Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari reja


Bolalar cholg’ularida chalishga o’rgatish



Yüklə 394 Kb.
səhifə17/34
tarix26.10.2023
ölçüsü394 Kb.
#132169
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
1-Mavzu MTTlarida musiqa mashg`ulotlari

Bolalar cholg’ularida chalishga o’rgatish: Bolalar cholg’ulari haqidagi bilimlarni mustahkamlash, karnay, surnay, nog’ora bilan tanishtirish. Metallofon, uchburchak, bolg’achada chalish usullarini o’rgatish. Ularni tovushidan farqlay olish. Qo’shiq, raqs va o’yinlarda cholg’ularni jo’r qilish.

  • O’yin: Musiqiy faoliyatlarda olingan bilimlarni o’yinlarda namoyon bo’lishiga erishish. Doira jo’rligida «Chumchuqlar va mushuk», «Ayiqchalar raqsi», xalq o’yinlaridan «Chorichambar», «Chapak chalish», «Qaldirg’och» kabilarni o’ynash. Bolalarga tushunarli, qiziqarli bo’lgan voqeaband o’yinlarni tashkil qilish. O’yinda musiqaga mos harakatlanish, nutq, tasavvur va tafakkurni rivojlantirish, bolalar cholg’ulari, o’yinchoq va qo’g’irchoqlardan foydalanish. Bolalarning mashg’ulotlardan olgan bilimlarini rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida «Kuyini top», «Do’stingni ovozidan tanib ol», «Xaltachada nima bor», «Qaysi cholg’u yashiringan», «Qush va qushchalar», «O’rmonda» kabi musiqaviy-didaktik o’yinlarni mashg’ulot vaqtida va mustaqil faoliyatlari davomida guruh xonalaridagi musiqa burchaklarida tashkil etish.

  • 4 yoshli bolaning egallash lozim bo’lgan bilim ko’nikma va malakalar

  • Turli hil mazmun va kayfiyatdagi musiqani tinglash, eslab qolish;

  • Tinglangan kuylarni tanib olish va ularning bastakori nomini bilish.

  • Kuy, qo’shiq va raqs haqida tushunchaga ega bo’lish.

  • Karnay, surnay, nay, nog’ora, doira kabi xalq cholg’u asboblarini tanish va ovozidan farqlash.

  • Qo’ng’iroqcha, shiqildoqlar, doiracha, buben, metallofon, sunaycha, bolg’acha, uchburchak kabi bolalar cholg’ularida chalish usullarini bilish;

  • Birgalikda kuylay olish;

  • Qo’shiq kuylash bilan bir vaqtda harakatlar bajara olish.

  • Harakatli o’yinlarda faol ishtirok etish.

  • Turli predmetlar bilan harakatlar bajarishni uddalash

    Uyga vazifa:


    1.Kichik guruhda musiqa mashg`ulotlarini tashkil
    etish haqida ma`lumot berish.
    2.Kichik guruhda faoliyat ishlanmalarini tuzing
    3.Kichik guruhlarda bayram ertaliklarini yozing



    Yüklə 394 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə