Mavzu: Maktab o’quvchilarida o’zini-o’zi baxolash dinamikasi


Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari



Yüklə 58,41 Kb.
səhifə4/5
tarix28.04.2023
ölçüsü58,41 Kb.
#107342
1   2   3   4   5
abdusattorova zilola

Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari.
Pedagogikada ta’lim oluvchilarning ta’lim olganligini tashxislash va nazorat qilish tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan. Ulardan eng muhimlari xolislik (ob’ektivlik), tizimlilik (sistemalilik), ko’rgazmalilik (oshkoralik) sanaladi. Xolislik (ob’ektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta’lim oluvchilarga do’stona munosabati hamda bilim, malakalarni baholashning aniq ko’rinishda belgilangan mezonlaridan iborat. Amalda tashxisning xolisligi qo’yilgan baholar nazorat metodlari vositalaridan, tashxis o’tkazgan ta’lim beruvchidan qat’iy nazar hamma vaqt mos kelishini anglatadi.
Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, tashxislash nazoratini ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida – bilimlarni boshlang’ich idrok etishdan to amalda qo’llashgacha bo’lgan bosqichlarida olib borish kerak. Tizimlilik barcha ta’lim oluvchilar o’quv muassasasida bo’lgan birinchi kundan boshlab oxirigacha muntazam tashxisga jalb etilishini anglatadi. Ta’lim oluvchining bilimi va egallashi lozim bo’lgan barcha jihatlarni ishonchli tekshirish uchun ta’lim nazoratini tez – tez o’tkazish kerak. Tizimlilik tamoyili tashxis o’tkazishga butun yondashuvni talab etadiki, bunda nazorat, tekshirish, baholashning turli shakllari, metodlari, vositalari uzviy o’zaro bog’liqlikda va birlikda qo’llaniladi, bir maqsadga xizmat qiladi. Bu kabi yondashuv tashxisning ayrim metodlari va vositalarini mutloqlashtirishga yo’l qo’ymaydi.
Ko’rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta’lim oluvchilarni aynan bir xil mezonlar bo’yicha ochiq sinovdan o’tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir ta’lim oluvchi reytingi ko’rgazmali, qiyosiy harakterga ega. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e’lon qilish va motivatsiyalashni talab etadi. Baho mo’ljal (orientir) bo’lib, ta’lim oluvchilar unga muvofiq o’zlariga qo’yiladigan talablar va pedagogning xolisligi haqida fikr yuritadi.
Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda. Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash (tizimlashtirish, sinflash), bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo’yicha baholash tushiniladi. Reyting nazorati ta’lim oluvchining ma’lum bir fandan reytingini aniqlaydi.
Reyting nazoratida ta’lim oluvchilarning o’quv faoliyatini nazorat qilishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydalanilmoqda. Test so’rovidan nafaqat ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasida abiturentlarni Oliy o’quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda.
Pedagogik amaliytda testning bir qator afzalliklari ko’zga tashlanadi. Ular quyidagilardir:
• nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;
• nazariy va amaliy bilim darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonining mavjudligi;
• bir vaqtning o’zida ko’p sonli ta’lim oluvchilar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi;
• bilim natijalarining ta’lim beruvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;
• barcha ta’lim oluvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi.
Maktabda o’quvchilarning bilimlarini sifati nazorat qilishning yangi reyting tizimi uslubiy birlashmalarda o’rganib chiqilib, ota-onalar yig’ilishlarida tushuntirish ishlari olib borildi. Har bir o’qituvchi mazkur baholash tizimini puxta o’zlashtirib, darslarda qo’llab, bilim samaradorligining yuqori bosqichlarga ko’tarilishiga erishmoqda.

II - bob. Kichik maktab yoshida bahoga munosabat shakllanishining psixologik xususiyatlarini eksperimental tadqiq etish.


2.1. Tadqiqot natijalari tahlili.
Tadqiqotimizning ob’ekti bo‘lib kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar hisoblanadi. Ularning o‘qish motivlari tadqiqotimiz predmeti bo‘lib, uni o‘rganishda: Ko‘zatish, suhbat singari ma’lumot yig‘ishning asosiy metodlari bilan birga. O‘quvchilarni bilim olishga va bilimlarni o‘zlashtrishga yo‘nalganligini aniqlash maqsadida Ye.P.Ilinva N.A.Kurdyukovalar tomonidan taklif etilgan «Bilim olishga intilish» metodikasidan: O‘quvchilarni baho olishga yunalganligini aniqlash maqsadida Ye. P. Ilin va N.A.Kurdyukovalar tomonidan taklif etilgan «Baho olishga intilish» kabi metodikalardan foydalandik. Bizning fikrimizcha, tadqiqotimizda qo‘llangan metodikalar tadqiqot farazlarini isbotlashga yetarli darajadagi ma’lumotlarni beradi. Metodologiyadagi so‘nggi yo’nalishlardan biri metodlar tizimida turli xil sohaga taalluqli metodikalarni qo‘llash hisoblanadi. Bu tadqiqot ob’ekti xususida qo‘shimcha ma’lumotlarni olishga, ularni tahlil qilishdagi ishonchlilik mezonlarini oshirishga xizmat qiladi. Keyingi paytlarda ijtimoiy fan sohalarida ham kibernetik, matematik, statistik metodlardan foydalanish keng kulamda yo‘lga qo‘yilgan. Biz ham tadqiqot orqali qo‘lga kiritilgan natijalarni tahlil qilishda matematik- statistika metodlariga tayanib ish ko‘rdik
O‘qitishdagi motivlar muammolarini psixologik tahlil qilishga kirishar ekanmiz, biz tadqiqotda qo‘yidagi g‘oyani ilgari surishga qaror qildi: bolani mukammal inson bo‘lib shakllanishi uchun kichik maktab yoshidanoq unda o‘qish haqidagi tasavvurlarni uyg‘otish kerak. Kelgusi o‘qishda o‘z-o‘zini boshqara olishi, o‘z-o‘zini baholay olishi va imkoniyat darajasini anglay bilishi zarur. Pirovardida har tomonlama shakllangan inson vujudga keladi. O’qituvchining tinimsiz ijodiy faoliyati ta’lim samaradorligini oshiradi. Kichik maktab yoshidanoq o‘quvchilar o‘z ehtiyojlari haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lishlari lozim.
Bu vaqtda ehtiyojning yangi-yangi qirralari ochiladi, shu ehtiyojlarni qondirish bilan birga ijobiy tomonga qarab shakllantirish zaruriyati ham paydo bo‘ladi. Bu jarayon o‘qituvchi hamkorligisiz samarali bo‘lmaydi. Albatta, bu hamkorlik o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf etadi. Tadqiqotimizda quyidagi mezonlarga asoslangan holda tajribalar o‘tkazish rejalashtirildi.
a) Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda paydo bo‘lgan turli-tuman motivlarni o‘qish faoliyati jarayonida anglab yetilganlik darajasini o‘rganish:
b) O‘qish faoliyatida yuzaga keladigan muammolarga yechim topishlarida motivlarning o‘rni va qiymati, qanday ahamiyatga ega ekanini o‘rganish.
v) Maktabda ham, maktabdan tashqari vaziyatda ham motivlarning o‘ziga xos fazilatlaridan maqsadga muvofiq foydalanish.
«Bilimga intilish motivlari» metodidan foydalanishimizdan maqsad qaysi sinflarda bilimga intilish kuchli ekanini, bu farqlar shahar yoki qishloq o‘quvchilarida qanday ko‘zatilishini aniqlashda edi.
Bu metodda o‘quvchilar ga 12 ta savol beriladi. Har bir savoldan keyin o‘quvchilar A yoki B javob variantidan birini tanlashlari kerak. A javob variantlar bolani bilimga intilishini, B javob variantlar esa bilim olishga nisbatan loqayd ekanini ko‘rsatadi.
«Baho olishga intilish motivi» metodidan foydalanishimizdan maqsad baho olishga intilish 3 sinfda qanday namoyon bo‘lishini aniqlash.
Biz o‘z tadqiqotimizda foydalangan ikki metodika: Ye.P.Ilin va N.A.Kurdyukovalar tomonidan taklif etilgan o‘quvchilarning bilim olishga va bilimlarni o‘zlashtirishganligini aniqlovchi «Bilim olishga intilish» hamda o‘quvchilarning baho olishganligini aniqlovchi «Baho olishga intilish» motivlari deb nomlanadi (Metodikalarning to‘liq matni ilovada keltirilgan.)
Ma’lumki, bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini boshqarish muammosi yirik psixologlar P.YA.Galperin, N.F.Talizina tomonidan urganilgan Ular aqliy hatti- harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasini ishlab chiqdi. Mualliflar hatti-harakatlarni moddiy holda, tashqi nutq yordamida hamda aqliy shaklda namoyon bo‘lishini izohlab berdilar. Aqliy hatti-harakatlarning birinchi bosqichi rasm, sxema, diagramma va shartli belgilar tarzida o‘z ifodasini topadi.
Ikkinchi bosqich ko‘rgazmalardan olgan tasavvurlari to‘grisida o‘quvchilarning ovoz chiqarib fikr yuritishlaridan iboratdir.
Uchinchi bosqich esa, o‘qivchi ongida tasavvur, tushuncha, qonuniyat, xossa, xususiyat, operatsiya va usul tariqasida namoyon bo‘ladi. Ana shu bosqichlarni o‘quvchilarga tushuntirish orqali ularni o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rgatish mumkin .
Navbatdagi metodika kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning bilimga intilishlarini qay darajada kuchli ekanligini aniqlashga yordam beradi. Sinaluvchilarning «Baho olishga intilish» metodikasi bo‘yicha tajribagacha olingan natijalari. (foizda)
«Baho olishga intilish» motivlari bo‘yicha esa motivlar manzarasi qo‘yidagicha bo‘ldi. Maktab o‘quvchilarining 13% mazkur motivlar past, 38% - o‘rta va 49% yuqori darajada namoyon bo‘lar ekan.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar faoliyatini baholash unda o‘qishga ijobiy munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir. Ma’lumki, maktablarda bolalarni og‘zaki baholash odat tusiga kirib qolgan, chunki birinchi sinf o‘quvchisi ana shu baho ta’sirida o‘z faoliyatini kuchaytiradi, ijodiy izlanishga harakat qildilar.
Bu yerda yuqori motivatsiyani «baho» egallaydi. L.I.Bojovich fikricha, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida baho bu ularga berilgan vazifani bajarishdagi urinishlarga qo‘yilgan, baho, lekin bu baho vazifaning to‘g‘ri, noto‘g‘riligini belgilamaydi. O‘quvchilar qo‘yilgan baholar hisobidan kelib chiqib, o‘z yutuqlarini baholashadi, olgan bilimlarini ahamiyati unchalik emas, lekin bunday fikr tez orada o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadi.
Bolalarda baho ob’ektiv qo‘yilmaganda unga nisbatan noto‘g‘ri munosabat yuzaga keladi. Bolalarga olgan baholarini tushuntirish kerak. Baho qo‘yishda o‘quvchining yutuq, kamchiliklarini ko‘rsatish kerak. E’lon qilingan baho sinf jurnaliga va o‘quvchi kundaligiga qo‘yiladi. Ba’zan og‘zaki baho ham qo‘yilishi mumkin. Har holda og‘zaki rag‘batlantirish katta ahamiyatga ega. Baho qo‘yish, asosan, kundalik tekshirish orqali amalga oshiriladi.
Maktabda o‘quvchilar bilan suhbatlashib: nima uchun yaxshi baho olishni istaysan?- degan savolni berganimizda: “O‘zimizni xo‘rsand qilish uchun” javobini 48% bola, “Ota-onamni xo‘rsand qilish uchun” javobini 30%, “Aqlliroq bo‘lish uchun” javobini 22% bola berdi.
“Baholar qo‘yilmasligini istarmiding?” degan savol berilganda 40 ta o‘quvchidan 38 tasi salbiy fikrni bildirdilar. Qolganlari javob berishni istashmadi. O‘quvchilarda motivatsion baholar katta ahamiyatga ega. Tekshiruvlar birinchi va ikkinchi sinf o‘quvchilari bahoning rolini yaxshi tshunishlarini, bilim va baho o‘rtasidagi bog’liqlikni kamchilik deb tushunib yetmasliklarini ko‘rsatadi. Ko‘p bolalar baholar ota-ona, o‘quvchi yoki o]qituvchini quvontirishi kerak yoki xafa qilishi mumkin deb hisoblaydilar. Hamma bola bahoni qadrini tushunmasa ham, ko‘pchiligi uning uchun ishlashadi. Agar baho olish yoki qiziqish uchun misol yechish o‘rtasida tanlash imkoni bo‘lsa, ko‘pchilik baho yo‘lini tanlaydi. Baho bolaning jamiyat oldida uning obro‘sini ko‘tarish mumkin. Shuning uchun ular o‘z xoxishlari bilan emas, o‘z mavqeylarini saqlash uvhun ham intiladilar. O‘quvchi namunali baho olish uchun harakat qilib, o‘z natijasini baholashga erishadi.
Ko‘pchilik mutaxassis olimlar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni baholash salbiy oqibatlarga olib keladi, deb hisoblashoqdalar. Ma’lumki, faqat baho uchun o‘qish bilimning ijtimoiy ahamiyatini pasaytirishi mumkin. Shunga ko‘ra bilimni tekshirishning boshqa usullarini topish hamda qo‘llash hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Yüklə 58,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə