, dasturlar ishlab chiqish, muayyan siyosiy g‘oyalarni targ‘ib qilishni nazarda tutadi. Mafkura, siyosiy tajriba va an’analar, siyosiy
tashkilotlar, siyosiy faoliyat kabilar siyosiy madaniyatni hayotga tatbiq qilish omillaridir.
Axloqiy madaniyat – jamiyat, sotsium, individlar tomonidan axloqiy kamolat me’yorlariga erishish darajasidir. Kundalik turmushda, kishilar faoliyatida amal qiladigan va o‘zlashtiriladigan axloqiy qadriyatlar axloqiy kamolat me’yorlari bilan bog‘liqdir. Axloqiy madaniyat tarkibiga axloqiy ong, axloqiy munosabat va axloqiy faoliyat kiradi.
Axloqiy ong tarixan o‘zgaruvchi axloqiy munosabatlarni anglatib, axloqiylikning sub’ektiv jihatidir. Voqelikka va inson faoliyatiga qadriyat tarafidan munosabatda bo‘lish axloqiy ongning muhim hususiyatidir.
Axloqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning alohida ko‘rinishi bo‘lib, axloqiy faoliyatga bog‘liq holda kishilar o‘rtasida tarkib topadigan o‘zaro bog‘liqlik va aloqalar yig‘indisidir.
Axloqiy faoliyatda inson yoki jamiyatning axloqiy ongi, axloqiy munosabatlari
yaxlit namoyon bo‘lib, axloqiy talablar, fazilatlar insonparvarlik mohiyatini kasb etadi. Axloqiy faoliyat: axloqiy bilimlarni egallash; axloqiy tuyg‘ularni shakllantirish; o‘zini tarbiyalash; mehnatga mehr; axloqiy tarbiyalanganlik va hakozolardan tashkil topadi.
Axloqiy me’yorlar va qoidalar o‘zida aniq tarixiy mazmun, muayyan jamiyatning ijtimoiy holatini aks ettiradi. Axloqiy madaniyat inson hulqining aniq ko‘rinishiga ega bo‘lmasdan mavjud bo‘la olmaydi. Axloqiy madaniyat axloqiy
ongdan tashqari kishilarning hulqi orqali reallashadi.
Jamiyatning axloqiy madaniyati mazmunan individ axloqiy madaniyatidan farq qiladi. Jamiyat axloqiy madaniyati axloqiy qadriyatlar tizimini ifodalaydi, shaxs axloqiy madaniyatida esa ana shu tizimning jihatlari individuallikda aks etadi. Bu ikki jihat bir-birini taqozo qiladi, bir-birini boyitadi.
Estetik madaniyat insonning ma’naviy-hissiy faoliyati bilan bog‘langan munosabat va qadriyatlar tizimini ifodalaydi. Estetik madaniyat sohasi-bu, insonning tevarak atrofini o‘rab olgan voqelikka nisbatan bo‘ladigan munosabatida o‘zini erkin namoyon etishdir. Bu erkinlikning mohiyati shundaki, inson predmetga, uning jinsi va turiga mos me’yorni topib gavdalantiradi, uni qayta ishlaydi.
Estetik madaniyat jamiyat madaniyatining ixtisoslashtirilgan qismi bo‘lib, uning holatini san’at va estetik munosabatlar rivojlanishi bilan bog‘lab tushuntirish mumkin.
Estetik munosabatlar va unga muvofiq keladigan estetik qadriyatlar tizimi
estetik madaniyatning unsurlari hisoblanadi. Estetik madaniyatning xususiyatlari esa uning negizini tashkil etuvchi faoliyatning o‘ziga hosligi bilan shartlangandir. Faoliyat amal qilmog‘i uchun: faoliyat sub’ekti, faoliyat ob’ekti, faoliyatning o‘zi bo‘lishi kerak.
Madaniyat tizimida fan - moddiy va ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib, fan ma’naviy ishlab chiqarishning mahsuli sifatida o‘zida insonning mohiyatli kuchlarini ifoda etib, madaniyat hodisasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Fan madaniyat hodisasi sifatida bilimlarni ishlab chiqarish hususiyatlari nazarda tutiladi. Har qanday tasavvur va bilimlar singari fan ham ijtimoiy praktika,
ijtimoiy ehtiyoj tufayli yuzaga keladi.1
Madaniyat tizimida din- insonning e’tiqod ramzi, oxirat va hayot tasavvurlarining
ma’naviy va moddiy madaniyat sifatida namoyon bo‘lishidir. Shuningdek, din barcha jamiyatlarda axloqni shakllantiruvchi soha bo‘lib keldi va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishlarga ega bo‘ldi. Ibtidoiy davrlardan boshlab madaniyatning tarkibiy qismi sifatida shakllanib, jahondagi yirik madaniyatlar: budda, xristianlik, islom tsivilizatsiyalarini yaratdi.
Kasb mahorati madaniyati- aniq mehnat turi bilan bog‘liq maxsus nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar yig‘indisidan iborat.
Pedagogik mahorat madaniyati – ilmiy bilimlarni va axloqiy qadriyatlarni mazkur jamiyatdagi yosh avlodga yetkazishdan iborat.
Ekologik madaniyat – inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni qamrab oladi. Bu soha «Madaniyatshunoslik»ka oid tadqiqotlarda eng faol rivojlanib
borayotgan sohadir. Ekologik madaniyatga, ayniqsa g‘arb olimlari alohida yondashib, atrof-muhit omillaridan kelib chiqqan holda madaniyatning turli shakllarini tahlil qiladilar. Bu tahlillarga binoan, madaniyat tabiiy sharoitlarga
1 M.Аbdullаеv. Mаdаniyatshunоslik аsоslаri. Fа rg’оnа, 1998 y., 40-bеt.
ko‘nikish vositasi sifatida tushuniladi. Xo‘jalik, yashash binolari, mehnat qurollari, kiyim va urf–odatlar ma'lum darajada iqlim, geografik joylashuv, o‘simliklar va hayvonot olami, temperatura va boshqa ob’ektiv sabablar bilan belgilanadi. Jumladan, Osiyo va Afrikaning sahro va cho‘l hududlarida sut mahsulotlari go‘sht maqsulotlariga qaraganda muhim o‘rin egallaydi. Dunyoning boshqa hududlarida esa, o‘simlikdan tayyorlangan ovqat go‘shtli ovqatlarga nisbatan yuqori o‘rinda turadi.
Umuman, insoniyat yer yuzida olg‘a siljishi natijasida uning tabiat bilan yoki ma'lum geografik sharoit bilan bog‘liq xo‘jalik–madaniy ko‘rinishi paydo bo‘lgan.
Insonlar ma'lum geografik sharoitga mos tarzda yashash tarzini yaratganlar.
Ko‘rinishlari bo‘yicha madaniyat quyidagicha tasnif qilinadi:
Ustun madaniyat – polietnik jamiyat a'zolarining ko‘pchiligi istifoda etadigan qadriyatlar, ishonch–e'tiqodlar, an'ana va urf–odatlardan iborat.
Qishloq madaniyati – faqat qishloq joyda doimiy yashab, qishloq xo‘jaligi bilan mashg‘ul bo‘lgan odamlar o‘rtasidagi munosabatlar, hayot tarzi va boshqalardan iborat.
Shahar madaniyati – yirik va qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydigan
sanoat va ma'muriy markazdir. Hamma shahar aholisi uchun yagona madaniyat mavjud emas. Chunki shaharlar faqat geografik va geopolitik (Yevropa va Yaponiyaga yaqinligi) aholi miqdori, shahar kengligi bilangina emas, balki ishlab chiharish sohasiga ko‘ra ham farq qiladi: to‘qimachilik sanoati, konchilik sanoati markazlashgan shaharlar, shaxtyorlar shahri, avtomobil ishlab chiharishga ixtisoslashgan shaharlar, ilm–fan markazlari bo‘lgan shaharlar, kurort shaharlar, bularning har birida o‘ziga xos madaniyat mavjud.
Odat madaniyat – inson yashab turgan ijtimoiy va milliy muhitda kundalik hayot ko‘nikmalarini egallashdan iboratdir. Bu madaniyat ko‘rinishi oilada, tengdoshlar, qarindosh-urug‘lar davrasida yuz beradigan muloqotdan, maktab ta'limidan va ommaviy axborot vositalari orqali olingan ommabop bilimlar va ko‘nikmalardan iborat bo‘ladi.
Ixtisoslashgan madaniyat – fan, san'at, falsafa, huquq, din kabilarga oid bilimlarni to‘liq egallagan va o‘z sohalari bo‘yicha egallagan bilimlari orqali alohida
guruhlarni tashkil qiladigan vakillarning kasb mahoratidir.
Madaniyat paydo bo‘lishi va darajasiga ko‘ra, quyidagi shakllarga ega:
Yuksak (xos) madaniyat – oddiy odamlar tushunishi qiyin, jamiyatdagi maxsus ijodkorlar yaratgan madaniyat shaklidir. Bu madaniyat shakli nafis san'atni,
mumtoz musiqani va adabiyotni o‘z ichiga oladi.
Xalq madaniyati – ommaviy va xalq oqzaki ijodi madaniyatini o‘z ichiga olgan madaniyat shakllari bo‘lib, keng ommaning mehnati va turmushiga bog‘liq
holda yaratilgan qadimiy ijod namunalaridir. Xalq madaniyatining bu shakliga
chiqarishning barcha vositalari, turar joylar, aloqa vositalari, texnika qurilmalaridir.
bugungi turmush tarzi, urf–odatlar, qo‘shiqlar, folklor ansambllari, xalq og‘zaki ijodi janrlari – afsonalar, ertaklar, eposlar va boshqa janrlar mansub.
Ommaviy madaniyat – baynalmilal va milliy ko‘rinishga ega bo‘lib, keng auditoriyaga mo‘ljallangan, muallifi mavjud, odamlarning talab va ehtiyojlarini bir zumda qondiradigan har qanday yangi hodisalarga ta'sir bildirib, ularni aks ettiradigan madaniyat shaklidir. Estrada, sirk, radio, televideniye va boshqa ayrim musiqa turlari shu madaniyatga aloqadordir.
Bulardan tashhari, badiiy madaniyat va jismoniy madaniyat kabi kompleks ko‘rinishlar ham bor. Mutaxassislar va havaskorlar yaratgan ijod namunalari badiiy
madaniyatga mansub. San'at ham badiiy madaniyatning bir qismidir. Jismoniy madaniyat keng ma'noda tanani jismoniy mashqlar yordamida tarbiyalash, sportga asosiy mashg‘ulot turi sifatida qarash, sog‘lom turmush tarzini kechirish, ya'ni chekish, ichkilikbozlikdan voz kechib, jismoniy mashqlar, kulturizm bilan
shug‘ullanishdan iborat.
Moddiy madaniyat va ma’naviy madaniyat-madaniyatshunoslikning asosiy ikki sohasi bo‘lib, bir-biri bilan o‘zaro aloqada, o‘zaro ta’sirda va bir-birini taqozo qilgan holda rivojlanadi. Moddiy madaniyat har doim ma’lum bir ma’naviy
madaniyatning timsoli hisoblanadi, o‘z navbatida ma’naviy madaniyat ham qaysidir narsa, belgi, tasvir, ramzlarda moddiy uyg‘unlikda mujassam bo‘ladi. Ma’naviy madaniyat asosan insoniy fazilatlarga bog‘liq bo‘lib, ruhiy olam kamolotini ifodalaydi.
Moddiy madaniyatning ma’naviyatdan tarixan ayriligi faqat insoniyat taraqqiyotining boshlang‘ich davrlariga xosdir. Jamiyatda ma’naviy faoliyat maxsus sohaga aylangach, axloqiy mezonlar, din, san’at, huquq, siyosat, fan shakllanib,
ma’lum doiradagi kishilar bu soha bilan shug‘ullana boshladi.
Fanda madaniyat deganda uzoq vaqtlargacha faqat moddiy madaniyat nazarda
tutildi. Negaki, borliqni fan-texnika taraqqiyoti belgilaydi deb hisoblandi. Shuning uchun, birinchi o‘rinda ilmiy tadqiqotlarning asosi biologiya, geometriya, zoologiya, matematika, fizika, himiya bo‘lib keldi. Natijada, jamiyatning ma’naviy hayotini, uning iqtisodiyotini o‘rganishga yetarli e’tibor berilmadi.
Industrial jamiyatning vujudga kelishi, uning texnikaviy taraqqiyoti va
texnologiyalarini tezda almashishi madaniyatshunoslarni insoniyatning barcha moddiy madaniyatini o‘rganishga undadi.
Kishilarning amaliy qayta o‘zgartiruvchilik faoliyati, ularni ijtimoiy ishlab chiqarish va takroriy ishlab chiqarish bilan bog‘liqligi, moddiy madaniyatning
o‘ziga xos sohalarga bo‘linishi madaniyatshunoslikda muayyan tadqiqotlarga zaruriyat tug‘dirdi.
Moddiy madaniyatning birinchi sohasi — bu mehnat qurollari ishlab
moddiy hayot darajasini belgilaydi. Moddiy madaniyat ishlab chiqarish va iste’mol
Xullas, sun’iy yasalgan narsalarning barchasi, shuningdek, moddiy madaniyatning bu qismi ishlab chiqarish texnikasi madaniyati yoki jamiyat hayotining moddiy texnik asosi deb ataladi. Ishlab chiqaruvchi texnika madaniyatining maxsus qismini ishlab chiqarish texnologiyalari, mehnat faoliyatida ishtirok etuvchilarning ijodiy ko‘lami, ularning texnik bilimi, ishlab chiqarish madaniyati, jismoniy va ruhiy imkoniyatlari tashkil qiladi.
Moddiy madaniyatning ikkinchi sohasi ijtimoiy hayot va uning barcha tarmoqlarining me’yoriy faoliyatini ta’minlovchi ko‘plab ijtimoiy institutlar, tashkilot va muassasalar faoliyati bilan bog‘liq. Bu turli hokimiyat tuzilmalari va
unga munosib boshqaruv shakllari, ijtimoiy tashkilotlar, ta’lim, yosh avlodni tarbiyalash va ta’lim berish, sog‘liqni saqlash va dam olish, bo‘sh vaqt va ko‘ngil ochish muassasalari tizimi kabi barcha ijtimoiy institutlar bo‘lib, ular amalda jamiyat madaniyatini saqlaydi, o‘zgartiradi va qayta shakllantiradi.
Moddiy madaniyatning uchinchi sohasi (ishlab chiqaruvchi va qayta ishlab

Yüklə 162,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə