Mavzu: “Madaniyatshunoslik” fanining predmeti, ob’ekti, nazariy masalalari va taraqqiyot qonuniyatlari. Mavzu rejasi



Yüklə 162,01 Kb.
səhifə7/8
tarix08.05.2023
ölçüsü162,01 Kb.
#109208
1   2   3   4   5   6   7   8
Madaniyatshunoslik

San’atshunoslik estetika, tasviriy san’at asoslari, teatrshunoslik, musiqa nazariyasi kabi fan sohalarini o‘z ichiga oladi. San’at va ijod esa o‘z navbatida madaniyatshunoslikning ham ob’ektidir. Go‘zallik ijod qilish, kishilarning his- tuyg‘ularini o‘stirish, ularni ranglar, ohang va tovushlar rang-barangligini ilg‘ashga o‘rganish muammolari madaniyatshunoslikni ham qiziqtiradi. U xalq amaliy san’ati, xalq musiqasi va qo‘shiqchiligi an’analarini saqlab qolish hamda rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqadi.
Estetikaning go‘zallik va xunuklik, yuksaklik va tubanlik, kulguli va fojiaviylik, murattablik va nomurattablik kabi tushunchalarni madaniyatshunoslarga yon atrofdagi voqealarni, kishilardagi fazilatlarni bor ziddiyatlari bilan tadqiq etishga o‘rgatadi. Demak, mavjud ziddiyatlarni, qarama-qarshiliklarni, ularning ichki qonuniyatlarini hisobga olgandagina madaniyatshunoslik davr talablarini, hayot ehtiyojlarini va shaxs istaklarini ilg‘ab oladi, o‘zini ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan fan sohasi ekanligini isbotlaydi.
Madaniyatshunoslik fani badiiy adabiyot,adabiyotshunoslik va san’atshunoslik
bilan ham hamkorlik qiladi. Jahon adabiyotida tasvirlangan siymolar, turli qarashlarning to‘qnashuvi, inson hayotining rang-barang qirralari, inson ruhiy omili, ichki kechinmalari-shodligi va qayg‘usi, sevinch va o‘kinchi, mehr va qahri bor murakkabliklari bilan tasvirlangan yozma asarlar madaniyatshunosni ham hayotiy, ilmiy-nazariy boyitadi. Chunki, kitob insoniyat ijodiyotining chinakam hayratlanarli va e’tiborga loyiq ko‘rinishi hisoblanadi. Kitoblarda o‘tmish zamonlarning aql- idroki yashaydi, hoki tuproqlari tush singari allaqachonlar to‘zg‘ib ketgan odamlarning ovozi burro va aniq yangrab turadi. Zero, insoniyat yaratgan, qayta- qayta o‘ylab ko‘rgan va u erishgan narsalarning bari xuddi sehrli sandiqday kitoblar sahifasida saqlanib qolgan. Uzoq asrlardan bizgacha yetib kelgan madaniyat durdonalari, tafakkur kemalari bo‘lgan kitoblar hikmatlar xazinasi ekanligi haqida ajoyib fikrlar aytilgan.
Madaniyatshunoslik fani boshqa gumanitar fanlardan o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Madaniyatshunoslik fani ko‘p asrlik madaniyat tarixini aslida
qanday bo‘lsa shunday tasvirlaydi, madaniyatning mohiyati, xususiyatlari, tarkibiy tuzilishi, tadrijiy taraqqiyoti, muammolari, insoniyat hayotidagi roli to‘g‘risida yaxlit tasavvur beradi. Aynan shu fan barcha darajalardagi va turli mintaqalar madaniyatiga, uning alohida shaxslardan to butun insoniyatgacha bo‘lgan turli xil ob’ektlariga tadbiqan qo‘llash mumkin bo‘lgan eng umumiy madaniyatshunoslik qonuniyatlarini aniqlash imkoniyatiga ega.

Yüklə 162,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə