Mavzu: Maktab o’quvchilarida o’zini-o’zi baxolash dinamikasi


Tadqiqot ishining maqsadi



Yüklə 58,41 Kb.
səhifə2/5
tarix28.04.2023
ölçüsü58,41 Kb.
#107342
1   2   3   4   5
abdusattorova zilola

Tadqiqot ishining maqsadi. O‘quvchilrni baholash orqali intellektual rivojlantirish omillari ekanligini ilmiy nazariy jihatdan asoslash.
Tadqiqot obyekti. X.T.B tasarrufidagi Profilli mehnat ta’limiga ixtisoslashtirilgan 190-umumta’lim maktabi. (Nima uchun yaxshi baho olishni istaysan? va baho qo‘yilmasligini istarmiding?) - degan savollar berildi.
Tadqiqot predmeti. O‘quvchilarning o‘qish motivlari hamda qo‘llaniladigan metodlar.
Tadqiqot ishining metodlari. Savol-javob, diktant, test, aqliy hujum, yozma ish, guruhlarda ishlash, ko‘zatish, suhbat.
Tadqiqot ishining metodologik manbalari. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayorlash milliy dastiri”, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi “O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora tadbirlari to‘g’risida”gi 204-sonli Qarori, O’zbekisiton Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’rsida”gi nizom.
Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi. O’quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishnng 5 ballik yangi reyting tizimi ta’lim jarayoniga joriy etilganligi.
Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati. Tadqoqot natijalaridan maktab o‘qituvchilari foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. kirish, 2 bob, 4 band, xulosa, ilova, adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. Kurs ishning asosiy mazmuni 30 bet hajmda.
O‘quvchilarning bilimini aqliy kamolotlarini nazorat qilish va baholash davlat miqiyosida muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga nazorat va baholash jarayoni o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga va tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bilimlarni nazorat qilishda qo‘yilgan ball va baholar o‘quvchi qanday taassurotlar qoldirganini, ular o‘rtoqlarining o’qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo‘lishlarini doim kuzatib borishlari lozim. Boshlang‘ich sinfdan boshlab o‘quvchidagi bor imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga asos solinadi. O‘quvchilar tafakkurining rivojlantirishning eng samarali yo‘li o‘quvchilarda ongli bilim, mustahkam ko‘nikma va malakalarini shakllantirish jarayonini ularning tarbiyasi bilan birga tashkil etishdir. Buning uchun o‘qituvchi tinimsiz izlanishi, o‘qitishning yangi texnologiyalaridan samarali foydalanishi lozim. O‘quvchilarning intellektual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ularning bilim faoliyatining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini chuqur bilishni taqoza etadi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlarida ta’limning har bir bosqichida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berilgan. Lekin bu bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni bolaning intellektual imkoniyatlarini hisobga olib tashkil etilsa yuqori samaradorlik ta’minlanadi. Ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlarini zamonaviy uslublarda aniqlash tarbiya jarayoniga samarali o‘zgartirishlar kiritadi. O’quvchi yoshlarning ma’naviy- intellektual shakllanish sifatlardagi yutuq va kamchiliklarini rag‘batlantirish, tuzatish tarbiya mazmuni usullari va tashkiliy shakllarini yaxshilashga mos tuzatishlar kiritish lozim bo‘ladi. Qo‘yilayotgan talablar bilan har tomonlama intellektual rivojlantirishning mutassal emasligi orasida tafovut yaratadi. Ayniqsa, mutaxassis tayyorlashda maktabdan boshlab oliy o’quv yurtlarini bitirib chiqqanlarigacha nazorat shaklining to’liq bo’lmaganligi ta’lim tarbiya jarayoninig asosiy muammolarini tashkil etadi. O‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash o‘quv yili davomida har doim muntazam amalga oshirilishi uchun reyting tizimi joriy qilinib, u ba’zan o‘tkaziladigan tasodifiy tekshirishlarni oldini oladi va tartibli doimiy baholash uchun imkoniyatlar ochib beradi. Umumiy o‘rta ta’lim reyting tizimi to’g’risidagi Nizomda “O‘quvchilar bilim darajasi sifatini nazorat qilishning reyting tizimini joriy etishning asosiy maqsadi nazoratning har xil turlari va shakllaridan foydalanish yo‘li bilan umumiy o’rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablari bajarilishini ta’minlash, ta’lim samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat”, deb ko‘rsatiladi. Hozirgi kunda uzluksiz ta’limning umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limini va oliy ta’lim bosqichlarida o‘quvchilar bilimini reyting tizimida baholanadi. Baholashning bunday shakli o’quvchilarni butun o‘qish davomida o‘z bilimlarini oshirish uchun muntazam ishlashni hamda o‘z ijodiy faoliyatini takomillashtirishni rag‘batlantirish g’oyasiga asoslanadi.

I- Bob. O’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini sinovdan o’tkazish va baholash mezonlari.


1.1. Ta’lim tizimida o’quvchilarni bilimini o’zlashtirishini baholash jarayoni.
Yoshlarga ta’lim-tarbiya berish masalalarida yangicha yondashish davr talabi bo’lib kelmoqda. Zero Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida “Ilg’or pedagogik texnologiyalar, ta’limning yangi shakl va uslublari, o‘quv shu jumladan, tabaqalashgan dasturlar amaliyoti joriy etiladi”1, deb ta’kidlanadi.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimini joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh avlodda yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy-siyosiy faollik, erkin fikr yuritish kabi qobiliyatlarni shakllantirishdan iborat. Bunda avvalo, tahsil oluvchilarning faolligini oshirish talab qilinadi. Shuning uchun ham o’quvchilarning mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlarini o‘stirishda ta’limning interfaol usullaridan keng hamda o’rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga o‘quvchilarda mehnat ta’limiga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etishda tizimlilik, aniq maqsadga yo‘naltirilganlik, o’qitish ishlarining natijalarini nazorat qilish hamda baholashga yangicha usularni joriy etish kabilar yetarlicha o‘z aksini topmay qolmoqda. Shuning uchun umumta’lim maktablarida o‘quv uslubiy ishlarni takomillashtirishda ta’lim va tarbiyaning faol usullaridan foydalanish, o‘qitishning hamda sinov-nazorat ishlarini o‘tkazishni maqbul shakllaridan oqilona foydanish yo‘llarini izlab topish dolzarb masalaga aylanib bormoqda.
Ma’lumki, o‘qitish usullari o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muayyan maqsadlarga erishish yo’lidagi faoliyatidan tarkib topgan bo‘lib, kimga nimani qanday o‘rgatish zarurligi haqidagi masalalarni ochib berishga xizmat qiladi. Shuning uchun o‘quvchilarni bilish faoliyatlarini faollashtirish va ularning mustaqil, ijodiy fikrlashlari uchun qo‘llaniladigan shakl va usullarini mos ravishda tanlash kelgusida kadrlar tayyorlashda o‘z samarasini beradi. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish va baholash jarayonida o‘qituvchi ayrim o‘quvchilarga va butun sinf jamoasiga izchil ta’sir tadi, individual ishni sinf jamoasi ishi bilan qo‘shib olib boradi.. tajribali o‘qituvchilar o‘quvchi bilimini baholash jarayonida sinf jamoasi fikriga suyanadilar va o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etadilar. Bunda o‘qituvchi sinf o‘quvchilari diqqatini faollashtiradi, o‘rtoqlarining javobiga mas’uliyat bilan qarashga o‘rgatadi. Shuningdek, o‘z bilimlarini mustahkamlashga, o‘z bilimiga tanqidiy qarashga odatlantiradi. Bu esa o‘quvchini o‘z vaqtida vijdonli, rostguy bo‘lishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bilimga baho qo‘yish vaqtida o‘quvchining materialni o‘zlashtirish saviyasi, bola tafakkurining o‘sish darjasi, zenining rivolanishi kabi xususiyatlarini hisobga oladi: o‘quvchilarning ishlash sur’ati, qobiliyati, o‘qishga ishtiyoqi, nutqning o‘sish darajasi o‘rganiladi. Shuningdek, ayrim o‘quvchilarda uchraydigan qurqoqlik, uyatchanlik, tortinchoqlik, o‘z kuchiga ortiqcha baho berish, ishonmaslik, shoshqaloqlik, kamgaplik xususiyatlari bartaraf etiladi, buning natijasida ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining uyg‘unligi ta’minlanadi. Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish va baholashning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, bunda o‘quvchilarda o‘qishga, o‘z yutuqlari va muvaffaqiyqtsizliklariga nisbatan munosabat shakllanadi, qiyinchiliklarni yengish istagi tug’iladi. Baho unda hamisha o‘quvchi sifatida, shaxs sifatida o‘ziga nisbatan muayyan bir munosabatni hosil qiladi. O‘quvchining o‘ziga nisbatan bu munosabatni, bu tuyg’ularni o‘qituvchi uning hatti-harakatlaridagi irodalilik, jamoatchilik, o‘zaro bir-biriga yordam berish kabi sifatlarni shakllantirish borasida ustalik bilan ishlatadi Umuman olganda ta’lim – tarbiya jarayonida bilim, ko’nikma va malakalar shakllanganligini nazorat qilish muhim o’rin egallaydi. Xususan, nazorat quyidagi funksiyalarga ega:
1) Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasi orqali bilim, ko’nikma va malakalarning shakllanganlik darajasi aniqlanadi.
2) Nazoratning ta’lim oluvchilardagi bilim olishga bo’lgan ishtiyoqini o’stirish funksiyasi.
3) Nazorat jarayonida ta’lim oluvchilarning shaxsiy jihatlari shakllantiriladi va eng asosiysi rivojlantiriladi.
4) Ta’lim funksiyasi.
5) Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi.
6) Nazoratning baholash funksiyasi.
7) Nazoratning ta’lim oluvchilardagi bilimga qiziqishni o’yg’otish, jonli fikrlashga o’rgatuvchilik funksiyasi.
Nazorat turi testlar, yozma ishlar va og’zaki savol – javoblar orqali amalga oshiriladi. Pedagog olimlar I.Tursunov va U.Nishonalievlarning ma’lumotlariga qaraganda testlar orqali quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
• ta’lim oluvchilar nazariy va amaliy bilimlarining darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonini beradi;
• bir vaqtning o’zida bir guruh yoki ko’p sonli ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish mumkin;
• hamma ta’lim oluvchilarda bir xil qiyinchilikdagi savollar berilib, hammasiga bir xil sharoit yaratiladi;
• test natijalarini ta’lim beruvchi tomonidan tezkorlik bilan tekshirish mumkin;
• turli guruhdagi ta’lim oluvchilar bilimini solishtirish, qo’llanilayotgan metodning samaradorligini aniqlash mumkin;
• ta’lim jarayonida uchraydigan kamchiliklarda aniqlash mumkin.
Shuningdek, o‘quvchilar bilim, ko‘nikmalarini baholashning usullaridan biri testdir. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga ikki xil variantda test materiallarini tarqatadi. Bu usulda test materiallari variantlar bo‘yicha sinf o‘quvchilariga teng yetadigan darajada bo‘lishi kerak. Bir xil variantdagi o‘quvchilarning joylashuvi va munosabatlari dars davomida e’tiborga olinadi. Testlarni yechishda o‘quvchilarni nazorat qilishni ikkita a’lochi o‘quvchiga bolalar sonini teng ikkiga bo’lib topshiriladi. O‘z-o‘zini nazorat qilish natijasida test savollarini yechishga kirishiladi. Yakunlangan tastlarni tekshirish yig‘ishtirib olinib, almashtirilib tarqatiladi. Javoblar ikkita o‘qituvchi tomonidan beriladi. Sinfdoshlari esa tekshirishni amalga oshiradi. Darsning o‘z-o‘zini boshqarishi va natijalarini baholashga 10-15 daqiqa vaqt sarflanadi. Qolgan vaqtlar darsning boshqa bosqichlari amalga oshiriladi. Bunda 100 foiz o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini tekshirib, baholashga erishiladi.
O‘quvchilarning bilimi mazkur usullar orqali baholanganda unchalik ko’p vaqt sarflanmaydi. Aksincha, kam vaqt ichida ko‘proq o‘quvchilarning bilim darajalari aniqlanadi. O‘quvchi ikki imkoniyatdan manfaatdor bo’lganligi uchun o‘zidagi fikrlash qobiliyatini namoyon qilishga intiladi, baholashning o‘quvchilarning ishtirokida odilono o’tkazishga erishiladi. Bu esa o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, o‘zgalar faoliyatiga xolisona baho berish, o‘z kamchiliklarini ko‘ra olish hamda tuzatish kabi sifatlarni shakllantirishga ko’maklashadi.
O‘quvchilar bilimini tekshirish va baholashdan maqsad o‘quvchilar bilimining sifatini, rivojlantirish darajasini ta’minlash va ularni rag‘batlantirishdan iborat bo‘lib, bilim olishga qiziqishini takomillashtirishdir.
Bilimlarni tekshirish va baholashdagi asosiy kamchiliklar:
• Uning vazifalarini to‘g‘ri tushunish;
• Ta’lim jarayonida uning rolini asossiz ko‘tarib yuborish;
• Tekshirish va baholashning darsda asosiy maqsadga aylanib qolishi;
• Bilimlarni tekshirish va baholashda bir xil texnologiyadan foydalanish; O‘quvchilar bilimini tekshirish va baholashda bu jarayon nazorat qiluvchi, ta’lim- tarbiya beruvchi muhim funksiyani bajarishni unutmaslik kerak. Bu nazorat uchun asosiy funksiya bo‘lib, ta’lim beruvhi va tarbiyachi yordamchi funksiyadir. Biroq tekshirish maqsadi va ko‘rinishi turlicha bo‘lganda, bu uch funksiya turlicha namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, tekshirishning yakuniy imtihon shaklini oladigan bo‘lsak (uni o‘tkazish usullari turlicha bo‘lishi mumkin), bunda nazorat qilish funksiyasi ustunlik qiladi (ta’limga vaqt qolmaydi). O‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirish bo‘yicha joriy tekshirish olib borilsa, bu holat ta’lim beruvchi funksiyasi ustun bo‘lishi kerak. Tarbiya berish funksiyasi ham ustun bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘qituvchi, ba’zi o‘quvchilarni sistemali ishlashga o‘rgatishga intiladi, baho bilan rag‘batlantirib, ularning ruhiy xususiyatlariga (irodasini rivojlantirish, xotirani mustahkamlash va h.k.) ta’sir etishga harakat qiladi, me’yyoridan ortiqcha o‘ziga bino qo‘yish holatlarida bahoga qat’iy yondoshib ish ko‘riladi. Umuman olganda, baho xolis (ob‘ektiv) bo‘lishi bo‘lsa-da, biroq o‘z tabiatiga ko‘ra hamisha noxolis (subyektiv)dir. Ushbu funksiyalarga muvofiq o‘quvchilar bilimini tekshirish va baholashning aniq usullari tanlanadi. O‘quvchining fanga doir egallagan bilimlarini baholashning odatda turli xil shakl usullari qo‘llaniladi: og’zaki baholash, yozma baholash, test usulida va reyting tizimi orqali baholash shular jumlasiga kiradi.
Og’zaki nazorat qilish va baholashning yaxshi jihatlari:
• o‘qituvchi o‘quvchi bilan bevosita, jonli aloqada, muloqotda bo‘ladi;
• o‘quvchining bilimini chuqurroq anglash uchun qo‘shimcha savollar berish imkoniyati tug’iladi;
• og’zaki javob o‘quvchini og’zaki nutqini mashq qilish va faol fikrlashga undaydi.
Og’zaki javob berishda yaxshi tayyorlangan o‘quvchi o‘z bilimdonligi, qo‘shimcha o‘rganganlarini namoyish eta oladi. Bevosita so‘rash paytida o‘quvchining bilimini o‘zlashtirish masalasida o‘qituvchida ilgari tug’ilgan ayrim shubhalar bartaraf etiladi.
Yozma baholashning yaxshi tomonlari:
• yozma tarzda berilgan javob o‘quvchi o‘quv materialni o‘zlashtirib olganiga hujjatli dalil bo‘ladi;
• o‘quvchi o‘z fikrlarini qog’ozda ifodalash uchun amaliyotdir;
ekspertlar o‘tkazgan yozma nazorat o‘quvchining bilimiga obyektiv baho qo‘yishga imkoniyat yaraladi.
Og’zaki va yozma baholashga xos jiddiy nuqsonlar:
• o‘quvchining bilimiga qo‘yiladigan baholarga subyektivlik alomati ko‘proq. Baho ko‘pincha boshqa o‘quvchilarga nisbatan qo‘yiladi, bunda baho kamaytirilishi yoki oshirib qo‘yilishi ham mumkin. Imtihon oluvchilar bitta og’zaki javob yoki bitta yozma ishga turlicha javob qo‘yishlari mumkin;
• imtihonda o‘quvchi biletdagi 3-4 ta savolga javob beradi, baho esa butun o‘quv predmeti dasturi mazmunini bilgani uchun qo‘yiladi;
• besh balli baho balli shkalasi bilim o‘zlashtirish darajalari orasidagi tafovutlarni aniq belgilashga imkon bermaydi;
• og’zaki va yozma imtihon olib baholashlar bilim o‘zlashtirish sifatini obyektiv, aniq va asosli baholashni ta’minlay olmaydi;
• og’zaki so‘rashga, shuningdek, yozma ishlarni tekshirishga vaqt ko‘p ketadi;
• Og’zaki va yozma nazorat uchun kompyuterni ishlatish qiyin, ularni avtomatlashtirib bo‘lmaydi.
Tekshirishning ko‘p qo‘llanadigan ikki xili mavjud ular joriy va yakuniydir. Joriy tekshirishning hammaga ma’lum turlari qo‘yidagilar: Og’zaki so‘rashning har xil shakllari, yozma uy vazifalarini tekshirish, yozma nazorat (mustaqil) topshiriqlari. Biroq bunday an’anaviy shakllar bilan bir qatorda turli perfokartalar yordamida tekshirish, kompyuter yordamida topshiriq bajarilishni tekshirish ham qo’llaniliyapti.


Yüklə 58,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə